Ўзбекистон техник жиҳатдан тартибга солиш агентлиги | Расмий канал
1.96K subscribers
11K photos
629 videos
6 files
5.3K links
Veb-sayt: www.standart.uz
Facebook: www.fb.com/uzstandard
Instagram: www.instagram.com/uzstandard
Youtube: bit.ly/3kbWQa0

Murojaat uchun:
@uzstandartga_savollar_bot
📧 [email protected]
☎️1880

📍Toshkent shahar, Olmazor tumani, Farobiy-333A
Download Telegram
Qurilish mahsulotlari sifati – e’tibor markazida!
 
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida qurilish mahsulotlarining sifatini nazorat qilish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan qurilish jarayonini hamda qurilishda foydalanilayotgan mahsulotlarning sifatini nazorat qilish, sifatsiz mahsulotlarni erta aniqlash va ularning qurilishda foydalanilishini oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan batafsil fikr almashdilar.

Shuningdek, amaldagi mexanizmni yanada takomillashtirish, jumladan, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish hamda ushbu yo‘nalishda mutasaddi tashkilotlar bilan o‘zaro ma’lumot almashishni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyatida tadbirkorlar uchun seminar tashkil qilindi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Jizzax viloyatining Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda sanoat va meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarni xalqaro sertifikatlarni olish tartibi, xalqaro sertifikatlarni eksportdagi ahamiyati, sertifikat xarajatlarini subsidiya qilish tartibi hamda korxonalarda xalqaro standartlari joriy etish va sertifikatlashtirish bo‘yicha tushunchalar berildi. Seminar so‘ngida qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔬O‘zbekiston milliy metrologiya institutida 35-etalon: sathni o‘lchash vositalari uchun yangi yuqori aniqlikdagi etalon joriy etildi

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya institutining sathni o‘lchash laboratoriyasida Rossiya Federatsiyasining "Elmetro" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori aniqlikdagi sath o‘lchash vositalarini tekshirishga mo‘ljallangan zamonaviy etalon uskunasi muvaffaqiyatli tarzda o‘rnatildi va ishga tushirildi.

⚙️ Mazkur etalonni ishga tushirish va undan foydalanish bo‘yicha texnik ishlar xorijiy ekspert ishtirokida amalga oshirilib, institut mutaxassislariga amaliy texnik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

🌎Yangi o‘rnatilgan kompleks etalon yordamida xalqaro hujjatlarda belgilangan talablar asosida quyidagi sath o‘lchash vositalarini 0,3 mm aniqlikda va 25 metr uzunlikgacha bo‘lgan oraliqda qiyoslash va kalibrlash imkoniyati yaratildi:

🔵ultratovushli,

🟢radar,

🟡magnitqalqonsimon,

🩷trosli,

🔴mikroimpulsli sath o‘lchash vositalari.

🔗 Mazkur tashabbus respublikamizda yuqori aniqlikdagi sath o‘lchash vositalarining metrologik ta’minotini kuchaytirish, sanoat sohalarida aniqlik va ishonchlilikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
🎸 #matbuot_anjumani

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston milliy matbuot markazida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti faoliyati yuzasidan matbuot anjumani boshlandi.

"Metrologiya sohasida qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va xalqaro tajriba" mavzusidagi mazkur matbuot anjumanini quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin!

😎UzReport_TV

🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#anons
Tafakkur yo‘li

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov "Yoshlar" telekanali "Tafakkur yo‘li" ko‘rsatuvi uchun maxsus intervyu berdi.

📺Intervyuning to‘liq shaklini 30-iyul kuni soat 18:00 da telekanal orqali tomosha qilishingiz mumkin.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🥰32👌2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Liftlar sifati va xavfsizligi talabga javob beradimi?

🔊O‘zbekiston radiosida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi axborot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov hamda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Bexzod Berdiyev mavzu yuzasidan maʼlumotlar berdi.

🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori o‘rinbosari Odiljon Tohirov Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi "Texnopark" maxsus sanoat zonasida qurilayotgan elektrotexnika va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan "JU YUAN SILU TOBACCO" hamda "CLIMATE EASE" masʼuliyati cheklangan jamiyatining loyihalari bilan tanishdi.

Tadbirkorlik subyekti vakillariga texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida amaldagi qonun hujjatlari, yangi qabul qilingan qarorlar va texnik reglamentlar talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad, ishlab chiqarish korxonalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotlarini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.


🌐 standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM