Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
10.4K subscribers
24.1K photos
4.76K videos
472 files
10.3K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Photo
O‘QUVCHILARI XALQARO OLIMPIADADA YUQORI NATIJAGA ERISHGAN USTOZLAR MUNOSIB RAG‘BATLANTIRILDI

Bugun Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi hamda 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari – sog‘lom hayot tarafdori!” shiori ostida ommaviy sport turlari bo‘yicha “IV-Yosh xodimlar spartakiadasi” o‘tkazildi.

Tadbirning ochilish marosimida o‘quvchilari xalqaro olimpiadalarda yuqori natija ko‘rsatgan bir qator o‘qituvchilar rag‘batlantirildi.

Xususan, Yangiariq tumani 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi Farrux Boltayev, Hazorasp tumanidagi “To‘lqin FM” nodavlat ta’lim muassasasi matematika fani o‘qituvchisi Sayyora Saidova, Urganch tumani 45-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining kimyo fani o‘qituvchisi Zevarjon Rajabova, Gurlan tumani tumani 6-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Aydin Xasanova, Urganch shahar 6-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining matematika fani o‘qituvchisi Farxod Mavlanovlar faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2023-yilning 25-iyun kuni Xorazm televideniyasining "Assalom, Xorazm!" teledasturida Urganch shahridagi "Umid" bolalar sog'lomlashtirish oromgohi faoliyati haqida keng qamrovli lavha namoyish etildi.

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
26-IYUN___ Музыка
<unknown>
#Xorazm_radiosi

"NAJOT BILIMDA"

26. 06. 2023-y

📻 Eshittirishda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida Xorazm viloyatida faoliyati yo'lga qo'yilgan va yangi tashkil etiladigan maktablarga 2023-2024-o'quv yili uchun qabul jarayonlari haqida so'z yuritiladi.

🎙 Suhbatdosh maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Abdullayev.
Hurmatli ota-onalar!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi PF-270-sonli Farmoniga muvofiq, yurtimizda "Qurbon xayiti" bayrami nishonlanishi munosabati bilan, joriy yilning 28-iyundan 2-iyulgacha barcha tashkilotlar kabi umumtaʼlim maktablarida ham dam olish kunlari etib belgilandi.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 28-iyunidan
2-iyuliga qadar 5 kun davomida
my.maktab.uz elektron platformasi orqali umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga qabul qilish bo‘yicha, onlayn ariza topshirish jarayoni vaqtinchalik to‘xtatilishini eʼlon qilamiz.

📍 3-iyul, dushanba kunidan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali onlayn ariza topshirishingiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, 28-iyunga qadar ro'yxatdan o'tgan arizalarga 3-iyuldan boshlab javob beriladi.


Уважаемые родители!

🇺🇿 В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан № ПФ-270 от 23 декабря 2022 года, в связи с празднованием в нашей стране праздника «Курбан Хаит» были установлены праздничные дни с 28 июня по 2 июля текущего года в общеобразовательных школах, как и во всех организациях, установлены выходные дни.

На основе вышесказанного Указа, процесс онлайн подачи заявлений на прием в 1 класс общеобразовательных школ через электронную платформу my.maktab.uz будет временно приостановлен на 5 дней, с 28 июня до 2 июля.

📍 С понедельника, 3 июля текущего года, вы можете подать заявку онлайн через электронную платформу my.maktab.uz.

Напомним, что на заявки, зарегистрированные до 28 июня, ответят с 3 июля.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz vatandoshlar!

Sizni bugungi bayram - Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.

Ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar, tinchlik-xotirjamlik va shaxsiy faoliyatingizda rivoj tilaymiz!

Yurtimiz tinch, xalqimiz hamisha birdam bo’lsin!

Hurmat bilan,
Maktabgacha va maktab ta’limi jamoasi


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Bugun marafonning toʻrtinchi kuni!

Bugun
29-iyun kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha fizika va informatika fanlaridan khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida bo‘lib o‘tadi.

Marafonning o‘tkazilish va g‘oliblarning aniqlanish tartibi: ➡️ BATAFSIL

🎁 G‘oliblar Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida nashr etilgan "Mantiqiy matematika" (1 va 2) kitoblari bilan taqdirlanadi!

Ro‘yxatdan o‘tish: ➡️ @khiso_uz_bot

❗️Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo bepul!

❗️Eslatib oʻtamiz, ertaga marafonning soʻnggi kunida matematika fanidan olimpiadalar oʻtkaziladi.

💡Platformadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishni unutmang.

Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: 👉 @khiso
#Tavsiya

⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️⌨️

⚠️ Bolalarga yozgi ta’tilda o‘qish uchun 10 ta kitob — Respublika bolalar kutubxonasi mutaxassisi tavsiyasi. Batafsil...📚

1.“Peshonasiga televizor yopishgan bolaning sarguzashtlari” - Xudoyberdi To‘xtaboyev

2.“Buvamning oshqozonidagi mamlakat” - Qobiljon Shermatov

3.“Dahshatli Meshpolvon” - Anvar Obidjon

4.“Koinot javohiri” - Sa’dulla Quronov

5.“Bolalarga muhim narsa haqida” ("Детям о важном")- Natalya Remish

6.“Kel, do‘st bo‘lamiz! Bolani do‘st orttirishga qanday o‘rgatish mumkin?” - Xilari Pereyra

7.“Zumrad shahar parisi” ("Фея изумрудного города") - Sergey Suxinin

8.“Ahamiyatga egasan” - Kortni Makavinta va Andrea Vander Playm

9.“Kumush qashqa” - Artur Konan Doyl

10.“Tom Soyerning boshdan kechirganlari” - Adib Mark Tven

➡️ Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
GANDBOLCHI QIZLARIMIZ GONKONGGA YO‘L OLISHDI

Joriy yilning 30-iyun – 9-iyul kunlari Gonkongda 20 yoshgacha bo‘lgan (U-20) qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha XVII - Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda 10 ta terma jamoa chempionlik  uchun bellashadi.

Qit’amizning ushbu nufuzli musobaqasida Urganch tumani 19-son maktab o‘quvchilari bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Mamlakatimiz gandbolchi qizlari guruh bosqichida Hindiston, Eron, Xitoy va Xitoy Taypeyi terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Ayni damda, gandbolchi qizlarimiz chempionat joyiga jo‘nab ketishgan. E’tiborlisi, ular safida SO‘TEAISM shug‘ullanuvchilari Sevinch Erkaboyeva, Zulayho Marimboyeva, Maftuna Xolmetova va So‘najon Sharifboyevalar ham bor.

Terma jamoaga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
Prezident maktablarida amaliyot o‘tab, dunyo miqyosidagi pedagog bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

💥 “Yangi O‘zbekiston” universitetida 2023/2024 o‘quv yili uchun Pedagogika yo‘nalishiga o‘qishga hujjatlar qabuli davom etmoqda!

Ushbu yo‘nalish talabalari Prezident maktablarida faoliyat olib borayotgan salohiyatli xorijiy pedagoglarga biriktirilib, ilg‘or tajribaga ega bo‘lishadi.

🎗Bitiruvchilar STEM fanlaridan pedagog-o‘qituvchi va turli ta'lim beruvchi tashkilotlarda mutaxassis va rahbarlik lavozimlarida ishlashlari mumkin.

☑️ Kvota soni: 50 ta
Grantlar soni:
🔹Eng yuqori bal to‘plagan 5 nafar talabaga 100%;
🔹undan keyingi 5 nafar talabaga 70%;
🔹keyingi 8 nafar talabaga 50% bir yillik grant ajratiladi.

❗️Ushbu grantlar soni talabgorlar bir xil bal to'plaganda oshishi mumkin.

📌 Bundan tashqari, xalqaro matematika olimpiadasi, Prezident maktabi bitiruvchilari, Ixtisoslashtirilgan maktablardan qabul qilingan 5% talabalar hamda Ijtimoiy himoya yagona reestriga kirgan oila a’zolariga 4 yillik 100% grant ajratiladi.

📩 O‘qishga ariza topshirish: https://newuu.uz/uz/admission/agreement?type=admission_form

🔁 English

#qabul_2023 #pedagogika

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Tabriknoma

Aziz yoshlar!
Qadrli ertamiz egalari!

Sizni 30-iyun Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz.

Siz bizning ertamiz va ishonchimizsiz. Zero, mamlakatimizning porloq kelajagi sizning qo’llaringiz bilan bunyod etiladi.

Oldingizga qo’ygan maqsadlaringizda zafar hamisha hamrohingiz bo’lishini tilaymiz.

Yo'lingiz doimo ochiq, iqbolingiz porloq bo'lsin, aziz yoshlar!

Hurmat bilan,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Tabriklaymiz
#Faxrimiz
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

KITOBXON O‘QUVCHI "MARD O‘G‘LON" MUKOFOTINI QO‘LGA KIRITDI

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi, 2021-yil Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan "Yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovi respublika bosqichida 3-o‘rin sohibi bo'lgan

🌟 JAVOHIR KARIMOV

📄Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan 🎖"Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

👏 Ushbu yutuq bilan Javohirni, uni tarbiya qilgan ota-onasini, ijod maktabining barcha ustoz-pedagoglarini tabriklaymiz.‌‌
Ishonamizki, Javohir bundan ham katta muvaffaqiyatlarga erishadi. Vatanimiz uchun, uning gullab-yashnashi, jahon miqyosidagi yuksalishiga munosib hissasini qo'shadi.

Ilm o'rganishida, maqsadlari sari dadil qadam tashlashida omad yor bo'laversin!

🌐
Telegram | Facebook
Bugun marafonning soʻnggi kuni!

Bugun
30-iyun kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha matematika fanidan khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida bo‘lib o‘tadi.

Marafonning o‘tkazilish va g‘oliblarning aniqlanish tartibi: ➡️ BATAFSIL

🎁 G‘oliblar Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida nashr etilgan "Mantiqiy matematika" (1 va 2) kitoblari bilan taqdirlanadi!

Ro‘yxatdan o‘tish: ➡️ @khiso_uz_bot

❗️Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo bepul!

💡Platformadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishni unutmang.

Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: 👉 @khiso
Ўзбекистон ёшларига байрам табриги

Праздничное поздравление молодежи Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter