O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi
9.61K subscribers
4.83K photos
871 videos
34 files
3.95K links
🌆 Migratsiya muammolarida yuridik yordam
💸Ogʻir vaziyatda yordam olish
📚 Xorijda oʻqish | Bepul konsultatsiya
🌍 Chet el universitetlariga grant yutish

🔗 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://taplink.cc/wayu.uz
Download Telegram
🇺🇿🇬🇧 O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Buyuk Britaniyadagi vakilligi va O‘zbekiston Respublikasining Londondagi Elchixonasi hamkorligida tadbir tashkil etildi

🌎 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan, “Global Yoshlar Forumi” doirasida 17-iyul kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida Angliyada tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik yoshlar, mutaxassislar hamda diaspora vakillari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev hamda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi raisi Otabek Shavkatov ZOOM orqali onlayn qatnashdi. Ular boshchiligida samimiy va ochiq muloqot tashkil etilib, ishtirokchilar o‘z tashabbuslari, loyihalari va g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, tadbir mehmon spikerlari – Timur Kamalov va Charos Kamalova tomonidan taqdimot ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida o‘zbek taomlaridan iborat mehmondo‘stlik dasturxoni yozildi. Tadbir Buyuk Britaniyadagi vatandosh yoshlar o‘rtasida aloqalarni kuchaytirish, madaniy birligini saqlash va ularni rag‘batlantirishga xizmat qildi.


🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling -  @wayuuz

🌐Instagram🌐Facebook🌐YouTube | 🌐LinkedIn

www.wayu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏32🔥2🤩21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Bugun, 24-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun. Davlatimiz rahbari bugun 68 yoshni qarshilamoqdalar.

⚡️ Yoshlarga bo‘lgan mehr va e’tiboringiz yurtimiz ravnaqi yo‘lida ilhom va kuch manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu e’tibor O‘zbekistonning yorqin kelajagini barpo etishda hal qiluvchi omil bo‘lishiga chin dildan ishonamiz.

Tavallud ayyomingiz muborak! Umringiz uzoq, sihat-salomatlikda kechsin, muhtaram Prezident!

🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling -  @wayuuz

🌐Instagram🌐Facebook🌐YouTube | 🌐LinkedIn

www.wayu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥2👏21🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi nomidan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomlari bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!

🇺🇿 Davlatimiz rahbarining yo‘lboshchiligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ayniqsa, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar – Vatanimiz kelajagiga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yoshlarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rlik va doimiy qo‘llab-quvvatlovlari uchun Shavkat Miromonovichga chuqur minnatdorchiligimizni bildirgan holda, yurtimiz ravnaqi yo‘lida kelgusida ham yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.


🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling -  @wayuuz

🌐Instagram🌐Facebook🌐YouTube | 🌐LinkedIn

www.wayu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥2👏2🤩21
Tadbirkor yoshlar bilan samimiy muloqot maydoni

⚡️ Yoshlar – bu nafaqat kelajak, balki hozirgi zamonning ham asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Ular bilan yuzma-yuz, ochiq va samimiy muloqotlar orqali muammolar tinglanadi, ularning yechimlari aniqlanadi hamda yangi imkoniyat va yo‘nalishlar belgilab olinadi.


🇺🇿 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 30-iyun kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni hayotga tatbiq etish maqsadida yosh tadbirkorlar ishtirokida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.

Ushbu muloqotda nafaqat mamlakatimizdagi balki xorijda yashayotgan 100 nafardan ortiq yosh tadbirkor ham faol ishtirok etdi. Ular 25 ta davlatdan Zoom platformasi orqali onlayn tarzda bog‘lanib, o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

⤵️ Mazkur muloqot doirasida yoshlarning biznes g‘oyalari, duch kelayotgan muammolari va ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘llari muhokama qilindi. Muloqot erkin, samimiy va amaliy ruhda o‘tdi.


🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling -  @wayuuz

🌐Instagram🌐Facebook🌐YouTube | 🌐LinkedIn

www.wayu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
32👍1🔥1👏1🤩1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎬 Yangi tarbiyaviy kino premyerasi: "Drug Dealer"

⚡️ Mazkur kino yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, psixotrop dorilarning salbiy oqibatlarini yoritish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga qaratilgan tarbiyaviy ahamiyatga ega loyihadir.

Kinoda achchiq taqdirlar, chuqur afsuslar, ko‘z yoshlar va qutqaruv yo‘lini topgan hayotiy voqealar aks ettiriladi.


⤵️ Barcha yurtdoshlarimizni ushbu premyeraga taklif etamiz.

Manzil: Yoshlar ijod saroyi
Vaqt: 30-iyul, 14:00


🌐Telegram sahifamizga obuna bo’ling -  @wayuuz

🌐Instagram🌐Facebook🌐YouTube | 🌐LinkedIn

www.wayu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥211👍1🤩1