Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab
735 subscribers
6.68K photos
685 videos
9 files
2.67K links
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bugun

3-may – Butunjahon matbuot erkinligi kuni

💬 Butun dunyoda har yili 3-may kuni Butunjahon matbuot erkinligi kuni nishonlanadi. Bu kun 1993-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan matbuot erkinligi va jurnalistlar huquqlarini himoya qilish muhimligiga e'tibor qaratish maqsadida ta'sis etilgan.

💭Matbuot erkinligi ilm-fan, madaniyat va iqtisodiyot rivojiga ham xizmat qiladi. Biroq, ayrim mamlakatlarda matbuot erkinligi hukumat yoki boshqa tashkilotlar tomonidan cheklanadi. Jurnalistlar o'z ishi uchun senzura va ta'qiblarga duch kelishadi.

▫️Shu kuni biz matbuot erkinligi uchun kurashayotganlarni va uning yo‘qligidan aziyat chekayotganlarni yodga olishimiz kerak.‌‌

https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

5-avgust - Oʻzbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov tug‘ilgan kun. (1941-2013)

1️⃣ Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da berma, qo‘lingdan keladigan ishga ham va’da berma. Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da bersang, uyatga qolasan, qo‘lingdan keladigan ishni esa va’da bermasdan ham bajarsa bo‘laveradi.

2️⃣ Umuman, odamning aqli doim kechikib kiradi. Biz hamma narsaning qadrini o'zi yo'qolganidan keyin bilamiz. Hatto bir-birimizning qadrimizni ham.

3️⃣ Ish ko‘pligi-yu, vaqt yo‘qligidan nolimang! Vaqt ko‘pligi-yu, ish yo‘qligidan qo‘rqing. Odamni abgor qiladigan narsa bu–bekorchilik!

4️⃣ Keksalarni uzoq umr ko'rganligi uchungina emas, hayot sinovlariga uzoq bardosh bergani uchun ham hurmat qilmoq kerak.

5️⃣ Daraxt bir joyda ko'karadi,deyishadi. To'ppa-to'g'ri, bu gap daraxtlarga juda mos tushadi. Odamlarga emas!

© O‘.Hoshimov

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi qabul qilingan kun

1991-yil 31-avgust - Toshkentda Respublika Oliy Kengashining Navbatdan tashqari VI sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilindi. Oliy Kengashning respublika davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonoti qabul qilindi. Tegishli qarorga muvofiq O‘zbekiston SSR O‘zbekiston Respublikasi deb qayta nomlandi. 1-sentyabr - Mustaqillik kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi.

🌐
Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bugun

AQSH 🇺🇸 11-sentabr 2001-yil voqealari:

Dunyoni dahshatga solgan 2001-yil 11-sentabr. XXI asrdagi yirik qo‘poruvchilik harakatlarining “bosh toji” bo‘lgan teraktga 23 yil to‘ldi. Jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar terror balosi nimaligi va uning insoniyatga bo‘lgan xavfini anglab yetishiga katta turtki bo‘lgan ushbu voqea oradan 23 yil o‘tsa ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. 

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

🌎 27-sentabr - Butunjahon Turizm kuni

⚡️ Ushbu sana BMTning Xalqaro turizm tashkiloti – UNWTO tomonidan ilk bor 1979-yilda Ispaniyaning Torremolinos shahrida ta'sis etilgan. Shundan beri har yili 27-sentabr butun dunyoda Xalqaro turizm kuni sifatida keng nishonlanadi.

Ushbu sanani ta'sis etish va nishonlashdan maqsad turizmni global miqyosda targ'ib qilish, uning iqtisodiyotdagi o'rni va ahamiyatini dunyo hamjamiyatiga yetkazish, xalqlar o'rtasidagi do'stona aloqalarni mustahkamlashdir.

🌐 Telegram | Facebook