Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
10.4K subscribers
24.1K photos
4.76K videos
472 files
10.3K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Ikkinchi_ustozlar_milliy_forumi

XORAZMDA IKKINCHI USTOZLAR FORUMI START OLDI

Yangi o'quv yilida maktabgacha va maktab ta'limi tizimida ta'lim-tarbiya sifatini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan ustuvor yo'nalishlarni belgilab olish, Prezident maktablarining ilg'or tajribasini keng joriy etish, xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan o'quv-reja, dastur va o'quv-metodik majmualarni samarali joriy qilish maqsadida Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Sifatli taʼlim - kuchli jamiyat" shiori ostida tizim xodimlari uchun o'quv-seminari hamda treninglar bo‘lib o‘tmoqda.

Ikkinchi ustozlar forumida umumta’lim maktablari o‘qituvchilari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachi metodistlari ishtirok etishmoqda.

Seminar davomida o'qituvchilar o'z yo'nalishlari bo'yicha sho'balarga bo'lingan holda malakali mutaxassislar tomonidan o'tilgan treninglar davomida o'zaro tajriba almashish barobarida yangi bilimlarni ham egallashadi.

👆👆👆 Jarayondan fotoreportaj
Xorazm viloyatidagi barcha maktablarga birinchi sinf o'quvchilari uchun "Prezident sovg'alari" bosqichma-bosqich yetkazilmoqda

2023-yil sentabrida viloyatda 1-sinfga qadam qo‘yuvchi barcha bolajonlarga an’anaga muvofiq Prezident sovg‘asi — o‘quv anjomlari topshiriladi.

1- sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibida 12 turdagi o‘quv qurollari mavjud:

✔️ O‘quvchi sumkasi
✔️ 12 dona daftar
✔️ Rasm daftari
✔️ Akvarel bo‘yoqlari
✔️ Rangli qog‘oz
✔️ Qalamdon
✔️ Sharikli ruchka
✔️ Rangli qalam
✔️ 2 dona oddiy qalam
✔️ Plastilin
✔️ Yelim
✔️ 2 dona o‘chirg‘ich

Bugungi kunda Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi 532 ta umumta’lim maktablariga 39 349 nafar bolajonlar 1-sinfga qabul qilinishi bo'yicha ro'yxatdan o'tgan.

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
BOSHQARMA BOSHLIG‘I OLIS HUDUDLARDA O‘TKAZILGAN O‘QUV SEMINARLARIDA ISHTIROK QILDI

Xabaringiz bor, ayni kunlarda tuman va shaharlarda “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusidagi o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov bugun Tuproqqal'a, Hazorasp va Bog'ot tumanlarida o‘tkazilgan seminarlarda ishtirok qildi.

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt