O'zXDP — Yoshlar
856 subscribers
14.8K photos
1.29K videos
48 files
5.42K links
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengash yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash bo'limining rasmiy kanali.

www.xdp.uz
facebook.com/xdp.uz
twitter.com/xdp_uz
youtube.com/c/UzXDP
Download Telegram
#Buxoro_2025
#Kogon_2025

SOG‘LOM AHOLI – BARQAROR KELAJAK!


Kogon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan muhim tadbir – “Salomatlik aksiyasi” bo‘lib o‘tdi. Ushbu aksiya “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da qayd etilgan, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston XDP Kogon shahar kengash raisi Sh.Izamova ham ishtirok etib, patronaj vrach va hamshiralar bilan aholining sog‘lig‘ini yaxshilash, tibbiy madaniyatni oshirish va profilaktika ishlarining samaradorligi bo‘yicha davra suhbati o‘tkazdi.


🟣P/s: Maqsadimiz – har bir inson uchun munosib yashash sharoitini yaratish bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish.

Yoshlar l Ayollar l Qizlarjon l YouTube l Telegram
4👏1
#Toshkent_vil_2025
#Bekobod_t_2025

Ijtimoiy himoyadan ijtimoiy faollik sari


Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati S.Xidirova tomonidan tumandagi “MISS PARVINA” MChJda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning shart-sharoitlari o‘rganildi.

Korxonada jami 45 nafar ayollar ishlamoqda. Ular asosan ichki bozorga ayollar kiyimlarini yetkazib bermoqda. Ayollarning ishga kelishlari uchun bepul avtomashina va tushlik bilan ta’minlangan.

Tuman ayollari korxonada yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

🟣P/s: Maqsadimiz – har bir inson uchun munosib yashash sharoitini yaratish bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish.

Yoshlar l Ayollar l Qizlarjon l YouTube l Telegram
2👏1
#Xorazm_2025
#Urganch_2025

СОҒЛОМ ЖАМИЯТ – ТАРАҚҚИЁТ АСОСИ!

Ўзбекистон Халқ демократик партияси Урганч туман кенгаши томонидан 28-сонли оилавий поликлиникада “Саломатлик мактаби” лойиҳаси доирасида тиббий кўрик ташкил этилди. ‍Жараёнда туғиш ёшидаги аёллар ва 1–14 ёшдаги болалар ҳамда ўсмирлар мунтазам тиббий кўрик ва скрининг текширувларидан ўтказиб келинмоқда. Бу орқали аниқланган эҳтиёжлар бўйича зарур чоралар кўрилмоқда. Оналик ва болаликни муҳофаза қилиш мақсадида аҳолига ҳар ойда витаминлар, йод, микронутриентлар ва зарур тиббий препаратлар бепул тарқатилиши йўлга қўйилган.

🟣P/s: Maqsadimiz – har bir inson uchun munosib yashash sharoitini yaratish bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish.

Yoshlar l Ayollar l Qizlarjon l YouTube l Telegram
2
#Jizzax_2025
#Gallaorol_2025

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Z.Akramova, O’zXDP Markaziy kengashi bo’lim boshlig’i M.Xasanova, O’zXDP Jizzax viloyat kengashi raisi N.Xolmatova hamda viloyat kengashi deputati O’.O’razbayevlar tomonidan tumandagi bir qator ijtimoiy soha muassasalarida amaliy tashriflar o‘tkazildi. Deputatlar joylardagi mavjud shart-sharoitlar, xizmat ko‘rsatish sifati, xodimlarning faoliyati va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan tanishib, tizimda uchrayotgan muammolar, mavjud kamchiliklar yuzasidan tahliliy muloqotlar olib bordi. Mazkur tashriflar deputatlarning joylarda aholi bilan bevosita ishlashi, ijtimoiy sohadagi islohotlarni amalda kuzatishi hamda ularni parlament darajasida yoritib borishiga xizmat qilmoqda.

🟣P/s: Maqsadimiz – har bir inson uchun munosib yashash sharoitini yaratish bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish.

Yoshlar l Ayollar l Qizlarjon l YouTube l Telegram
3👏1