Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
11.8K subscribers
23K photos
4.65K videos
469 files
10K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Seminar_trening
#Fransuz_tili

Xorijiy tillarni o‘qitish uchun til egalari bo‘lgan mutaxassislarni jalb etish loyihasi doirasida o‘quv-
seminari o‘tkazildi

Bugun poytaxtimizda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Xorijiy tillarni o‘qitish uchun til egalari bo'lgan mutaxassislarni jalb etish loyihasi doirasida fransuz tili o’qituvchilari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev ochib berdi va yurtimizda ta'lim tizimiga qaratilayotgan e'tibor, xorijiy mutaxassislarning faoliyatidan ko’zlangan maqsad va mazkur loyihaning afzalliklari haqida so‘z yuritdi.

⚡️Trening jarayonlarida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining Ta’lim yo‘nalishi bo’yicha attashesi Serj Bellini ham ishtirok etib, qatnashchilarga seminar ishida va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

❗️O
'quv-seminari doirasida:

Xorijiy tillarni o‘qitish uchun til egalari bo‘lgan mutaxassislarni jalb etish loyihasining maqsadi, kutiladigan natijalar va istiqboldagi rejalar,
fransuz tili fanining ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, darsliklari va o‘qitish metodikasi,
O‘zbekistonning o‘ziga xos mentaliteti, madaniyati, milliy urf-odatlar va qadriyatlari mavzularida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.
______
Julia Pauline Carre, Fransiya:

- Menga O'zbekiston va bu yerdagi odamlar katta taassurot qoldirdi. Maktab o'quvchilari va o'qituvchilarining
fransuz tilidagi bilimlari ham yuqori. Men ushbu loyiha doirasida mahalliy o'qituvchilar bilan yelkama-yelka holda O'zbekiston ta'lim tizimi rivojiga hissa qo'shmoqchiman. Bizning ishimiz haqida albatta natijalar gapiradi. O'ylaymanki, birgalikda bir jamoa bo'lib ko'zlagan maqsadlarimizga yetamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram