Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.37K subscribers
21.6K photos
4.45K videos
465 files
9.49K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
XORAZMDA ASOSIY FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI YAKUNIGA YETDI

Xabaringiz bor, joriy yil 25-noyabr kuni umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Asosiy fan olimpiadasining Xorazm viloyati bosqichiga start berilgan edi.

Bugun, 4-dekabr kun ushbu olimpiada o‘z nihoyasiga yetdi.

Olimpiadada ishtirok qilgan jami o'quvchilar 1799 nafar bo'lib, shundan 9-sinf oʻquvchilari soni 483 nafarni, 10-sinf oʻquvchilari soni 663 nafarni, 11-sinf oʻquvchilari soni 653 nafarni tashkil qildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
#JARAYON

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Xorazmdagi ta'lim tashkilotlaridagi muammolarni o‘rganmoqda

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov viloyatdagi umumta'lim maktablarida bo'lib, muassasalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

Xususan, Urganch shahridagi 13-son, Urganch tumanidagi 3-son, Qo‘shko‘pir tumanidagi 17-, 48-son umumta'lim maktablarida bo‘lib, mavsumidan betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Barcha maktab bitiruvchilari diqqatiga!

👍 Toshkent shahridagi Adju universiteti ilm-fanga qiziqadigan yoshlarimizni kreativ fikrlovchi va salohiyatli kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga qaratilgan «Kelajak muhandisi» xalqaro olimpiadasiga taklif etadi!

🏆 Xalqaro olimpiada 2025-yilning 7-8 yanvar kunlari universiteti kampusida quyidagi taʼlim yoʻnalishlarida oʻtkaziladi (havolaga kiring):
Arxitektura va interyer dizayn
Qurilish muhandisligi
Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi

📖 Tanlovda davlat va nodavlat umum taʼlim, ixtisoslashtirilgan va president maktablari, akademik litseylar va kasbiy taʼlim tashkilotlarining bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirok etadi.

🗓 Muhim sanalar:
2024-yil 1-dekabr – arizalar qabul qilish boshlanadi.
2024-yil 25-dekabr – arizalarni qabul qilish yakunlanadi.
2025-yil 7-8 yanvar – olimpiada oʻtkaziladi.
2025-yil 8-yanvar – olimpiada gʻoliblari eʼlon qilinadi.

📝 Ishtirokchi bo‘lish uchun ushbu havola orqali ariza yuboring.

🏛 Olimpiada Adju universitetining (Koreya Respublikasi) qoidalariga muvofiq oʻtkaziladi.

🎁 Mukofotlar:

Olimpiada g’oliblari Toshkent shahridagi Adju universitetiga imtiyozli shartnoma asosida kirish imtihonlarisiz oʻqishga qabul qilinadi.

👉🏻 +998712086969

Universitet matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jadidlar_izidan
#Youtube_kanal

😎 “JADIDLAR IZIDAN” YOUTUBE KANALI OCHILDI!

✔️ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil qilingan edi.

🌀 Tanlov 2 ta sinf toifasi 6-7-8- hamda 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tmoqda.

🔴 “Jadidlar izidan” Respublika tanlovini yoritib borish maqsadida Youtube kanali ochildi.

➡️ Youtube kanaliga a’zo bo‘lish:

➡️ https://www.youtube.com/@jadidlarizidanuz

📣 Batafsil ma’lumotlarni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!
XORAZMDA ASOSIY FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

📍Xabaringiz bor, 25-noyabrdan 4-dekabr kuniga qadar Urganch shahridagi 15-umumta'lim maktabida 1 700 nafardan ortiq 9-10-11-sinf o‘quvchilari asosiy fan olimpiadasining Xorazm viloyati bosqichida bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

📚Bugun eng kuchlilar bir manzilda jam bo‘ldi. Olimpiadaning taqdirlash marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas’ullari ishtirok qilib, barcha g‘oliblarni tabrikladilar.

📝Shundan so‘ng 15 ta fan bo‘yicha 1-2-3-o‘rin egalariga diplom hamda pul mukofoti tantanali ravishda topshirildi.

➡️1-o‘rin uchun - 2 million 250 ming so‘m
➡️2-o‘rin uchun - 1 million 500 ming so‘m
➡️3-o‘rin uchun - 1 million 125 ming so‘m pul mukofoti ajratildi.

✍️Ma'lumot uchun, jami g‘oliblar soni 135 nafarni tashkil etgan bo‘lib, 45 nafar 11-sinf o‘quvchilari olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etishadi.