Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
10.4K subscribers
24.1K photos
4.76K videos
472 files
10.3K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Янги_баҳолаш

Maktablarning mezonlarga asoslangan baholash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtkazilishi munosabati bilan eMaktab.Smart platformasi orqali yurtimizdagi 168 ta maktabda 2 ta fan kesimida 5-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan onlayn-CHSBlar tashkil etilmoqda.

❗️ Buning natijasida 120 ming nafardan ortiq ota-onalar va oʻquvchilar CHSB va BSBlarning amaldagi demo-versiyalaridan foydalanishdi. Oʻqituvchilar orasida eMaktab.Smart platformasidagi raqamli kontentdan foydalanish foizi 45% ga yetdi, bu oʻtgan yilga nisbatan deyarli ikki barobarga koʻproq.

Oʻtgan hafta davomida eMaktab platformasida 53 mingdan koʻp marotaba demo-CHSBlardan foydalanilgan.

👉 Ushbu havola orqali onlayn-CHSBlarga tayyorgarlik koʻrish mumkin.

___

В
связи с постепенным переходом школ на критериальную систему оценивания, на платформе eMaktab.Smart совместно с Министерством дошкольного и школьного образования были разработаны и проведены онлайн-СОЧи в разрезе двух предметов с 5 по 11 классы в 168 школах по всему Узбекистану.

❗️ Сегодня более 120 000 детей прошли онлайн-СОЧи. Процент использования цифрового контента в eMaktab.Smart среди учителей вырос до 45%, это почти в два раза больше, по сравнению с прошлым годом.

За прошедшую неделю демо-СОЧи на eMaktab прошло более 53 тыс. раз.

👉 У всех еще есть время подготовиться по этой ссылке.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍1
📣 Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi tasdiqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori bilan “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.

👉 Nizomga asosan, uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimiga quyidagilar kiradi:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari;
A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti;
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Pedagogik mahorat markazlari;
pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari;
malaka oshirish faoliyati bilan shugʻullanadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari;
maktabgacha taʼlim tashkiloti, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, umumiy oʻrta taʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari.

❗️ Shuningdek, mazkur Nizom bilan:


uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimiga kiruvchi barcha boʻgʻin tashkilot va oʻquv muassasalarining asosiy vazifalari

uzluksiz kasbiy rivojlantirish taʼlim olishning ishlab chiqarishdan ajralgan/ajralmagan holda, masofaviy, dual, mustaqil, muqobil shakllari orqali amalga oshirilishi;:

uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlari menejerlik oʻquv kurslari, malaka oshirish kurslari, malaka oshirish kurslari oraligʻida tashkil qilinadigan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlari, qayta tayyorlash kurslari orqali amalga oshirilishi belgilab berildi.

👉
NIzomning to‘liq matni

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍1
Urganch shahridagi 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida Yangi yil tadbiri bo’lib o’tdi.

“Qor malikasi” ertagi asosida sahnalashtirilgan tadbirdagi bolajonlarning sho’x -shodon qo’shiq va raqslari, sherlari barchaga birdek xush kayfiyat ulashdi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍2
Forwarded from Xorazm info
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2017-2024 yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari statistikasi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️Informatika fani o'qituvchilari va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar diqqatiga!!!

📊"Bir million o'zbek dasturchilari" loyihasini 2025-2026-yillarda amalga oshirish rejalariga bag'ishlangan onlayn muloqot tashkil etilmoqda.

📢 Muloqot 2024-yil, 25-dekabr kuni, soat 14:30 da onlayn tarzda tashkil etiladi.

📝Muloqotda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari ishtirok etishadi, muloqot davomida o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin bo'ladi.


▶️Onlayn muloqot 4 ta ijtimoiy tarmoq orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda tashkil etiladi:

⭕️Youtube: Uzbekcoders.uz;
⭕️Facebook: Uzbekcoders.uz;
⭕️Telegram: t.iss.one/uzbekcoders_uzb;
⭕️Instagram: Uzbekcoders.uz;

🔰 Yangiliklarni kuzatib borish ushun rasmiy telegram – https://t.iss.one/uzbekcoders_uzb sahifasiga obuna bo’ling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linked
👍1
⭕️Informatika fani o'qituvchilari va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar diqqatiga!!!

📊"Bir million o'zbek dasturchilari" loyihasini 2025-2026-yillarda amalga oshirish rejalariga bag'ishlangan onlayn muloqot tashkil etilmoqda.

📢 Muloqot 2024-yil, 25-dekabr kuni, soat 14:30 da onlayn tarzda tashkil etiladi.

📝Muloqotda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi mas'ullari ishtirok etishadi, muloqot davomida o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin bo'ladi.

▶️Onlayn muloqot 4 ta ijtimoiy tarmoq orqali to'g'ridan-to'g'ri efirda tashkil etiladi:
⭕️Youtube: Uzbekcoders.uz;
⭕️Facebook: Uzbekcoders.uz;
⭕️Telegram: t.iss.one/uzbekcoders_uzb;
⭕️Instagram: Uzbekcoders.uz;

🔰 Yangiliklarni kuzatib borish ushun rasmiy telegram – https://t.iss.one/uzbekcoders_uzb sahifasiga obuna bo’ling!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘shko‘pir tumanidagi 39-son maktabning 4-"A" sinf o‘quvchilari "tozalik farishtasi", yaʼni farrosh opaga ehtirom ko‘rsatishdi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Xorazm viloyatida Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#islohotlar_amalda

Kuni kecha Davlatimiz rahbariga maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida 2025-yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar boʻyicha axborot berildi.

👉 Unda qayd etilganidek:

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari direktorlari, maktab direktori oʻrinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshiriladi.

Shu bilan birga, 2026-yildan boshlab maktab direktorlari va ularning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi natijalariga koʻra qoʻshimcha ustamalar joriy etiladi.

Bundan tashqari, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi boshqaruv xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama hamda boshqa qoʻshimcha toʻlovlar toʻlanishi yoʻlga qoʻyiladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan reja grafikka asosan Gurlan tumanidagi 16-sonli maktabda kasbiy ta’limni o‘qitish va kelgusida rivojlantirishga doir amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda viloyatdagi kasbiy ta’lim joriy qilingan 13 ta maktab direktorlari, psixologlari va kasbiy ta’lim ustalari ishtirok qildilar.

Seminar o‘zaro fikr va tajriba almashuv ruhida samarali o‘tkazildi.

O‘quvchilarning kasbiy ta’lim yuzasidan egallagan bilim va ko‘nikmalari ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.

Maktab rahbarlari va kasbiy ta’lim ustalari bilan kelgusidagi rejalar, mavjud muammolar ularning yechimi to‘g‘risida kelishib olindi. Bunday seminarlar reja-grafik asosida tizimli davom qildiriladi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
“Prezident archasi” bayram tadbiri o‘tkazildi

Urganch shahridagi viloyat musiqali drama teatrida an’anaviy “Prezident archasi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram dasturiga viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, chin yetim va ota-ona qaromog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning va ehtiyojmand oilalarning farzandlari taklif etildi.

Viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov bolajonlarni Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga Prezident sovg‘alarini topshirdi.

Teatrlashtirilgan bayram tomoshalari, Yangi yil ertak qahramonlarining chiqishlari bolajonlarga bir olam zavq ulashdi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌