Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
12K subscribers
22.6K photos
4.59K videos
466 files
9.86K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30- iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigi yo‘llab, faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotladi.

«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxatida o‘quvchilarimiz ham borligi barchamizni quvontiradi.

⚡️Bahrillayev Bahrom Azmiddin o‘g‘li – Sardoba tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi (Sirdaryo viloyati)

⚡️Karimov Javohir Abdukarim o‘g‘li – Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi (Xorazm viloyati)

⚡️Maxmudov Abdullox Alisher o‘g‘li – Uchtepa tumanidagi 81-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi (Toshkent shahri)

⚡️Sadulloyev Anvarbek Oybek o’g’li - Peshku tumanidagi 18-umumiy o’rta ta’lim maktabining 11-sinf o’quvchisi (Buxoro viloyati)

Davlat mukofoti muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!
#qabul_2023
#10_iyulgacha

❗️PREZIDENT MAKTABLARINING BO'SH O'RINLARIGA HAMDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB INTERNATLARIGA QABUL UZAYTIRILDI

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hamda Prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlariga o‘qishga hujjatlar qabuli, ko‘p sonli ota-onalarning talablariga binoan, joriy yilning 10-iyul kuniga qadar uzaytirildi.

- Prezident maktablariga qabul faqat 4-sinfdan 5-sinfga o’tayotgan o’quvchilar uchun 30-iyunda yopiladi. Qolgan bo’sh o’rinlarga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.

- Ijod maktablariga qabul 30-iyunda to’liq yopiladi.

- Ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasiga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

URGANCH TUMAN “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABI TAKLIF QILADI

Urganch tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, chet tillarini chuqur o‘rgatish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag'batlantirish maqsadida qator to‘garaklar tashkil qilib, faoliyat yuritib kelmoqda.
Xususan,

Ingliz tili
Rus tili
Robototexnika
Avtomodel
Milliy kurash
Karate
Qiziqarli matematika
Munchoqli bezak
To‘qish
Yosh biolog
Ona tili va adabiyot
Tasviriy san’at
Bolalar teatri
Mental arifmetika
Oliy ta'lim va maktabga tayyorlov


jami 36 turdagi to'garaklar.

Manzil:
Urganch tuman markazi, Ibni Sino ko‘chasi, 4-uy

Murojaat uchun telefon:
91 426 09 49
97 451 57 50


Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
#jarayon
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#boʻsh_ish_oʻrinlari

🏫Xiva shahridagi Prezident maktabida Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablardagi vakant o'rinlar va yangi tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun test jarayonlari bo'lib o'tmoqda.

📷Test jarayonidan fotolavhalar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Instagram |Facebook| You tube
2023-2024 o‘quv yili uchun Urganch davlat universiteti huzuridagi fizika-matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktabga  qabul boshlandi.

Fizika-matematika va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktabga bu yilgi o‘quv yilida aniq fanlar (texnika va iqtisod) yo'nalishi bo‘yicha umumta’lim maktablarining 7-sinf o‘quvchilari imtihon asosida qabul qilinadi.

Qabul shu yilning 1-iyundan 1-avgustga qadar davom etadi.

Qabul uchun quyidagi hujjatlar topshiriladi:
- Ixtisoslashtirilgan maktab direktori nomiga ariza;
- Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- 3x4 hajmdagi 6 dona fotosurat;
- tabel nusxasi;


Murojaat uchun telefonlar:
+998-90-557-57-67
+998-99-459-55-60
Manzil:     
Urganch shahar 6-son maktabi
#xushxabar

Xalqaro matematika olimpiadasi metodologiyasi asosida tashkil qilingan olimpiadada xorazmlik o‘quvchi bronza medali bilan taqdirlandi

Xitoyning Beyjing(Pekin) shahrida 1-Xalqaro matematika yozgi intelektual oromgohida 25 mamlakat terma jamoalaridan 156 nafar iqtidorli o’quvchilar o’rtasida Xalqaro matematika olimpiadasi metodologiyasi asosida tashkil qilingan olimpiadada O’zbekiston terma jamoasi a’zolari 🥉4 ta bronza va 2 ta faxriy yorliq (honorable mention) bilan taqdirlandi.

Mazkur jamoada Xorazm viloyati Urganch shahridagi 6-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi Bekzod Maqsudovning ishtiroki barchamizni quvontiradi. Bekzod bronza medali sohibi bo‘ldi.

Ushbu yutuq bilan butun Xorazm ahlini, xususan, ushbu maktab jamoasini samimiy muborakbod etamiz.

Endi terma jamoa a’zolari, joriy yil 6-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida o’tkaziladigan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida(IMO) ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram
#Tavsiya

▪️ Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi yozgi ta'til kunlari oʻquvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli va maroqli o'tkazishlarini ta’minlash uchun multfilmlar ketma-ketligini e'lon qiladi!

Multfilmlar bilan quyida tanishishingiz mumkin!
1. “Qiziqarli matematika”;
2. “Charxpalak”;
3. “Super kitob”;
4. “Avtosarguzashtlar”;
5. “Aqltoyning sarguzashtlari”;
6. “Jajji pari”;
7. "Qari bilganni pari bilmas";
8. "Rustam va Said";
9. "Quyosh yurti pahlavoni"(no‘xatpolvon);
10. "Gʻildirakli uy";
11. "Quvvat";
12. “Dovyurak oshpaz”;
13. "To‘g‘rivoy va Egrivoy".
14. "Afandi va laqma boy"
☝️Yozni biz bilan maroqli oʻtkazing!

©️Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site ✈️Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
TARIX FANIDAN KASBIY QAYTA TAYYORLASH KURSIDA TAHSIL OLISHINGIZ MUMKIN❗️

DIQQAT!
DIQQAT! DIQQAT!

💬 Navbatdagi qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risida. Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi TARIX fani o‘qituvchisi huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursini e’lon qiladi 👇🏻

➡️ Oliy ma’lumotli quyidagi mutaxassislar:

- Huquqshunoslik
- Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari fani o'qituvchisi
- Geografiya o'qituvchisi


➡️Bakalavr va magistrlar:
✔️ Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi
✔️Geografiya o'qituvchisi
✔️ Geografiya
o'qitish metodikasi



⚠️ Bizning manzil: Urganch shahar, Ulug'bek ko‘chasi 15-uy.
📞Murojaat uchun telefonlar: (93) 745-15-11
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talablarga binoan kitoblarimiz haqida batafsil #video_tanishtiruv tayyorladik!

Kitoblarimiz asosan 3 turga bo‘linadi:

1️⃣ Al Xorazmiy maktabi imtihoni va Prezident maktabi imtihonining 1-bosqichiga tayyorgarlik;

2️⃣ Olimpiadalarga tayyorgarlik;

3️⃣ Prezident maktabi imtihonining asosiy bosqichiga tayyorgarlik;

📹 Innovatsion kitoblarimizda har bir test yakunida nafaqat javoblarini, maxsus QR kod orqali video yechimlari bilan ham tanishishingiz mumkin. Video yechimlar ultra yuqori sifatda (4K formatida) yozilgan.

🔖 O‘quv markazlar va xususiy maktablar uchun chegirmalar mavjud.

Chegirma va narxlar bo‘yicha ma'lumot olish: ➡️ @khiso_lc_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Fotoreportaj

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi jarayonidan fotoreportaj.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram