Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
11.2K subscribers
23.3K photos
4.68K videos
470 files
10.1K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Diqqat❗️
#A_level

⚡️A-LEVEL IMTIHONLARI UCHUN RO'YXATDAN O'TISH MUDDATI YAKUNLANMOQDA!

Shoshiling!

Xalqaro A-level imtihonlari uchun ariza topshirish muddati 10-fevralgacha (shu kuni ham) davom etadi.

❗️Imtihonlar uchun onlayn arizalar https://alevel.piima.uz/ sayti orqali qabul qilinmoqda.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Diqqat

Vazir jamg‘armasidan ustama olishga nomzodlarni saralash jarayonlarining 2-bosqichi boshlanmoqda: manzil va sanalar bilan tanishing

Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama to‘lanadigan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash mezonlari maʼlum bo‘ldi.

Vazir jamg‘armasidan ustama olish uchun o‘tkaziladigan sinov jarayonlari bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘p bosqichli tanlov asosida bevosita Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibda tashkil etilishi haqida avvalroq xabar bergandik.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Xalq taʼlimi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra, 2022-yil dekabr oyida ushbu Jamg‘armadan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash sinovlarining dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.

Birinchi bosqichda qatnashgan hamda dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun bo‘lib o‘tgan test sinovlarida maksimal ballning 80 va undan yuqori foiz natijani qayd etgan nomzodlar ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi.

Ikkinchi bosqichda umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi. Ushbu havola orqali kasbiy mahoratni baholash uchun suhbatni baholash Nizomi va mezonlari bilan tanishishingiz mumkin.

Kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 5 mln so‘m) har oylik ustama to‘lanadi.

Vazir jamg‘armasi uchun o‘tkazilgan saralash sinovlarining birinchi bosqichi natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Suhbat jarayonlari joriy yilning 13-18-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Suhbat jarayonlari bo‘lib o‘tadigan manzillar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Dolzarb_mavzu
#Diqqat_ochiq_muloqot

Maktablarda o'quvchilarni bulling, viktimizatsiya va mobbing zo‘ravonliklardan himoya qilish — xalqaro toifadagi psixologdan tavsiyalar

🗓2023-yil, 4-may soat 15:00

🙅🙅‍♀️ Umumta'lim maktablarining direktor o'rinbosarlari, psixolog va ushbu yo‘nalishga qiziquvchi keng jamoatchilik vakillari uchun “O‘smirlik muhitida bulling, viktimizatsiya va mobbing” mavzusida ochiq muloqot!

👥Muloqotni xalqaro toifadagi psixolog Xojimuxamedova Dilbar Rixsibayevna olib boradi.

🙇🙇‍♀️Mazkur muloqotda bugungi kunda tez-tez uchrayotgan salbiy holatlar, oila, ta’lim tashkilotlari, ish va xizmat joylardagi turli ko‘rinishdagi zo‘ravonliklarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tiladi.

📝Mahorat darsi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining facebook va youtube ijtimoiy tarmoqlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib boriladi.

🎯Sizni qiziqtirgan va qiynayotgan savollaringizga onlayn muloqot jarayonida javob berib boramiz.

O‘tkazib yubormang!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

URGANCH TUMAN “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABI TAKLIF QILADI

Urganch tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, chet tillarini chuqur o‘rgatish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag'batlantirish maqsadida qator to‘garaklar tashkil qilib, faoliyat yuritib kelmoqda.
Xususan,

Ingliz tili
Rus tili
Robototexnika
Avtomodel
Milliy kurash
Karate
Qiziqarli matematika
Munchoqli bezak
To‘qish
Yosh biolog
Ona tili va adabiyot
Tasviriy san’at
Bolalar teatri
Mental arifmetika
Oliy ta'lim va maktabga tayyorlov


jami 36 turdagi to'garaklar.

Manzil:
Urganch tuman markazi, Ibni Sino ko‘chasi, 4-uy

Murojaat uchun telefon:
91 426 09 49
97 451 57 50


Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Photo
#Diqqat_yangi_loyiha

Amerikalik o'qituvchi to'garak a'zolariga telemuloqot orqali ingliz tilidan saboq bermoqda

Xorazm viloyati Urganch tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi tashabbusi bilan yil davomida ushbu maktabning ingliz tili to‘garagi a‘zolari uchun xorijiy davlatlardagi o‘qituvchilardan ta‘lim olish maqsadida AQSHning Pensilvaniya shtati Filodelfiya shahridagi o‘rta ta‘lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi bilan telemuloqot orqali ingliz tilini o‘rganish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihani amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, o‘quvchilarimizning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, til o‘rganish natijasida amerikalik tengdoshlari bilan yaqindan tanishish, ularning urf-odatlarini o‘rganish, ingliz tilini turli xil interaktiv o‘yinlar va yangicha metodlar bilan oson va qiziqarli tarzda o‘rgatishdan iboratdir.

Shuningdek, ushbu lohiyada o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash, "tengdosh -tengdoshga" tamoyili asosida xorijiy davlatlardagi tengdoshlari bilan o‘zaro muloqot qilish orqali bilimlarini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Manzil: Xorazm viloyati Urganch tuman markazi, Ibn-Sino ko‘chasi 4-uy. "Barkamol avlod" bolalar maktabi binosi.

Murojaat uchun telefon:
+99897 790 96 66

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
#diqqat_eʻlon
#ishga_taklif
#shartnoma_asosida

❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida “Сambridge University Press & Assessment” tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv-metodik adabiyotlarni mahalliylashtirish jarayoni davom etmoqda

⚡️AGENTLIK TARJIMONLAR VA KIMYO, BIOLOGIYA, FIZIKA FANLARI BO‘YICHA MUTAXASSISLAR TANLOVINI EʼLON QILADI

📝NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
oliy ma’lumot, yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish.

NOMZODNING SHAXSIY SIFATLARI:
Muddatlarga rioya qilish, mas’uliyat va javobgarlik;
Yangiliklarni qabul qilishda ochiqlik, kreativ fikrlash.

🗂 TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR:
shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka).

📭 Hujjatlarni [email protected] elektron pochtasiga yuborishingiz lozim.

📆 HUJJATLAR 2023-YIL 29-SENTABRGA QADAR QABUL QILINADI.

☎️ Murojaat uchun: (71) 207 20 17 (ichki raqam 271)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat!

2023-yil 10-noyabr kuni respublika bo‘ylab “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o‘tkaziladi.

Yurt taqdiri, farzandlar tarbiyasi, jamiyat istiqboliga befarq bo‘lmagan yurtdoshlarimizni marafonda kutib qolamiz!

Marafon davomida kitobxonlik tadbirlari, sport musobaqalari, badiiy kechalar va turli loyihalar tashkil etiladi.

Telegram/Youtube/Facebook/Instagram/Web-sayt
#diqqat
#befarq_bo'lmang

‼️Agarda telegramda o‘zingizni tanishlaringizdan ham shunday xabar va fayl kelsa ochmang.

Bunday fayllar virus xabar bo‘lib akkauntingizni buzib kirishgacha bo‘lgan ishlarni amalga oshirishlari mumkin.

"exe" nomli fayllar o‘rnatiluvchi fayl bo‘lib, uni ochsangiz moslamangizga o‘rnashib olib sizning o‘rningizga barcha amalni bajarishi mumkin. Pul yechish, akkauntni buzib kirish va hk.

Ehtiyot bo‘ling va barcha tanishlaringizni ogohlantiring!!

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_èlon
#Ishga_taklif

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi quyidagi vakant lavozimga tanlov e’lon qiladi:

Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi;

📝Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
fan yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot va kamida ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lishi;
o‘quv fanining ilmiy-nazariy asoslari, mazmunini va o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotda qo‘llay olishi, samarali dars o‘tish metodikasi va uni tashkil etish texnikasini bilishi;
xorijiy tillardan birini boshlang‘ich darajada o‘zlashtirgan bo‘lishi hamda ilg‘or xalqaro tajribadan xabardorligi;
yuksak axloqiy fazilatlar hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega bo‘lishi;
fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar va turli musobaqalarda yutuqlarga erishganligi hamda professional tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritganligi inobatga olinadi.

Imkoniyatlar:

🔸Ahil va professional jamoa;
🔸Doimiy malakaviy o‘sish;
🔸Iqtidorli o‘quvchilar;
🔸Munosib ish haqi;
🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

Agar siz kreativ fikrlaydigan, o‘z ishining ustasi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalar egasi bo‘lsangiz, mazkur tanlovda o‘zingizni sinab ko‘ring.

📆 Hujjatlar joriy yilning 31-mart kuniga qadar telegramdan quyidagi raqamga taqdim qilinadi: 

📞Telegram va murojaat uchun: +998994295918

🗺Manzil: 🔎 Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-"A" uy

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat
#Qabul

❗️OTA-ONALAR VA O'QUVCHILAR DIQQATIGA

🔔Xorazm viloyati MMTB tasarrufidagi 93-sonli maktab-internati binosida yangi tashkil qilinayotgan ko'p yo'nalishli ta'lim muassasasi -20-SONLI UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABIga 1-sinfdan 11-sinfgacha, shuningdek, rus tilida o'qitiladigan 2ta 1-sinfga o'quvchilar qabul qilinadi.

Bizni tanlashingiz uchun 4 sabab:
✔️qulay hududda joylashgan hamda sifatli ta'lim va tarbiya uchun barcha sharoitlar mavjud;
✔️tajribali va mahoratli pedagoglar jamoasi tomonidan yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda dars mashg'ulotlari olib boriladi;
✔️o'quvchilarni qiziqishlariga qarab turli fanlardan to'garaklar tashkil qilinadi;
✔️kam taʼminlangan, boquvchisini yo'qotgan, imkoniyati cheklangan bolalar uchun kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil qilinadi va yordamchi tarbiyachilar tomonidan mashg'ulotlar o'tkaziladi.

🏢Manzilimiz: Urganch shahar, "Mustaqillik" MFY, Samarqand ko'chasi 98-uy.

🔎Mo'ljal:Urganch shahar hokimligi.

☎️Murojaat uchun telefon: +998937507900
#Diqqat_eʼlon
#Xorazm_viloyati

AGENTLIK DIREKTORI O'RINBOSARINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI

📆 Joriy yilning 13-mart kuni soat 14:00da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktor o’rinbosari Shakirova Sevara Bahodirovna Xiva shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazadi.


Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat.

🗺 Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil: Xorazm viloyati, Xiva shahri, Amir Temur ko’chasi, 26/B -uy.
#Diqqat

TADBIRKORLARNI HAMKORLIKKA CHORLAYMIZ!

🔹Xorazm viloyatida 2025-yilda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish maqsadida viloyatdagi 70 ta kambagʻalligi yuqori boʻlgan mahallalarda tashkil etiladigan oilaviy nodavlat maktabgacha taʻlim tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha tadbirkorlarni hamkorlikka chorlaydi.

🔹Manfaatdorlikni bildirish joriy yilning 28-may kunidan 6-iyun soat 18:00 ga qadar https://nodavlat-bogcha.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.

(2-chorak uchun kambagʻalligi yuqori boʻlgan mahallalar roʻyxati ilova qilinadi).

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌