Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.45K subscribers
20.7K photos
4.3K videos
464 files
9.14K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov kõchasi, 29 uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Forwarded from IT taʼlim
#Ayni_vaqtda
Tabiiy fanlar boʻyicha metodik- tur start oldi

Tabiiy fanlar bo'yicha UNICEFning xalqaro eksperti Filippa Gardom Halm ishtirokida respublika bo'ylab metodik-tur o'tkazilmoqda.

🔰Metodik -tur
👉 19 -iyul Xorazm viloyati;
👉 20- iyul Buxoro viloyat;
👉 21-iyul Samarqand viloyatida tashkil etiladi.

📌Ayni vaqtda dastlabki manzil, Urganch shahrida tashkil etilayotgan seminarni Facebook orqali onlayn koʻrishingiz mumkin: https://fb.watch/el_Xj9nmN5/

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#ayni_vaqtda
#Qashqadaryo_seminari_biologiya
Endi bolalardagi jamoaviy ishlash koʻnikmasi ham individual ishlash koʻnikmasi bilan birdek shakllantiriladi

Darsliklarga oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun birdek yangilik boʻla oladigan shunday amaliy topshiriqlar kiritildiki, ularni faqat jamoada ishni taqsimlash orqali bajarish mumkin.

"Bolalarni mantiqiy fikrlashga va olgan bilimlarini amalda qoʻllashga majbur qiluvchi topshiriqlarga urgʻu berib, imkon qadar raqamlardan qochishga harakat qilindi. Negaki bola, kundalik hayotda, chuvalchang uzunligini bilishi emas, bu haqidagi yaxlit bilimlarni egallashi muhim", - deydi biolog olim Baxtiyor Sheraliyev.

Shuningdek 7-8-9- sinf Biologiya darsliklaridagi spirallar bir xil mavzular asosida shakllantirilgan boʻlsa, 10-sinf darsligi mavzular darajasi sabab quyi sinf darsliklaridagi spiraldan biroz farq qiladi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Ayni_vaqtda
#Ustozlar_milliy_forumidan

Xalq taʼlimi tizimidagi muammolar faqatgina Xalq taʼlimi vazirligi harakatlari bilan hal boʻlib qolmaydi. Taʼlim tizimi millionlab kishilarni birlashtirgan zanjir. Bu zanjirning bittasi uzilib qolsa ham tizim buziladi.

Shuning uchun, aziz ustozlar kichik bir oʻzgarish qilish uchun ham har birimiz harakat qilishimiz kerak.

©️Baxtiyor Saidov, Xalq ta'limi vaziri

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Ayni_vaqtda
#Uchinchi_ustozlar_milliy_forumi

Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostida III Ustozlar milliy forumi o‘z ishini boshladi.

Ushbu tadbir yangi o’quv yili oldidan ilg’or metodikalar va sohadagi yangiliklarni o’qituvchilarga yetkazish maqsadida har yili o’tkaziladi.

Mahorat darslari umumta’lim fanlari, maktabgacha ta’lim, ma’naviyat, kutubxona kabi 18 ta yo’nalishni qamrab olgan.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌