Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
10.4K subscribers
24K photos
4.75K videos
472 files
10.3K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1-4-SINF O'QUVCHILARINI BEPUL TUSHLIK BILAN TA'MINLASH JARAYONI DOIMIY E'TIBORDA

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
#Fotoreportaj

Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha eng yaxshi maktab” tanlovi bo’lib o’tayotgani haqida xabar bergan edik.

Tanlov ishtirokchilari uchun tashkil etilgan tadbirlar doirasida o’quvchilar:

✔️ Politexnika muzeyi,
✔️ Temuriylar tarixi davlat muzeyi,
✔️ “Yangi O’zbekiston” bog’i,
✔️ O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatida bo’lishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
RASMIY MUNOSABAT

Joriy yil 14-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshlig‘i maktab direktorlarini bir necha yildan beri maktab hojatxona va sinfxonalarini o‘z hisoblaridan ta’mirlashga majburlayotgani bayon qilingan xabar tarqatildi.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Joriy yil iyul oyining so‘nggi o‘n kunligida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov tomonidan umumta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi yuzasidan seminarlar o‘tkazildi. Mazkur seminarlar tuman va shahar kesimida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha engi namunali hisoblangan ta’lim muassasalarida o‘tkazilib, seminar davomida mazkur ta’lim muassasasi misolida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilinib, zaruriy tavsiyalar berilgan.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida boshqarma boshlig‘ining ta’lim muassasalari rahbarlariga do‘q urish, majburiy mehnatga undash, viloyat hokimi nomi bilan qo‘rqitish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lib, aksincha, ijobiy natijaga ega bo‘lgan va ta’lim sifati samaradorligi yuqori bo‘lgan maktablar alohida e’tirof etilgan.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt