Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab
607 subscribers
6.55K photos
669 videos
9 files
2.63K links
Download Telegram
#Bugun

27-mart - Xalqaro teatr kuni

Inson ma’naviyatini tarbiyalashda teatr san’atining o’rni beqiyos.

🔹 27-mart - Xalqaro teatr kuni 1961-yilda YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida bolib otgan IX kongressida ta’sis etilgan edi.

🔹 Hozirgi kunda jahonning 100 dan ziyod mamlakatlarida 27-mart kuni teatr sanati xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

15-aprel – Butunjahon san'at kuni


🎨 Butunjahon san'at kuni har yili 15-aprelda o'tkaziladigan xalqaro tasviriy san'at bayramidir. Bayram 2012-yildan beri nishonlanadi.
Butunjahon san'at kuni Xalqaro san'at assotsiatsiyasi tomonidan yaratilgan. Bu g‘oya Gvadalaxarada bo‘lib o‘tgan 17-Bosh assambleyada taklif qilingan va qo‘mita uni bir ovozdan ma’qullagan. Bayram sanasi buyuk italiyalik rassom, haykaltarosh, yozuvchi, mutafakkir, faylasuf, matematik va ilmiy novator Leonardo da Vinchining tug'ilgan kuni bo'ldi.

Butunjahon san'at kuni san'atning azaldan dunyoga olib kelgan qadriyatlarini targ'ib qilishga qaratilgan.

https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bugun

3-may – Butunjahon matbuot erkinligi kuni

💬 Butun dunyoda har yili 3-may kuni Butunjahon matbuot erkinligi kuni nishonlanadi. Bu kun 1993-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan matbuot erkinligi va jurnalistlar huquqlarini himoya qilish muhimligiga e'tibor qaratish maqsadida ta'sis etilgan.

💭Matbuot erkinligi ilm-fan, madaniyat va iqtisodiyot rivojiga ham xizmat qiladi. Biroq, ayrim mamlakatlarda matbuot erkinligi hukumat yoki boshqa tashkilotlar tomonidan cheklanadi. Jurnalistlar o'z ishi uchun senzura va ta'qiblarga duch kelishadi.

▫️Shu kuni biz matbuot erkinligi uchun kurashayotganlarni va uning yo‘qligidan aziyat chekayotganlarni yodga olishimiz kerak.‌‌

https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

5-avgust - Oʻzbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tug‘ilgan kun. (1941-2013)

1️⃣ Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da berma, qo‘lingdan keladigan ishga ham va’da berma. Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da bersang, uyatga qolasan, qo‘lingdan keladigan ishni esa va’da bermasdan ham bajarsa bo‘laveradi.

2️⃣ Umuman, odamning aqli doim kechikib kiradi. Biz hamma narsaning qadrini o'zi yo'qolganidan keyin bilamiz. Hatto bir-birimizning qadrimizni ham.

3️⃣ Ish ko‘pligi-yu, vaqt yo‘qligidan nolimang! Vaqt ko‘pligi-yu, ish yo‘qligidan qo‘rqing. Odamni abgor qiladigan narsa bu–bekorchilik!

4️⃣ Keksalarni uzoq umr ko'rganligi uchungina emas, hayot sinovlariga uzoq bardosh bergani uchun ham hurmat qilmoq kerak.

5️⃣ Daraxt bir joyda ko'karadi,deyishadi. To'ppa-to'g'ri, bu gap daraxtlarga juda mos tushadi. Odamlarga emas!

© O‘.Hoshimov

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi qabul qilingan kun

1991-yil 31-avgust - Toshkentda Respublika Oliy Kengashining Navbatdan tashqari VI sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Oliy Kengashning respublika davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonoti qabul qilindi. Tegishli qarorga muvofiq O‘zbekiston SSR O‘zbekiston Respublikasi deb qayta nomlandi. 1-sentyabr - Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi.

🌐
Telegram | Facebook