Uzbekistan chess federation
6.37K subscribers
1.42K photos
89 videos
2 files
589 links
O'zbekiston shaxmat federatsiyasi rasmiy telegram sahifasi

Официальный телеграм канал
Федерации Шахмат Узбекистана

Tel: (95) 511-14-00.

🌐https://instagram.com/uzchessofficial
🌐https://fb.me/uzchessofficial
Download Telegram
Farg‘onada “Xalqaro shaxmat kuni”ga bag‘ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi!

Xalqaro shaxmat kuni munosabati bilan Farg‘ona shahrida ochiq reytingli “Blits yo‘nalishi” bo‘yicha shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa yakunida quyidagi g‘olib va sovrindorlar aniqlandi:

1-o‘rin – Sobirov Asilbek
2-o‘rin – Umarov Muhammadrizo
3-o‘rin – Obidov Biloliddin

Faxriylar o‘rtasida – Shokirov Lutfullo

Ayollar o‘rtasida – Abdujabborova Vasila g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.


Musobaqaning g‘olib va sovrindorlari viloyat Sport boshqarmasi tomonidan diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Telegram | Facebook | Instagram | Mediateka
10👍32👏2🤩2🔥1😍1
⚡️A. Grushevskiy xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro shaxmat turniri ilk bor tashkil etildi!

Joriy yilning, 12–16 iyul kunlari Toshkent shahrida joylashgan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi binosida shaxmat fidoyisi, ko‘plab kuchli shaxmatchilar ustoz-murabbiyi marhum Aleksandr Grushevskiy xotirasiga bag‘ishlab xotira turniri o‘tkazildi.

Musobaqa FIDE qoidalari asosida klassik yo‘nalishda 9 turdan iborat shveysarcha tizimda tashkil etildi. Unda Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning xalqaro va FIDE sport ustalari, grossmeysterlari qatnashdilar.

10 nafar ishtirokchidan iborat tarkibda eng yuqori natijalarni quyidagi shaxmatchilar qayd etdilar;

1-o’rin FM Orash Shonazarov (Qozog‘iston)
2-o’rin CM Miraziz Matyakubov (O‘zbekiston) – 5.5 ochko, +32 reyting yutug‘i
3-o’rin Bilolidin Obidov (O‘zbekiston) – 5 ochko, +73 reyting yutug‘i


💠
Shuningdek, o‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar ham ijobiy natijalar qayd etdilar:
Madinabonu Khalilova
: +16 reyting;
Sayyid Usmon Shamsuddin
: +79 reyting.


Musobaqaning asosiy maqsadi – A. Grushevskiyning shaxmatga qo‘shgan hissasini yodda saqlash, yosh avlodni rag‘batlantirish va ularning xalqaro tajribasini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Telegram | Facebook | Instagram | Mediateka
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍931🔥1🤩1😍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Bugun — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev janobi oliylari 68 yoshni qarshi oldilar.

Yurtimiz taraqqiyoti, xalq farovonligi va islohotlar yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan Prezidentimizga chuqur hurmat va minnatdorchilik bildiramiz.

Siz olib borayotgan adolatli siyosat, xalqparvarlik va ochiqlik tamoyillari O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichini belgilab bermoqda.

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!

Telegram | Facebook | Instagram | Mediateka
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3🥰21🔥1😍1🫡1
🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, Mening Prezidentim!

Telegram | Facebook | Instagram | Mediateka
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍6🤩2❤‍🔥11🔥1🎉1😍1🤗1
⚡️IPCA — XXIV Jahon chempionati: Blits yo‘nalishi yakunlandi!

Joriy yilning, 24-iyul kuni IPCA tasnifiga kiruvchi jismoniy imkoniyati cheklangan shaxmatchilar o‘rtasida XXIV Jahon chempionatining blits yo‘nalishi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 16 mamlakatdan 89 nafar ishtirokchi qatnashdi. O‘zbekiston sharafini esa 7 nafar shaxmatchimiz munosib himoya qildi.

Musobaqa 9 turdan iborat bo‘lib, 5+3 vaqt nazoratida tashkil etildi.

Quvonchli yangilik: 15 yoshgacha o‘g‘il bolalar o‘rtasida hamyurtimiz Azimjonov Abdurahmon faxrli 3-o‘rinni egalladi!

Ma’lumot uchun:
➡️Rapid yo‘nalishidagi bahslar 25–26-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
➡️Standart yo‘nalishdagi musobaqalar esa 30-iyulgacha davom etadi.


O‘zbekistonlik sportchilarga navbatdagi bahslarda ham omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | Mediateka
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍144❤‍🔥32🔥1🤩1😍1🫡1
⚡️Javohir Sindarov—“Esports World Cup Chess” turnirida!

Joriy yilning, 24–26 iyul kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan “Last Chance Qualifier” xalqaro musobaqasi kibersport bo‘yicha Jahon kubogiga yo‘llanma beruvchi eng muhim saralash bosqichlaridan biri bo‘ldi.

Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi — 50 000 AQSH dollari, unda 4 nafar eng kuchli shaxmatchi “Esports World Cup Chess” musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi ko‘zda tutilgan edi.

24–25 iyul kunlari musobaqaning 1-bosqich uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar “A”, “B”, “C” va “D” guruhlarga bo‘lingan holda, shveysarcha tizimda 7 turdan iborat bahslarda o‘zaro bellashdilar.

“Last Chance Qualifier” xalqaro turnirida grossmeysterlarimizdan Yakubboev Nodirbek (2663) “B” guruhida, Sindarov Javohir (2722) esa “C” guruhida ishtirok etdi.

Yakubboev Nodirbek 7 tur yakuniga ko‘ra 5 ochko jamg‘arib, 5-o‘rinni egalladi va musobaqa reglamenti asosida turnirni tark etdi.

Javohir Sindarov esa “C” guruhida 7 turdan 5,5 ochko to‘plab, 3-o‘rinni egalladi. Ushbu natijasi bilan u “Playoffs” bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston sharafini himoya qilgan grossmeyster Javohir Sindarov musobaqaning barcha bosqichlarida haqiqiy kuch va matonat namunalarini ko‘rsatdi:

•1/8 final – Aleksey Sarana (2686) ustidan 1.5:0.5 hisobida g‘alaba;

•Chorak final – Blits bo‘yicha jahon chempioni Aleksandr Grischukni 1.5:0.5 hisobida mag‘lub etdi;

•Yarim final – kuchli amerikalik grossmeyster Hans Niemann bilan jang 2:2 hisobida yakun topdi;

•Ammo Armageddon hal qiluvchi partiyada Sindarov g‘alaba qozondi va final bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!


Telegram | Facebook | Instagram | Mediateka
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥134🎉32🏆2🤩1😍1
⚡️Hamyurtimiz muddatidan oldin Markaziy Osiyo chempioni bo‘ldi!

Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida davom etayotgan Markaziy Osiyo chempionatining 8-tur yakunlariga ko‘ra, 10 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nazirkulova Mehribonu barcha raqibalaridan o‘zib, muddatidan oldin oltin medalni qo‘lga kiritdi.

28-iyul kuni musobaqaning hal qiluvchi 9-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda sportchilarimiz o‘z yosh toifalari bo‘yicha sovrinli o‘rinlar uchun kurashni davom ettiradilar.

Mehribonuning bu erta g‘alabasi — nafaqat uning shaxsiy yutug‘i, balki murabbiylari va ota-onasining sabr-toqati va fidoyiligi natijasidir.

💐Mehribonu Nazirkulovani, uning ustozlarini va oilasini ushbu yuksak natija bilan chin dildan tabriklaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | Mediateka
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍103🔥3😍3🏆3❤‍🔥1🎉1🤩1
⚡️Endi esa navbat – “Esports World Cup Chess” Grand finalga!

29-iyul – 1-avgust kunlari Esports World Cup Chess musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Turnir mukofot jamg‘armasi—1 550 000 AQSH dollari.

Unda ikki nafar vatandoshimiz — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov dunyo yulduzlari bilan bahsga kiradilar.

Saralash bosqichidan Jahon kubogiga yo‘l olgan 16 nafar shaxmatchilar bilan tanishing!

•Yan Nepomnyashiy (Aurora Gaming)
•Magnus Karlsen (Team Liquid)
•Alireza Firuzja (Team Falcons)
•Esipenko Andrey
•Vladislav Artemyev (Team Spirit)
•Nodirbek Abdusattorov (NAVI)
•Hikaru Nakamura (Team Falcons)
•Fabiano Karuana (Team Liquid)
•Vey I (Weibo Gaming)
•Maksim Vashye-Lagrav (Team Vitality)
•Arjun Erigayisi (Gen.G Esports)
•Yan-Kshishtof Duda (Twisted Minds)
•Anish Giri (Team Secret)
•Levon Aronyan (REJECT)
•Javohir Sindarov (Team Vitality)
•Nihal Sarin (S8UL Esports)

Bahslarni “Uzchess” you tube kanalida tomosha qilishingiz mumkin!

Telegram | Facebook | Instagram | Mediateka
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥532👏1🤩1😍1🏆1