Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.33K subscribers
20.9K photos
4.34K videos
464 files
9.23K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#Yaponiya
#Hazorasp_IM

O’QUVCHIMIZ YAPONIYANING “SAKURA SCIENCE HIGH SCHOOL PROGRAM” DASTURIDA ISHTIROK ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablardan jami 5 nafar o’quvchi ayni damda Yaponiya davlatida bo’lib turishibdi.

Ular orasida Xorazm viloyati Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o'quvchisi Rajabov Dilshod ham bor.

O’quvchilar Sakura Science High School Program ( SSHP) da qatnashishmoqda.

📌Mazkur dasturdan ko’zlangan maqsad yuqori sinf o‘quvchisi bo‘lgan xorijiy mamlakatlar fuqarolarini Yaponiyaning fan va texnologik yutuqlari, kunchiqar mamlakat madaniyati va jamiyati bilan yaqindan tanishtirishdir.

❗️Dastur Yaponiya fan va texnologiyalar agentligi tomonidan 2023-yilning 5-11-noyabr kunlari o’tkazilmoqda; unda o’zbekistonlik o’quvchilar ishtiroki O’zbekistonning Tokiodagi elchixonasi ko’magida tashkil etildi.

Telegram/Youtube/Facebook/Instagram/Web-sayt
#Xalqaro_hamkorlik

Yurtimizda pedagog kadrlar malakasini oshirish, baholash, ta’limda zamonaviy boshqaruv va inklyuziv ta’lim kabi yo‘nalishlarda
xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari “O‘zbekistonda Finlyandiya ta’lim tizimini rivojlantirish (FIESDU)” loyihasi doirasida mazkur davlat tajribasini o‘rganmoqda. 

🔴 Ayni vaqtda Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Vazirlik mutaxassislari bir hafta davomida ushbu mamlakat ta’lim tizimi, ta’lim tashkilotlarida boshqaruv, baholash, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va inklyuziv ta’lim kabi yo‘nalishlarda
hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinadi.

Dastavval delegatsiya a'zolari Agentlikda bo‘lib, loyiha maqsadi va hamkorlik rejalari, strategiyasini muhokama qilishdi.

Bugun kun davomida delegatsiya a’zolari Xelsinki shahrida joylashgan "YUNISEF Ta’limda innovatsiyalar markazi" (UNICEF Learning Innovation Hub) ga tashrif buyurib, raqamli ta’lim texnologiyalarning O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqida fikr almashishdi.

Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1363

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun poytaxtimizda “Muvaffaqiyatli islohotlar – yuqori natijalar” mavzusidagi
xalqaro konferensiyasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Unda xorijiy va mahalliy ekspertlar ishtirok etishdi va ta’lim sifatini oshirish bo’yicha xalqaro tajriba haqida so’z yuritishdi.

Dastlab “Marshal Cavendish Education” eksperti Charles Chyu zamonaviy metodikalar, maktablarda ta’lim muhitini yaxshilash haqida taqdimot qildi.

✔️Konferensiya singapurlik ekspert Attaju Kanan Ramdasning ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish haqidagi taqdimoti bilan davom etdi.

Mazkur tadbirda mamlakatimizdagi 100 nafardan ortiq tanlangan tajribali maktab direktorlari hamda 300 nafarga yaqin ustozlar hamda metodistlari ishtirok etishmoqda.

Ma’lumot o’rnida: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Singapurning “Marshall Cavendish Education” tashkiloti bilan maktab direktorlari va o‘qituvchilar malakasini oshirish, maktablar o‘quv dasturini takomillashtirish hamda unga raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

🔴 Konferensiya davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#Koreya
#xorijiy_OAVda

🔴 Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi hududiy bo‘linmalar rahbarlari va vazirlik markaziy apparati xodimlari ishtirokidagi delegatsiya  Janubiy Koreya Respublikasida malaka oshirib qaytishdi.

🔹Ushbu ta'lim safari tafsilotlari xorijiy OAV larda ham e’lon qilindi👇

https://m.thesegye.com/news/view/1065614322440578

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
#Xalqaro_hamkorlik
#Kasbiy_rivojlanish

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va
xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari Buyuk Britaniyada malaka oshirishayotgani haqida xabar bergan edik.

📍Delegatsiya vakillari dastur davomida Cambridge Assessment International Education tashkiloti imtihonlarini ishlab chiqish bilan shug'ullаnuvchi Cambridge University and Assessment DC10 tashkilotida bo'lishdi.

👉
Unda tashkilot tomonidan dunyoning ko’plab mamlakatlarida tashkil etiladigan xalqaro imtihonlarning:

✔️tashkil etilish jarayonlari,
✔️imtihon materiallarining chop etilishi, saqlanishi,
✔️mazkur imtihon materiallarining xorijiy mamlakatlarga yetkazilishi jarayonlari bilan tanishishdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM