Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab
607 subscribers
6.55K photos
669 videos
9 files
2.63K links
Download Telegram
🔴 #Live
#Agentlik_olimpiadasi

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o'rtasida o‘tkazilayotgan  Agentlik fan olimpiadasining Хorazm viloyati hududiy bosqichi start oldi.

Jarayonlarni online  kuzatib borishingiz mumkin.

Olimpiada jarayonini Facebook sahifalarida kuzating

👉Facebook

Ayni daqiqalarda Urganch shahar 1-IMI da o‘quvchilar belgilangan fanlardan yozma ish bajarmoqdalar
🔴 #Live

Ayni daqiqalarda Urganch shahridagi IT Parkda Informatika fanidan 5-6-7-sinf o‘quvchilari yozma ish bajarmoqdalar.

Natijalarni quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin:

5-sinf

6-sinf

7-sinf

Смотрите "Ixtisoslashtirilgan ta'lim muasasalari agentligining Informatika fani olimpiadasi 5-7 sinf (Xorazm)" на YouTube
https://www.youtube.com/live/rJcHgBw7I-k?feature=share
#Agentlik_olimpiadasi
#Respublika_bosqichi
#1_kun
#Live

🔴 XORAZM VILOYATIDA JARAYONLAR URGANCH SHAHAR 1-IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATIDA BO‘LIB O‘TMOQDA

Onlayn kuzating:

Смотрите "STEM olimpiadasi Urganch" на YouTube
https://www.youtube.com/live/KticMKf7ESg?feature=share
#Xorazm
#Test
#Live

🔴 Bugun, 30-iyul kuniga rejalashtirilgan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari va Ogahiy ijod maktabiga kirish imtihonlari Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida boshlanish arafasida. 

🔲 Test jarayonlari yuqori saviyada, adolatli va shaffof tarzda o'tkazilishi uchun barcha zarur choralar va shart-sharoitlar ta'minlangan.

🔺30-iyul kuni  jarayonlar 1 ta smenada tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati
#live

Ayni vaqtda Xalqaro press klubда Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari ishtirokida "2023/2024-o'quv yili: sharoit, imkoniyat va rejalar" mavzusida jonli muloqot tashkil etilmoqda!

🖥 Jonli efirni "O'zbekiston 24", "UzReport" va "Renessans" telekanallari orqali to'g'ridan to'g'ri tomosha qilishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#live

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ta’lim muassasalarining zamonaviy boshqaruv shakli bo‘lgan “Direktorlar kengashi” a’zolari uchun seminar-trening tadbiri bo’lib o’tmoqda.

Tadbirda xorazmlik 9 nafar ta'lim sohasi xodimlari ham ishtirok qilmoqda.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#live

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ta’lim muassasalarining zamonaviy boshqaruv shakli bo‘lgan “Direktorlar kengashi” a’zolari uchun seminar-trening tadbiri bo’lib o’tmoqda.

Tadbirda xorazmlik 9 nafar ta'lim sohasi xodimlari ham ishtirok qilmoqda.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#Live

🔴 O‘qituvchilar uchun malaka toifa sinovlari faollik bilan o‘tkazilmoqda


Eslatib o‘tamiz, joriy yil 15-16-aprel kunlari informatika, qolgan fanlardan esa reja grafigiga asosan o‘tkazilishi belgilangan.
___

❗️Fotolavhalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Sirdaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Namangan, Toshkent viloyatlari va poytaxtimizdagi jarayonlar aks etgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#live

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Yangi O‘zbekiston” universitetida dunyoning 1-raqamli oliygohi – Massachusetts texnologiya instituti tomonidan “Tajriba o‘tkazish, baholash va amaliyotga joriy etish” nomli mahorat darslariga start berildi.

Ayni damda tadbirning ochilish marosimi bo’lib o’tmoqda.

👉Mahorat darslarini jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❇️ Ayni damda Xorazm viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Maʼlumot uchun, ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari
Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
5 — 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq;
8 — 11-sinflar uchun algebradan 12 ta topshiriq, geometriyadan 8 ta topshiriq, fizikadan 10 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.

Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
7-sinflar uchun tabiiy (science) fanidan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq;
8 — 11-sinflar uchun biologiyadan 10 ta topshiriq, kimyodan 20 ta topshiriq, ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
#live
#Xorazm
#new_uzbekistan

Yangi O‘zbekiston” universitetiga qabul imtihoni boshlandi!

Universitetga 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat bosqichiga o‘qishga hujjat topshirgan talabalarni saralash imtihoni yurtimizning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Xorazm viloyatidan hujjat 102 nafar abituriyentlar test imtihonlarini Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida topshirmoqdalar.

🕰 Test sinovlari 15:30 da boshlandi va 17:30 da tugaydi.

‼️ O‘n uchta hududda o‘tkazilayotgan imtihonlarni jonli tarzda kuzatish: https://test2024.uz/

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

XORAZMDA "UCHINCHI USTOZLAR MILLIY FORUMI"NING SHO'BA MASHG'ULOTLARIGA START BERILDI

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati


Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
#xalqaro_hamkorlik_tashabbuslar_haftaligi
#live

🔴
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaning “Yangi Oʻzbekistonda taʼlim tizimini transformatsiya qilish va taʼlim sifatini oshirish” mavzusidagi panel sessiyasidagi nutqidan:

"Barchamizga yaxshi ma’lum, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham, bu ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir.

Shu ma’noda “Yangi O‘zbekistonning 2030-yilgacha taraqqiyot strategiyasi”da ta’limni rivojlantirish birinchi o‘rindagi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasiga ta’lim olish huquqi va pedagog maqomi yuzasidan alohida normalar kiritildi.

O‘zbekiston zamini ikki buyuk uyg‘onish davri – Renessansga beshik bo‘lganligini alohida ta’kidlab, Al-Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod kabi buyuk daholar yetishib chiqqanligini aytib o‘tmoqchiman.

Ta’limni rivojlantirish aholisining 60 foizdan ortig‘i yoshlardan, 11 millioni bolalar va o‘smirlardan iborat bo‘lgan O‘zbekiston uchun shubhasiz, strategik masaladir. Albatta, bu demografik dividend bir tomondan mamlakat uchun katta chaqiriq bo‘lsa, ikkinchi jihatdan katta imkoniyatdir.

Shu jihatdan Uchinchi Renessans poydevorini yaratish, Vatanimizning taqdiri va kelajagi bo‘lgan, zamon bilan hamnafas yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilganmiz. Bu borada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda sizlar bilan samarali hamkorlikni davom ettiramiz, degan umiddaman."

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik_tashabbuslar_haftaligi
#live

🔴 "Emirates National Schools" tashkiloti bosh direktori Axmad al-Bastakining “Yangi Oʻzbekistonda taʼlim tizimini transformatsiya qilish va taʼlim sifatini oshirish” mavzusidagi panel sessiyasidagi nutqidan:

"Birlashgan Arab Amirliklari hukumati ta’lim rivojlanishini o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan. Biz O‘zbekiston bilan barcha sohalarda, ayniqsa ta’lim sohasida aloqalarni mustahkamlashga intilmoqdamiz.

Biz ta’limni yoshlarimiz uchun porloq kelajakni qurishning asosi, deb bilamiz va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik bu maqsadga erishishda muhim rol o‘ynaydi, deb ishonamiz."

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik_tashabbuslar_haftaligi
#live

🔴 Myunxen texnika universiteti professori Volfgang Herrmanning “Yangi Oʻzbekistonda taʼlim tizimini transformatsiya qilish va taʼlim sifatini oshirish” mavzusidagi panel sessiyasidagi nutqidan:

"O‘zbekiston ta’lim taraqqiyoti yo‘lida noyob qadam qo‘ydi. U so‘nggi yillarda ushbu yo‘lda jadal harakat qilayotgan mamlakatlardan biri hisoblanadi.

Bu yerda maktab va oliy ta’limni rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezident maktablari tajribasi hamda o‘zim faxriy Prezidenti hisoblangan Yangi O‘zbekiston universiteti bu boradagi ko‘zga ko‘rinarli tashabbuslardan biridir.

Bugungi panel sessiyada keltirib o‘tilgan hamda O‘zbekistondagi ta’lim islohotlariga doir fikrlar, men o‘ylaymanki, kelajagani ta’lim rivoji bilan bog‘lagan yurt uchun muhim ahamiyatga egadir."

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM