Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
10.5K subscribers
24K photos
4.75K videos
472 files
10.3K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Эълон

Мактабларда шоир ва ёзувчилар билан ижодий учрашувлар ҳамда сайёр китоб савдо-марафонлари ташкил қилинади!

Ўзбекистон Республикаси Президентининг  2017 йил 13 сентябрдаги “Китоб маҳсулотларини нашр этиш ва тарқатиш тизимини ривожлантириш, китоб мутолааси ва китобхонлик маданиятини ошириш ҳамда тарғиб қилиш бўйича комплекс чора-тадбирлар дастури тўғрисида”ги Қарори ижросини таъминлаш мақсадида Хоразм вилояти Мактабгача ва мактаб таьлими бошқармаси ҳамда “Урганч китоб маркази” маънавий-маърифий савдо мажмуаси ҳамкорлигида, Ҳазорасп туманида “ЭНГ КИТОБХОН МАКТАБ” лойиҳаси ӯтказилади.

Лойиҳа доирасида Ҳазорасп туманидаги умумтаълим мактабларида ижодий учрашувлар,сайёр китоб савдо-марафонлари 1 февралдан-15 февралгача, ҳар куни 5 та мактабда соат 10:00 дан 16:00 гача ташкил қилинади.

Лойиҳа якунида умумий натижаларга кўра 5 та наминация бӯйича ғолиб бӯлган мактабларга, ташкилотчилар ва сектор раҳбарлари томонидан қимматбаҳо совғалар тантанали равишда топширилади.

Ҳазорасп туман ММТБ Ахборот хизмати.
👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Premyera
#Ijtimoiy_rolik

⚡️Xalq xizmatchisi

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi "Xalq xizmatchisi" nomli ijtimoiy rolikni taqdim etadi.

Rolikda og‘ir ijtimoiy muhitdan ilmi va mehnati bilan chiqib, davlat xizmatiga ishga kirgan, odamlarning duosini olayotgan xalq xizmatchisi ichki kechinmalari, og‘riqlari, armonlari va maqsadlari aks etgan.

Bugun davlat xizmatida qahramonimizga o‘xshagan kadrlar juda ko‘p. Har biringizni qadrlaymiz.Toki bugun davlat xizmatchisi bo‘lish qanchalik sharafli yo‘l ekanligini anglagan ekansiz, O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lidan dadil boradi.

Yoshlarimizga, davlat xizmatchilarimiz va keng jamoatchilikka tomosha qilish tavsiya etiladi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG‘INING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI XONQA TUMANIDA TASHKIL QILINMOQDA

Xabaringiz bor, fuqarolar hamda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining tizimga doir murojaat, taklif va shikoyatlarini qabul qilish hamda joyida o‘rganib, bartaraf etish maqsadida joylarda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabullari bo’lib o’tmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul 2024-yil 31-yanvar kuni Xonqa tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi binosida soat 11:00 da boshlanadi.

Soha bo‘yicha murojaat qilish istagida bo‘lgan barcha fuqarolarni Sayyor qabulga taklif qilamiz.

Manzil: Xonqa tumani, Xalqlar do‘stligi ko‘chasi, 29-uy

Murojaat uchun telefon:
+99862 22 8 11 70

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
👍2
📣OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🔎 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida tahsil olayotgan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish yuzasidan arizalar yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik va afzalliklar yaratish maqsadida o‘quvchilar o‘qish o‘rnini ko‘chirish transfer.piima.uz platformasi orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan.

🗺 Joriy yilning 20-yanvar sanasidan arizalarni onlayn qabul qilish boshlanganligini inobatga olib, Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali arizalaringizni Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
Arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
O‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
Ota-onasining ish o‘rni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklanishi zarur.

❗️ESLAB QOLING!
⚠️ Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SO‘Z saqlab qo‘yilishi kerak! Ushbu kalit so‘z yordamida arizangiz holatini tekshirib ko‘rishingiz mumkin.

📆 Arizalar shu yilning 10-fevraliga qadar qabul qilinadi.

📞Call-markaz: (71)2072017 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Attestatsiyadan o‘tish uchun qanday hujjatlar taqdim etiladi, malaka oshirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma ham kerakmi?

❗️Pedagog kadrlar tomonidan attestatsiyadan o‘tish uchun murojaat etilganda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ilova qilingan so‘rovnoma elektron tarzda to‘ldiriladi.

So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

pedagog kadrning ta’lim to‘g‘risidagi hujjati (xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni O‘zbekiston Respublikasida tan olish haqidagi guvohnoma);

qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganligi haqidagi diplom nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);

pedagog kadrning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash natijalari yuzasidan ma’lumotnoma (o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun).

❗️Pedagog kadrlardan ushbu bandda ko‘rsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish mumkin emas.


Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga pedagog kadr mas’ul hisoblanadi.

Eslatma: so‘rovnomani bevosita davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilinganda pedagog kadr nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilinganda esa pedagog kadrning o‘zi mustaqil ravishda to‘ldiradi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍4
#OAV_taqdimot_haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 26-yanvar kuni maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

❗️Mazkur taqdimot yuzasidan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi rahbariyati, mas'ullar va o'qituvchilar munosabat bildirishdi.

🔹Ахборот 24 | Мактаб таълими сифатини яхшилаш - устувор вазифа
🔹Yuz.uz Maktab ta’limi sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
🔹Мактаб таълими: эътибор, натижа ва истиқбол
🔹Ахборот 24 | Мактаб таълими сифатини яхшилаш бўйича таклифлар кўриб чиқилди
🔹Ахборот 24 | Мактаб таълими сифатини яхшилаш - устувор вазифа
🔹Оила - маҳалла - мактаб ҳамкорлиги
🔹Мактаб таълими сифатини яхшилаш – устувор вазифа
🔹Мактаб таълими сифатини яхшилаш – устувор вазифа
🔹Ахборот 24 | Давлатимиз раҳбари томонидан мактаб таълими сифатини яхшилаш бўйича белгиланган вазифалар
🔹Таълим: мактаб ва маҳалла ҳамкорлиги
🔹Ахборот 24 | Мактаб таълими сифатини яхшилаш - устувор вазифа
🔹Ахборот 24 | Мактаб таълими сифатини яхшилаш - устувор вазифа
🔹Ахборот 24 | Мактаб таълими сифатини яхшилаш - устувор вазифа
👍2
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda kun tartibidagi muhim masalalar qatorida amaldagi loyihalash jarayonlari va qurilish ishlari “resurs usuli”ga asoslanganligi, bu usulda 1 ta maktab qurish uchun qancha ishchi kerak, qancha yoqilg‘i va nechta texnika ishlatiladi, texnikaning turi qanaqa bo‘lishi kerak, degan yuzlab shartlar kiritilganligi aytib o‘tildi.

❗️Shu sababdan kelgusi yil 1-yanvardan barcha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, ishlarni amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilishda “resurs usuli”dan voz kechilib, “hajm usuli”ga o‘tilishi ta’kidlandi.

✔️ Shuningdek, yig‘ilishda aholi uchun qulay infratuzilma, sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlar, yuqori daromadli ish o‘rinlari hamma shaharlarda ham birdek rivojlanmayotganligiga urg‘u berildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TO‘GARAKLARIMIZGA MARHAMAT!

💸Oʻymakorlik
— amaliy sanʼatning qadimiy va keng tarqalgan turi boʻlib yogʻoch, ganch, metall, tosh, suyak, terrakota va boshqalarni oʻyish, yoʻnish, kesish yoʻli bilan badiiy shakl yasash sanʼatidir.

🦠Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi barcha oʻquvchi-yoshlarni “Yosh duradgor va yogʻoch oʻymakorligi” toʻgaragiga chorlab qoladi.

🤖To‘garak mashg'ulotlarimiz sizni qiziqtirgan bo‘lsa ONLINE ro‘yxatdan o‘ting!

Roʻyxatdan oʻtish
👈

SHOSHILING!
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
👍2
Forwarded from KHISO KHOREZM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu safar olimpiada Toshkent va Xorazmda!


🥇 KHISO olimpiada maktabi va TIFT universiteti bilan hamkorlikda matematika fanidan navbatdagi olimpiadani e'lon qiladi!

📆 Yakshanba 4-fevral kuni soat 10:00 da Urganch shahrida KHISO olimpiada maktabi tomonidan 1-sinfdan 8-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun oflayn olimpiada o‘tkaziladi!

Savollar: O‘zbek🇺🇿 va rus🇷🇺 tillarida

Matematika-1 (10 ta savol, 0,9 balldan)
Matematika-2 (10 ta savol, 1,5 balldan)
Matematika-3 (10 ta savol, 2,6 balldan)
🏓 Jami: 50 ball

📘 Har bir ishtirokchi va ustoziga elektron sertifikat taqdim etiladi.

🏅 G‘oliblar 1-6 sinflar uchun har sinfda alohida, 7-8 sinflar uchun umumiy aniqlanadi va medallar bilan taqdirlanadi.

✍️ QOIDALAR va RO‘YXATDAN O‘TISH: ➡️ HAVOLA

📍 Olimpiada Urganch shahridagi 6-son maktabda o‘tkaziladi.

Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 3-fevral soat 18:00 da yakunlanadi!

🚀 Olimpiadaga qiziquvchi do‘stlaringizga ulashing.

🇺🇿 ning Xorazmdagi rasmiy kanali: 👉 @khiso_khorezm

🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩
🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩🚩
🚩🚩 🚩🚩🚩🚩🚩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Malaka_toifasi

Men maktabda va akademik litseyda dars beraman. Joriy yilgi attestatsiyada maktabdan qatnashmoqchiman. Savolim, maktabdan olingan malaka toifasi professional ta’lim tashkilotlariga ham o‘tadimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, pedagog kadrlar asosiy ish joyi bo‘yicha attestatsiyaga jalb etiladi.

Ta’lim tashkilotlarida o‘rindoshlik asosida dars beradigan va asosiy ish joyi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan pedagog kadrlar esa o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ta’lim tashkilotidan attestatsiyaga jalb etiladi.

❗️Bu muhim! Pedagog kadrlarning malaka toifalari (lavozimlari) boshqa ta’lim tashkilotlariga, ta’lim tashkilotlarining bir turidan boshqasiga yoxud nodavlat ta’lim tashkilotidan davlat ta’lim tashkilotiga ishga o‘tganda saqlab qolinadi.

Bunda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarining katta o‘qituvchisi lavozimiga, birinchi malaka toifasi — yetakchi o‘qituvchisi lavozimiga, oliy malaka toifasi — bosh o‘qituvchisi lavozimiga tenglashtiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔴Kiberfiribgarlarni farqlash usullari

🔴Kiberfiribgarlardan himoyalanish yo‘llari

🔴Kiberfiribgarlar "hujumi"dan so‘ng shaxsiy akkauntni "tozalash" ishlari

🔴Va nihoyat kiberfiribgarlik turlari


👨‍🏫 Videorolikda mutaxassis barchasini muxtasar tushuntiradi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
👍6