Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.42K subscribers
21.2K photos
4.4K videos
464 files
9.35K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kecha_va_bugun

Bugun muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosi ochilish marosimi hamda pedagoglar bilan ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi.

🔰Davlatimiz rahbarining “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, qayta tashkil etilgan institut tuzilmasida Xalqaro tadqiqotlar markazi ham ish boshladi.

🇺🇿To‘liq qayta ta’mirdan chiqarilgan institut yangi binosida menejerlik o‘quv kurslari hamda pedagoglarni malakasini oshirish uchun 950 o‘rinli zamonaviy o‘quv xonalari, 87 750 ta fondga ega Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy nomidagi yodgorlik Muzeyi hamda malaka oshirish uchun kelgan pedagoglar uchun 560 o‘rinli zamonaviy mehmonxona joylashgan.

Shuningdek, institutda Innovasion faoliyatni rivojlantirish, tabiiy fanlar va muhandislik, matematika yo‘nalishdagi fanlararo, ilmiy-tadqiqot va loyiha mashg‘ulotlariga asoslangan zamonaviy ta’lim muhitini yaratish maqsadida STEAM laboratoriyasi barpo etildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM