Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
10.4K subscribers
24.1K photos
4.76K videos
472 files
10.3K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Xabaringiz bor, Jadidlar izidan” tanlovining Respublika bosqichida 6-7-8-sinflar o'rtasida 3-o‘rinni Urganch tumanidagi  45-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Akbar Boboxonov egalladi.

O‘quvchimiz viloyatimizga qaytib keldi.

Akbarbek maktab direktori, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onasi ishtirokida munosib kutib olindi.

Tadbir davomida ular o‘quvchimizni erishgan yutug‘i bilan yana bir bor samimiy tabriklab, o‘qishlariga muvaffaqiyat tiladilar.

Ularning ota-onalari va ustozlariga minnatdorchilik bildirildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍5👏1
Viloyatimizda 2024-yil 11-noyabrdan 8-dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasi (Tatariston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi) hamkorligida tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tdi. . Tanlovda viloyatimizdagi umumta’lim maktablarining 9-11-sinf oʻquvchilari faol ishtirok etdi.

Joriy yil 21-dekabr kuni o’quvchilari faol ishtirok qilgan maktab rahbarlariga mazkur tashkilot tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍2
#2_Choraklik_summativ_baholash
#Xorazm
#1_kun

▫️Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlarida 2-chorak bo'yicha ChSB summativ yakuniy imtihonlariga start berildi.

Ayni damda imtihonlar 6-sinf o'quvchilariga online tarzda bo'lib o'tmoqda.

Fotolavhalarda:

▫️Bog‘ot tumani IM
▫️Urganch shahar 1-son IMI
▫️Shovot tumani IMI
▫️Xiva shahar 2-son IM
▫️Xiva shahar 1-son IMI
▫️Yangibozor tumani IMI
▫️Tuproqqal'a tumani IM

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sport dasturlashi bo‘yicha "Viloyat hokimi olimpiadasi"ning so‘nggi turi o‘tkazildi!


📆 21-dekabr kuni Xorazm IT PARK binosida Informatika (Sport dasturlashi) olimpiadasi o‘tkazildi.

📊 Umumiy natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: ➡️ NATIJALAR

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.


🌟 Eslatib oʻtamiz, ushbu olimpiada Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov qo‘llovi bilan tashkil etilgan bo‘lib, birinchi mavsum g‘oliblari shaxsan viloyat hokimi tomonidan qimmatbaho sovg‘a - noutbuklar bilan taqdirlandi.

🖼 Tadbirdan olingan fotolar facebook sahifamizga joylandi: ➡️ FOTOGALERIYA

🚀Olimpiadalarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalga a’zo boʻlishni unutmang: ➡️ @bazarbaevs
👍1
RASMIY MUNOSABAT

2024-yil 20-dekabr kuni facebook ijtimoiy tarmog‘ida Urganch shahridagi 15-sonli maktabda o‘quvchilarga majburiy ravishda teatrga bilet uchun 15.000 so‘mdan yig‘ib olinayotgani yuzasidan xabar tarqatildi.

Holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi va quyidagilar aniqlandi.

2024-yil 23-dekabr kuni maktabning 2-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilari o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazildi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra o‘quvchilaridan teatr uchun majburiy ravishda 15 000 miqdorida pul yig‘ilayotgani haqidagi xabar o‘z tasdig'ini topmadi.

Shuningdek, maktab ma’muriyati tomonidan ota-onalar bilan hamkorlikda o‘quvchilarning xohishiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda kutubxona, muzey, teatr va tarixiy joylarga ekskursiya rejalashtirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌