Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.45K subscribers
21.1K photos
4.39K videos
464 files
9.33K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Таълим_ислоҳоти
#Direktorlar_kengashi

Hilola Umarova: “Ta’lim tizimini bir kunda isloh qilib bo'lmaydi, ammo bir jamoa bo’lib harakat qilsak, maqsadlarimizga albatta erishamiz”

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar kengashi” a’zolari uchun “Zamonaviy ta’lim – direktorlar nigohida” mavzusida seminar-treninglar bo’lib o’tmoqda.

Tadbirda vazir Hilola Umarova ishtirok etib, ushbu islohotning ahamiyati haqida so’z yuritdi:

Tizimda amalga oshirilayotgan ko’plab islohotlar bugun ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. Yangi loyihalarni joriy etmoqdamiz, yangi marralar tomon intilmoqdamiz.

Bu yo’ldagi tashabbuslarimizdan biri – endi maktab direktorlarini tayyorlash va ularni lavozimiga tayinlashda shaffof tizim joriy etiladi. Bu ta’lim tizimini rivojlantirish, o’z oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga erishishda katta ahamiyatga ega.

❗️Shuningdek, har bir direktor endi doimiy ravishda o'z ustida ishlab, malaka oshirishi va maktab boshqaruviga oid yillik rejalarini taqdim etishi lozim bo'ladi.

Bugungi trening ayni shu yo’lda yana bir qadam bo’ladi, deb o’ylayman.

Tizimni bir kunda o’zgartirib bo’lmaydi. Lekin bir jamoa bo’lib harakat qilsak, albatta rejalarimizni ro’yobga chiqara olamiz.

👉 Seminar-treninglar va “Direktorlar kengashi” haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1398

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish

Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Direktorlar_kengashi
#Таълим_ислоҳоти

🔴
Bugun “Zamonaviy ta’lim direktorlar nigohida” treningi qatnashchilari uchun mahorat darslarining ikkinchi kuni bo’lib o’tdi.

✔️Ishtirokchilar uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari va xorijiy mutaxassis, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori maslahatchisi Michele Gaddy tomonidan:

Mehnat munosabatlari va mehnat qonunchiligi talablari,
Maktablarda moliyaviy faoliyatni tashkil etish tartibi,
Maktablarda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar mavzularida seminar-trening tashkil etildi.
_______

Ma’lumot o’rnida: “Direktorlar kengashi”ning asosiy vazifalari:

maktab direktori lavozimiga tanlash va saralash asosida munosib nomzodlarni tavsiya etish;

maktablar boshqaruvida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda maktab direktorlarining faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha takliflar berish;

maktab direktorlari, o‘qituvchi va pedagoglarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatda o‘z vakolati doirasida tegishli tavsiyalar ishlab chiqish;

pedagoglar, ota-onalar, o‘quvchilar o‘rtasida maktablar boshqaruvida sog‘lom muhitni tashkil etish bo‘yicha so‘rovnoma va o‘rganishlar o‘tkazish.

❗️Kengash quyidagi huquqlarga ega:

o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda tegishli ravishda davlat organlari va tashkilotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridan so‘rab olish;

ish rejalar va dasturlarni, ta’lim faoliyatini muhokama qilishda ishtirok etish, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening

Xorazm viloyati Direktorlar kengashi tomonidan "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" mavzusida o’tkazilgan seminar-treningdan video lavha

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt