Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
11.7K subscribers
23K photos
4.65K videos
469 files
10K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_25

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda:

00:10 Ta’limda menejment yo‘nalishida tahsil olganman. Maktab direktorligiga nomzodimni qo‘yish uchun menejerlik kursida o‘qishim kerakmi? Agar shunday bo‘lsa, o‘qish uchun qayerdan, qay tartibda ro‘yxatdan o‘taman?

01:27 Maktab direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlayman, menejerlik o‘quv kursida o‘qish uchun ariza topshirdim. Ushbu o‘qishda avval kimlar o‘qiydi: direktorlarmi yoki boshqa nomzodlarmi?

02:25 Men menejerlik o‘quv kursiga qatnashish uchun ariza topshirdim. O‘quv jarayonlari qachon bo‘lib o‘tadi?

03:08 Endilikda sertifikati yo‘q o‘qituvchilar chet tili fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlolmas ekan, shu to‘g‘rimi?

Bayonotlarimiz davom etadi.
______
❗️ Ta’limga oid savollar, murojaat va tashabbuslaringizni
vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llang!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Мактаб таълими сифатини яхшилаш бўйича таклифлар кўриб чиқилди
#26jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
TAYINLOV

Jumaniyozov Shokir Ro‘zmetovich Qo‘shko‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Qo‘shko‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Jumaniyozov Shokir Ro‘zmetovich tayinlandi.

Bugun tumanda bo'lib o'tgan yig'ilishda yangi rahbar soha jamoatchiligiga tanishtirildi.

Shokir Jumaniyozov bugungi kunga qadar Qo‘shko‘pir tumani 18-son maktab direktori lavozimida ishlagan.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XAYRLI TASHABBUS – TELEFONSIZ MAKTAB

Kundalik hayotimizning bir qismiga aylanib qolgan telefon nafaqat kattalar, balki, o‘quvchi yoshlarning ham ko‘p vaqtini olayotgani hech kimga sir emas.

Ayniqsa, dars paytida o‘quvchilarning ham, o‘qituvchilarning ham diqqatini chalg‘itib, ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri telefonlardir.
       
Shu sabab, Gurlan tumanidagi 6-son Aniq fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashgan sinflar mavjud bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari tashabbusni qo‘lga olib “Telefonsiz maktab” loyihasini amalga oshirayotgani tahsinga loyiqdir.
       
O‘ylaymizki, bu loyiha o‘quvchilarning yanada chuqur bilim olishiga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli va unumli o‘tkazishlariga xizmat qiladi.
       
Mirzabek JAPAQOV, Gurlan tumani.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Photo
Xorazm viloyati Urganch tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida STEAM yo‘nalishida tashkil etilgan "Barkamol avlod yulduzlari" ochiq tanlovining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal‘a tumanidagi 17-son va 55- son maktab o‘quvchilari o‘zaro bellashdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni Nuraddinova E‘zoza, To‘xtaboyev Bexruz, 2-o‘rinni Davletov Ibrohim, Bahodirov Lazizbek, 3-o‘rinni Yaqubboyeva Gulzebo, Primbetova Umida, Artiqboyev Asadbeklar qo‘lga kiritdi.

G‘olib tanlov ishtirokchilari 1-2-3-darajali diplom, medal va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

G'oliblikni qo'lga kiritgan 2 nafar o'quvchi "Barkamol avlod yulduzlari" tanlovning final bosqichiga yollanmani qolga kiritdi.

Endigi navbat g'olib o'quvchilar mart oyida bo'lib o'tadigan tanlovning final bosqichida tengdoshlari bilan bahslashadilar.

Omad yor bo'lsin!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#malaka_toifasi

📣📣 Pedagoglar uchun muhim eslatma!

2022-yilda ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lganligi uchun navbatdagi-majburiy attestatsiyadan ozod qilingan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar joriy yilgi navbatdagi-majburiy attestatsiyalarga jalb qilinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 41-bandiga asosan normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

⚡️ Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan hamda oliy toifaga ega (bunda oliy toifaga ega bo‘lganlik davri muhim emas) bo‘lgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligini hamda mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 12-sentabrdagi 03-03/1-4619-son xati hozirgi kunda ham o‘z kuchida ekanligini ma’lum qilamiz.

❗️ Bu haqida vazirlikning ijtimoiy tarmoq sahifalarida ham o‘z vaqtida rasmiy munosabat berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati keltirib o‘tilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram