Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab
610 subscribers
6.53K photos
668 videos
9 files
2.62K links
Download Telegram
#Memorandum
#Xiva_shahar_2_son_IM


📢 Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog’ini kengasytirish to‘g’risida 2022-yil 14-apreldagi PF-106 –son farmonida belgilangan 10-11- sinf o‘quvchilarini yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg’ulotlar o‘tkazish tartibini joriy etish maqsadida Xiva shahar 2-son Ixtisoslashtirilgan maktab 10-,11-sinf "IQTISODIYOT" yo'nalishiga qiziquvchan o'quvchilari Xiva shahridagi "MIKROKREDITBANK" Xiva filialiga tashrif buyurishdi.

- Bankning direktor o'rinbosari M.Bekzod o'quvchilarga bankdagi barcha mavjud bo'lgan ish o'rinlari va bankning o'zi qanday tashkil topganini va uning faoliyati bilan mavjud bo'ladigan jarayonlarni tanishtirib o'tdilar.

- O'quvchilarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va bankda mavjud bo'lgan ish o'rinlari bilan tanishdilar.

❤️Telegram            🌐 Facebook
🌐 Youtube             🌐 Instagram
#hamkorlik
#memorandum

HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov tomonidan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tomonlar hamkorlikda tabiiy fanlar sohasida ta’lim sifatini yanada oshirish, oʻquv jarayonini ishlab chiqarish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash, shuningdek, farmatsevtika va hayot fanlari mutaxassisliklariga kasbiy yoʻnaltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar rejasini belgiladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur memorandum ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari orasida ingliz tilida tabiiy fanlar yoʻnalishida mini-olimpiadalar tashkil qilish va iqtidorli yoshlarga xalqaro oliy ta’limda tahsil olish uchun imkoniyatlar yaratishni koʻzda tutadi.

Shuningdek, bakalavr bosqichidagi xalqaro ta’lim va ta’lim grantlari haqida ma’lumotlar almashuvini tashkil qilish, oʻquvchilarning ilm-fan va kelajak kasblarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube