Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.41K subscribers
20.7K photos
4.31K videos
464 files
9.15K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov kõchasi, 29 uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Ayni_paytda
#Fan_olimpiadasi

Bugun Urganch shahridagi 24-sonli ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabida Asosiy fan olimpiadasining ikkinchi guruh (ona tili va adabiyot, oʻzbek tili, qozoq tili, tarix, geografiya, ingliz, nemis, fransuz tillari, rus tili va adabiyoti) fanlaridan III viloyat bosqichiga start berildi.

👉Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati
#Ayni_paytda
✳️Xorazmda "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

🔹Unda tanlovning shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 13 ta jamoada 65 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.

🔹Tadbirning ochilish marosimida qatnashgan viloyat va Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi rahbari Dilbar Bekchanova so‘zga chiqib barcha ishtirokchilarga omad tiladilar.

🔹Tanlovda ishtirokchilar ingliz tili bo‘yicha 4 ta ko‘nikma, tinglab tushunish, yozish, o‘qish, leksik grammatikaga oid har biridan 12 ta jami 36 ta test va yoshima ish insho yozdilar. Endilikda o‘quvchilarning ishlari 100 ballik tizimda baholanadi.

🔹Tanlovning viloyat bosqichida Urganch shahridagi 16-maktab, Xiva shahridagi 1-maktab, Bog‘ot tumanidagi 1-maktab, Gurlan tumanidagi 5-maktab, Qo‘shko‘pir tumanidagi 4-IDUM, Urganch tumanidagi 38-maktab, Hazorasp tumanidagi 12-maktab, Xiva tumanidagi 18-maktab, Xonqa tumanidagi 48-maktab, Shovot tumanidagi 5-maktab, Yangiariq tumanidagi 37-maktab, 1-maktab, 6-maktab, Yangibozor tumanidagi 14-maktab, Tuproqqal’a tumanidagi 2-maktab jamoalari ishtirok qildilar.

🔹Ma’lumot uchun, tanlovning viloyat bosqichda g‘olib bo‘ladigan 3 ta maktab jamoasiga 1-o‘rin uchun 250 mln so‘m, 2-o‘rin uchun 200 mln so‘m, 3-o‘rin uchun 150 mln so‘m, jami 600 mln so‘m pul mukofotlari viloyat mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan maktablarning hisob raqamlariga o‘tkazib beriladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Photo
#Ayni_paytda
❇️Xorazmda "Jadidlar izidan" respublika tanlovining viloyat bosqichiga start berildi

🔹Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida tashkil etilgan  mazkur tanlovning viloyat bosqichi Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tmoqda.

✔️Ma'lumot uchun: tanlovning viloyat bosqichida tuman, shahar bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan 2 ta yosh toifasida jami
26 nafar o'quvchi ishtirok etmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
#Ayni_paytda
#1_shart

🔹”Jadidlar izidan" respublika tanlovining Xorazm viloyat bosqichi qizg'in davom etmoqda.

🔹1-shartda o'quvchilar jadidlar faoliyati va asarlariga oid 10 ta savoldan iborat boshqotirmalarni to'ldirishmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
#Ayni_paytda
#2_shart

🔹”Jadidlar izidan" respublika tanlovining Xorazm viloyat bosqichi qizg'in davom etmoqda.

🔹2-shartda o'quvchilar jadidlarning hayoti va ijodiga oid 5 ta savolga javob bermoqdalar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
#Ayni_paytda
#3_shart

🔹”Jadidlar izidan" respublika tanlovining Xorazm viloyat bosqichi qizg'in davom etmoqda.

🔹3-shart аsar tahlili hisoblanib,
har bir ishtirokchi bilet tortish orqali jadidlarning ma’lum bir asariga doir fikrlarini 5 daqiqa davomida bayon etmoqdalar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌