Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab
610 subscribers
6.53K photos
668 videos
9 files
2.62K links
Download Telegram
#oʻquv_trening
#ikkinchi_kun

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.

📝 Trening ishtirokchilariga shoʻbalarga boʻlingan holda mutaxassislar tomonidan:
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarda joriy etilgan baholash tizimi, BSB hamda ChSB tahlillari;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar faoliyatini samarali tashkil etish;
Oʻquv rejalari va tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish;
Elektron jurnal yuritilish;
Byudjet intizomi;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda xoʻjalik faoliyati;
Fuqaro murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi va pochtadan samarali foydalanish kabi mavzularda oʻquv-treninglari olib borilmoqda.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Teatr_ibratxonadir
#ikkinchi_kun

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasidagi “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali davom etmoqda.

Poytaxtimizdagi Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri va Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri mezbonlik qilayotgan mazkur tadbir mehmonlar bilan gavjum.

Sahnalarda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari namoyish etayotgan spektakllar, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirmoqda.

“Bobur sog‘inchi”, “Padarkush”, “Bebaho xazina”, “O‘zbekiston buyuk daholar yurti”, “Turkiston bolalari”, “Ziyvar” “Tanho qayiq”, Turkiston”, “Ibrat hayoti”, “Sharq ayoli”, “Zamonning singan oynasi yoki o‘zimizning Qirol Lir" kabi spektakllarda yoshlarimizning ijro mahorati, bilim salohiyati, ijodiy qobiliyatlari yaqqol koʻzga tashlanadi.

Festival doirasida ishtirokchilarning Adiblar xiyoboniga sayohati tashkil qilindi. Shuningdek, “Shon-sharaf” davlat muzeyi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ekskursiya rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Teatr_ibratxonadir
#ikkinchi_kun

🔸 Toshkent shahrida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan  festival ishtirokchilari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bugun

“Shon-sharaf” davlat muzeyi va “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ekskursiya uyushtirdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Ikkinchi_kun
#Uchinchi_ustozlar_milliy_forumi

Kecha Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida III Ustozlar milliy forumi o'tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun ushbu forumning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Forum doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda tarbiyachi-pedagoglarning roli, darsliklarda qo‘llanilgan ilg‘or metodikalar, tabiiy fanlarni o‘qitishda 5E modeli, aniq fanlarni o‘qitishda MRT – “moddiy-rasmli-timsolli” yondashuvlarini amaliyotga samarali tatbiq etish, o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish, tadqiqotchilik, kommunikativlik, raqamli va media savodxonlik, muammoni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, loyihaga asoslangan ta’lim, tadqiqotchilikka asoslangan ta’lim, o‘quvchiga yo‘naltirilgan ta’limni o‘quv jarayoniga joriy etish bo‘yicha treninglar olib borilmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌