Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
10.4K subscribers
24K photos
4.75K videos
472 files
10.3K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Forwarded from Digital.uz
💻Endilikda 1 milliondan ortiq o‘zbekistonlik Coursera’dan bepul onlayn ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi

25-oktabr kuni haftalik doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatovning Coursera kompaniyasi vakili bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, 2023-yildan boshlab 1,2 million o‘zbekistonlik o‘g‘il-qiz IT’ning 3 ta asosiy yo‘nalishi (Frontend, Python course, IT-English) bo‘yicha Coursera platformasida onlayn kurslarda qatnashishi va tegishli sertifikatlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ushbu kurslarni bitirgan va sertifikatni qo‘lga kiritgan yoshlarning IT kompaniyalarda yuqori daromadli ishlarga qabul qilinishlariga yoki frilans orqali buyurtmalar olishlariga kengroq yo‘l ochiladi.

#mitc
#ictweek
#coursera

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Rustam Karimjonov
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

Professional IT sertifikatga o’qiganlarning 40% dan ortig’i IT sohasida ish
topib, 500$ va undan yuqori daromad topishmoqda.

📈 Professional darajadagi xalqaro IT sertifikatlarga o'qib kompensatsiya olgan yoshlar soni 2023-yilda 386 nafarni tashkil etgan bo'lsa, 2024-yilda 938 tani tashkil etdi (2,4 barobarga ko'paygan), qoplab berilgan mablag' miqdori 3,5 mlrd so'mni tashkil etib, 6,6 barobarga oshgan.


📼 Hozirgi kunda, aksariyat IT kompaniyalar suhbatga taklif qilishganida nomzodlarda qanday Professional IT sertifikati borligi, ilg’or IT texnologiyalar hamda chet tillarini bilishi holati muhim ahamiyat kasb etadi.

🚪 Siz ham IT sohasida yaxshi daromad topmoqchi bo’lsangiz – xalqaro sertifikatlarga o’qing (ro'yxat) va Uzbekcoders.uz portalida BEPUL ta’lim resurslaridan foydalaning.

#Uzbekistan #IT_Hub #Certification #Talents #Coursera #Uzbekcoders #Statist
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM