Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
12.4K subscribers
22.4K photos
4.55K videos
466 files
9.76K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jadidlar_izidan
#Respublika_tanlovi

✔️ Jadidlar izidan respublika tanlovining hududiy bosqichlari o‘tadigan sanalar maʼlum bo‘ldi!

🟢 Ilk marotaba o‘tkazilayotgan tanlovda 364 906 nafar o‘quvchilar ishtirok etish istagini bildirdi. Sektor, tuman-shahar bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 416 nafar ishtirokchi hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

12-noyabr Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida;
14-noyabr Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabi hamda Farg‘ona viloyatidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktablarida;
16-noyabr Andijon viloyatidagi Muhammad Yusuf hamda Qashqadaryo viloyatidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablarida;
18-noyabr Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda Samarqand shahridagi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy muzeyida;
19-noyabr Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 22-umumta’lim maktabi hamda Sirdaryo viloyatidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida;
20-noyabr Buxoro viloyatidagi Fayzulla Xo‘jayev uy muzeyida;
21-noyabr kuni Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida;
22-noyabr Toshkent viloyati “Turon” axborot-kutubxona markazida hamda Xorazm viloyatidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabida;
23-noyabr Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida hududiy bosqichlar bo‘lib o‘tadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan jami 14 nafar ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Batafsil ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida berib boriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jadidlar_izidan
#Youtube_kanal

😎 JADIDLAR IZIDAN” YOUTUBE KANALI OCHILDI!

✔️ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil qilingan edi.

🌀 Tanlov 2 ta sinf toifasi 6-7-8- hamda 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.

🔴Jadidlar izidan” Respublika tanlovini yoritib borish maqsadida Youtube kanali ochildi.

➡️ Youtube kanaliga a’zo bo‘lish:

➡️ https://www.youtube.com/@jadidlarizidanuz

📣 Batafsil ma’lumotlarni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!
#Live
#Jadidlar_izidan

"
Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblari Germaniyaga ta'lim sayohatini qo'lga kiritishdi

Avval xabar qilinganidek, hozirda poytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan “
Jadidlar izidan” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi qizgʻin davom etmoqda.

⚡️
Tadbirda har bir sinf toifasi boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan 7 nafardan (6-, 7-, 8-sinflar va 9-10-sinflarlar o'rtasida) jami 14 nafar quyidagi oʻquvchilar gʻolib, deb topildi.

👉
6-7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida

Yoʻldoshaliyeva Farzonabonu Erkinboy qizi (Fargʻona viloyati)

Boxodirov Shoxjahon Kamoliddin oʻgʻli (Toshkent viloyati)

Boboxonov Akbar Sardor oʻg'li (Xorazm viloyati)

Sharapova Madinabonu Farruxovna (Buxoro viloyati)

Musulmanova Diyora Baxrom qizi (Toshkent shahar)

Abdumutalifova Sugʻdiyona Xushnudjon qizi (Namangan viloyati)

Komilova Zilola Faxriddin qizi (Navoiy viloyati)

👉
9-10-sinf o'quvchilari o'rtasida

Azimova Jasmina Toʻlqin qizi (Qashqadaryo viloyati)

Qodirov Bobur Dilshod oʻgʻli (Sirdaryo viloyati)

Rohataliyeva Dilnura Alisher qizi (Farg'ona viloyati)

Qoʻchqarova Ziyoda Mansurjon qizi (Namangan viloyati)

Ergasheva Farangiz Bahriddin qizi (Navoiy viloyati)

Raxmatjonova Shodiyobonu Xabibulla qizi (Andijon viloyati)

Yunusova Roʻzixon Burxon qizi (Toshkent viloyati)

❗️
Eslatib oʻtamiz: tanlov Nizomiga koʻra, mazkur gʻolib oʻquvchilar Germaniya davlatiga taʼlim sayohatiga yuboriladi hamda u yerda jadid bobolarimiz taʼlim olgan oliygoh faoliyati bilan tanishadi.

👉 Shuningdek, maʼrifatparvar
jadidlar hayotiga doir koʻplab tarixiy maskanlarga sayohat qilishadi, mavzuga doir turli tadbirlar, jonli muloqot va uchrashuvlarda qatnashadi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fotoreportaj
#Jadidlar_izidan

Poytaxtimizda boʻlib oʻtgan “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi hamda “Barkamol avlod bolalari” festivalining yakuniy hisobot konsert dasturidan fotoreportaj.

👉
Batafsil

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Jadidlar_izidan
#Respublika_tanlovi

✔️ JADIDLAR IZIDAN” TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI G‘OLIBLARI!

📣 Batafsil ma’lumotlarni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jadidlar_izidan #Taʻlim_sayohati

GERMANIYA TAASSUROTLARI

Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 45-sonli maktab-internati 9-sinf o'quvchisi, "Jadidlar izidan" ko'rik-tanlovi g‘olibi Boboxonov Akbarjon Germaniyaga ta'lim sayohati taassurotlari bilan bo'lishdi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#Jadidlar_izidan

🟢 Jadidlar izidan” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi Boboxonov Akbar bilan OVOZLI CHAT!

📅 Sana: 4-may, Yakshanba
🕒 Vaqt: 20:30

🤔 Sizni Jadidlar izidan tanlovining respublika bosqichi g‘olibi Boboxonov Akbar bilan o‘tkaziladigan ovozli chatda ishtirok etishga taklif qilamiz. Bu chatda quyidagi mavzular bo‘yicha ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz:

1. “Jadidlar izidan” tanloviga qanday tayyorgarlik ko‘riladi?

2. Qaysi adabiyotlar ustida ko‘proq ishlash zarur?

3. Tanlovdagi shartlar va bosqichlar qay tarzda o‘tkaziladi?

▶️ Ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Bizni kuzatib, savollarni berish va muhokamalarga qo‘shilishga chaqiramiz.

📣 Ovozli chat @jadidlarizidanuz telegram kanali orqali o‘tkaziladi!