Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.4K subscribers
21.1K photos
4.38K videos
464 files
9.32K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#Taqdirlash_marosimi

🔴 Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

❗️ Unda O’zbekiston jamoasi 3 ta oltin, 6 ta kumush, 13 ta bronza medalini qo’lga kiritdi.

✔️ Olimpiada 2 bosqichda bo’lib o’tib, unda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Ozarbayjon davlatlaridan kelgan 70 nafar ishtirokchilar o’zaro kuch sinashishdi.

👉 G’olib jamoalar haqida saytimizda o’qing: https://uzedu.uz/uz/news/1094

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_olimpiada
#Taqdirlash_marosimi

⚡️ Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasida o’zbekistonlik o’quvchilar 3 ta oltin, 8 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo’lga kiritishdi.

#Xiva #Fotoreportaj #Xalqaro_kimyo_olimpiadasi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Seminar_trening
#Taqdimot
#Taqdirlash_marosimi

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti bo’lib o’tdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan
Respublika o'quv seminari doirasida o’quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va maktabdan tashqari ta’lim sifatini oshirish yo’nalishida o’quv seminarlari bo’lib o’tdi.

Unda bu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar, yangiliklar haqida so’z bordi. Seminar qizg’in bahs-munozaralarga boy holda o’tib, ishtirokchilarning savol va takliflari tinglandi.

❗️Kunning ikkinchi qismida esa “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti va “Alifbo tartibidagi olam” – “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning yaratilishi haqida qisqa film namoyishi bo’lib o‘tdi.

Taqdimot davomida Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Jonuzoq tomonidan izohli lug’atning yaratilish jarayoni haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

✔️Shundan so’ng, tadbirning taqdirlash marosimi bo'lib o'tib, vazirlikning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlar matbuot kotiblari hamda ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini
taqdirlash marosimi bo’lib o’tmoqda.

❗️
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g’oliblikni qo’lga kiritgan 13 nafar o’quvchimizni taqdirladi.

✔️Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq:

🥇 oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga BHMning 500 baravari (165 mln so‘m), ustoziga 450 baravari (148,5 mln so‘m);
🥈kumush medal uchun — o‘quvchi BHMning 300 baravar miqdori (99 mln so‘m), ustoziga 250 baravar (82,5 mln so‘m),
🥉bronza medal uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

📍 Tadbir davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Taqdirlash_marosimi
#Fotoreportaj

2022/2023-oʻquv yili davomida nufuzli va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini
taqdirlash marosimidan fotoreportaj.
_______

⚡️
Фоторепортаж с церемонии награждения учащихся-победителей престижных и региональных международных предметных олимпиад в 2022/2023 учебном году и их преподавателей.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Taqdirlash_marosimi

Umumta’lim maktablar rahbarligiga nomzod 50 nafar soha mutaxassislariga menejerlik sertifikatlari topshirildi

Avval xabar qilinganidek, Davlatimiz rahbarining 2022-yil
11-maydagi tegishli Farmoniga asosan, umumta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlar – menejerlarni tayyorlash ishlari tajriba-sinov tariqasida olib borilmoqda.

Ushbu o‘quv-kurslarining dastlabki bosqichi joriy yilning 5-27-iyun kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutida o‘tkazildi.

❗️Bugun mazkur institut binosida menejerlik o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan 50 nafar pedagog mutaxassisga menejerlik sertifikatlari topshirildi.

⚡️Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismoilov, mazkur institut xalqaro maslahatchisi Islam Elhadary, xalqaro ekspert Michele Gaddy, vazirlik mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

👉Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1255

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Taqdirlash_marosimi

Yilning eng yaxshi o'zbek tili o'qituvchilari aniqlandi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” Respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodir Xolbo’tayev, vazirlik mas'ullari va butun Respublikadan kelgan ona tili va adabiyot hamda o'zbek tili ustozlari qatnashishdi.

Ma'lumot o‘rnida: mazkur tanlov 3 bosqichda bo'lib o'tdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra eng yuqori ball to‘plagan ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari (har bir o‘ringa 1 nafar ona tili va 1 nafar o‘zbek tili ustozlari) quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanishdi
:

🥇1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 25 mln. so‘m pul mukofoti;
🥈2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok;
🥉3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk.

❗️Shuningdek, 2 nafar ustozga “Ijodkor Ustoz” va “Izlanuvchan Ustoz” nominatsiyalari topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

21-oktabr - O’zbek tili bayrami arafasida “Yilning eng yaxshi o’zbek tili o’qituvchisi” tanlovi g’oliblari aniqlandi.


G’oliblarni taqdirlash marosimidan videolavha.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_bobomiz_214_yoshda
#Taqdirlash_marosimi

❇️ Tadbirning ikkinchi qismida
taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔰 Ogahiy ijod maktabi Xorazm viloyati MMTB va "Xorazm haqiqati" va "Хорезмская правда" gazetalari birlashgan tahririyati bilan hamkorlikda Xorazm viloyati MMTB tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o'qituvchilari hamda o‘quvchilari uchun tanlovning “Ogahiyga ehtirom” she'riyat va "Ogahiy g‘azallarining mohir ijrochisi" taqdimot yo‘nalishi bo‘yicha munosiblar e'tirof qilindi.


🔹 Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilari uchun alohida e'lon qilingan "Ogahiy izdoshlari" nomli tanlovda nazm, publitsistika, grafik dizayn, tasviriy san'at yo‘nalishlarida ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar ham taqdirlandi.

➡️
G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Taqdirlash_marosimi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Abdulla Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti va Koreya Respublikasi elchixonasi huzuridagi Koreya taʼlim markazi hamkorligida tashkil etilgan koreys tili fani o'qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari yakunlandi.

Taqdirlash marosimida vazirlik mas'ullari ham ishtirok etib, qatnashchilarni tabriklashdi hamda sertifikat taqdim etishdi.

Ma'lumot o'rnida: treninglarga respublikaning barcha hududlaridagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan 30 nafar koreys tili o‘qituvchilari qatnashishdi.

❗️
O'quv kurslarini olib borish uchun Koreya Respublikasi tomonidan 10 nafar trener taklif etildi.
__________
⚡️Koreyalik trenerlar tomonidan tayyorlangan videolavhada o'quv seminaridagi jarayonlar yoritildi
.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Fotoreportaj
#taqdirlash_marosimi

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib o'tgan xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalari gʻoliblari va ularning ustozlarini taqdirlash marosimida maktab bo'ylab ekskursiya ham tashkil etildi.

📍 Jarayonlar hamda taqdirlash marosimining eng esda qolarli lahzalaridan fotoreportaj.
___________
👉 Tadbir haqida batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1828

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM