O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
12.6K subscribers
30.7K photos
1.91K videos
275 files
6.3K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh 👉🏻 @ofisdavlat 90 977 72 13
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
0️⃣0️⃣0️⃣#dolzarb90kun

“Bir talabaga – bir loyiha” akseleratsiya dasturi doirasida davra suhbati tashkil etildi

1-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida Ingliz tili funksional leksika kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan “Ijtimoiy loyiha va volontyorlik tashabbuslari” mavzusida offline davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir “Bir talabaga – bir loyiha” akseleratsiya dasturi doirasida tashkil etilib, unda faol talabalar, tashabbuskor yoshlar hamda “Young Researchers” to‘garagi a’zolari ishtirok etdilar.
Davra suhbatida talabalarning ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari, volontyorlik faoliyatining jamiyatdagi o‘rni hamda bu yo‘nalish orqali shaxsiy rivojlanishga erishish yo‘llari muhokama qilindi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, jamiyat uchun foydali bo‘lgan tashabbuslar bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbir doirasida ishtirokchilarga ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqish, volontyorlik faoliyatida amaliy tajriba orttirish va akseleratsiya dasturi orqali ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zaruriy uslubiy va amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, o‘z g‘oyalarini loyiha shaklida taqdim etish imkoniyati haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi.


Mazkur uchrashuv yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, tashabbuskorlik salohiyatini rivojlantirish va ularni amaliy loyihaviy faoliyatga jalb qilishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
0️⃣0️⃣0️⃣#dolzarb90kun

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Gamefikatsiya orqali til o‘rganish” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

1-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar davomida Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi dotsenti Gulbahor Kinjayeva tomonidan “Bir talabaga – bir loyiha” o‘quv akseleratsiya dasturi hamda “Start up” loyihalari bo‘yicha tuzilgan to‘garaklar grafigi asosida “Gamefikatsiya orqali til o‘rganish” mavzusida yozgi o‘quv dars-mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur dars-mashg‘ulot zamonaviy innovatsion yondashuvlar asosida o‘tkazilib, talabalarda xorijiy tilni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish va motivatsiyani oshirish, shuningdek, ijodiy fikrlash va faol ishtirokni rag‘batlantirishga qaratildi.

Trening davomida dotsent Gulbahor Kinjayeva gamefikatsiya (o‘yinlashtirish) metodining nazariy asoslarini yoritib berdi va ushbu yondashuvni xorijiy tillarni o‘qitish jarayonida qanday samarali qo‘llash mumkinligini amaliy mashqlar orqali namoyish etdi. Talabalar nemis tilidagi interaktiv topshiriqlar, rolli o‘yinlar, viktorinalar hamda raqamli ilovalar asosidagi testlar yordamida til ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Mashg‘ulot doirasida talabalar kichik guruhlarda ishlash orqali o‘zlarining mini-loyihalarini taqdim etdilar. Ular orasida “mobil ilova orqali so‘z boyligini oshirish”, “til o‘rganish uchun onlayn viktorina platformasi yaratish” kabi g‘oyalar ilgari surilib, bu fikrlar “Start up” loyihalarining boshlang‘ich bosqichi uchun muhim zamin bo‘lib xizmat qildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi va ularga kelgusidagi loyihaviy bosqichlar yuzasidan tavsiyalar berildi. Dotsent Gulbahor Kinjayeva o‘z so‘zida bu kabi akseleratsiya mashg‘ulotlari muntazam davom ettirilishini, shuningdek, talabalar o‘z g‘oya va loyihalarini amaliyotga tatbiq etishlari uchun zarur sharoitlar yaratilishini alohida ta’kidladi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍2
Ish tajribangiz yo‘qmi? Shu sababli sizni ishga olishmayaptimi?

Unda bizning 1 oylik bepul savdo yo'nalishidagi o'quv-amaliyot dasturimizda qatnashing!

😀Biz kimmiz?
Korxona: "Aberno Butters Group" – O‘zbekistondagi yetakchi ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri
Brendlarimiz: Bulut| Margaritto | Smaylo

Dastur davomida:
🟡Savdoga oid nazariy + amaliy bilimlarga ega bo‘lasiz
🟡Faolligingizga qarab $600 – $1000 daromad topa olasiz
🟡15 yillik tajribaga ega mentor bilan ishlaysiz

Dars vaqti:
Dushanba–shanba, soat 09:00–18:00

Dasturdan keyin:
🟡Eng faol o‘rganuvchilarni jamoamizga olamiz
🟡Qolganlarga ish topishda ko'maklashamiz

Kimlar uchun?
🟡Yoshi 18–30 orasida bo‘lgan
🟡1 oy davomida darslarda muntazam qatnasha oladiganlar
🟡O'rganishga va raqobatga tayyor bo'lganlar

⭐️Hoziroq yozing: @aberno_recruiter
📩Joylar soni cheklangan. Boshlash uchun ayni vaqt!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
0️⃣0️⃣0️⃣ #dolzarb90kun

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasidagi dasturlar davom etmoqda

2025-yil 1-avgust kuni O'zbekiston tarixi kafedrasi katta o'qituvchisi G'.Djumamuratov mas'ulligida “O'zbekistonning qadimiy qadamjolari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

OzDJTU talabalari uchun ZOOM konferensiya orqali oʻtkazilgan dasturdan koʻzlangan maqsad:
➡️ Yoshlar ongida boy tarixiy merosimizdan faxrlanish tuyg'usini shakllantirish;
➡️ Ulardagi vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlash;
➡️ Talabalarga Vatanimizning turli tarixiy obidalari haqida ma'lumot berish;
➡️ Yoshlarda o'zlari ham mustaqil ravishda yurtimizning tarixiy obidalariga virtual sayohat qilish ko'nikmasini shakllantirishdan iborat bo'ldi.


Mazkur suhbat talabalarning Vatanimiz tarixiga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ajdodlarimiz yaratgan moddiy meros misolida ulardan g'ururlanish tuyg'usini shakllantirish uchun xizmat qiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
0️⃣0️⃣0️⃣#dolzarb90kun

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalarga zamonaviy texnologiyalar orqali ilmiy izlanish olib borish usullari o‘rgatildi

Bugun “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar uchun “Gathering Resources for Research Topic” mavzusida navbatdagi onlayn ilmiy to‘garak tashkil etildi.

Mazkur tadbir Zoom platformasi orqali o‘tkazilib, ilmiy izlanishlar olib borishda manba to‘plash va ularni saralashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha foydali maslahatlar va amaliy tavsiyalar berildi.

To‘garak davomida quyidagi mavzular atroflicha muhokama qilindi:
• Ilmiy mavzuni aniqlashtirish va unga mos resurslarni tanlash;
• Kutubxonalar, elektron bazalar hamda Google Scholar, JSTOR, ResearchGate kabi akademik platformalardan samarali foydalanish;
• Dolzarb va ishonchli ma’lumotlarni izlash hamda tahlil qilish usullari.

Talabalar o‘zlari qiziqqan ilmiy mavzular bo‘yicha ma’lumot topish strategiyalari xususida o‘z fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Ilmiy izlanish yo‘lida ilk qadamlarini qo‘yayotgan talabalar uchun mazkur to‘garak nafaqat zarur bilim va ko‘nikmalar, balki ilm-fan sari intilish uchun kuchli turtki ham bo‘lib xizmat qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
0️⃣0️⃣0️⃣#dolzarb90kun

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tarjimonlar uchun navbatdagi qadam – “Tarjimon mahorati” ilmiy to‘garagi doirasida yangi uchrashuv tashkil etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tarjima sohasi bo‘yicha chuqur bilim va malakaga ega bo‘lishni istagan yoshlar uchun “Tarjimon mahorati” ilmiy to‘garagi o‘z faoliyatini izchil davom ettirmoqda.

Navbatdagi uchrashuv Google Meet platformasi orqali o‘tkazilib, “Tarjimada negativ transfer sababli yo‘l qo‘yiladigan xatolar” mavzusiga bag‘ishlandi.

Tadbir spikeri – Xaydarova Dilafruz, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi bo‘lib, u tarjima jarayonida ona tilidan kelib chiqadigan xatoliklar sabablari haqida chuqur tahliliy ma’lumot berdi.

Taqdimot davomida quyidagi asosiy negativ transfer omillari atroflicha muhokama qilindi:
Cross-association
Ignorance
Overgeneralization
Direct transfer

Shuningdek, Ispaniyada ta’lim tizimi, universitetlardagi darslar sifati va xorijlik talabalar uchun adaptatsiya jarayoni xususida ham qiziqarli ma’lumotlar ishtirokchilarga yetkazildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha batafsil javoblar olishdi va tarjimonlikda ilmiy yondashuvning o‘rni, xususan, tilshunoslikdagi nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash borasida ko‘nikmalarni mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Mazkur to‘garak tarjimonlik sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun katta tajriba va ilhom manbai bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1