📌 TAVALLUD KUN!
🗓 3-fevral - O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Mirodil Abdurahmonov tavallud topgan kun!
Mazkur sana bilan ularni qutlab, uzoq umr, sihat-salomatlik tilaymiz!
O‘zMTDP jamoasi
#BIRMIZ. QALBAN BIRGAMIZ!
#BIRGA YENGAMIZ!
🔹Telegram 🔹 Website 🔹 Facebook 🔹Instagram 🔹

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌 Prezident Shavkat Mirziyoyev siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashdi
Ochiq muloqot chog‘ida partiyalarning jamiyatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi o‘rni va rolini oshirish masalalari, bugungi kunda ular oldida turgan asosiy vazifalar haqida atroflicha fikr almashildi.
✍️ O'zMTDP Markaziy kengashi Axborot xizmati
#BIRMIZ. QALBAN BIRGAMIZ!
#BIRGA YENGAMIZ!
🔹Telegram 🔹 Website 🔹 Facebook 🔹Instagram 🔹
Ochiq muloqot chog‘ida partiyalarning jamiyatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi o‘rni va rolini oshirish masalalari, bugungi kunda ular oldida turgan asosiy vazifalar haqida atroflicha fikr almashildi.
✍️ O'zMTDP Markaziy kengashi Axborot xizmati
#BIRMIZ. QALBAN BIRGAMIZ!
#BIRGA YENGAMIZ!
🔹Telegram 🔹 Website 🔹 Facebook 🔹Instagram 🔹
Yana bir qishloqdan o‘g‘lini kaltaklab o‘tayotgan cholga bir qiz savolni takrorlabdi. Javobini eshitgach, «Yaxshilab savalang, ota. Nega faqat aytganingizni qiladi, farosati yo‘qmi, aytmagan ishingizni qilolmasa?!» debdi. Chol bu javobdan xursand bo‘libdi hamda zukko qizga o‘g‘lini uylantirgan ekan... Bu bir rivoyat. Lekin ayni haqiqat bor, zamirida… Qachonki, davlatimiz rahbari tilga olib, rasmiy buyruq bersagina eʼzozga oladigan, eʼtibor qaratadigan toifaga tushib qolgandaymiz. Kimdir turtsagina sezadigan, turtilmaguncha uyg‘onmaydigan feʼlimiz ham bor. Birgalikda harakat qilishimiz, Mashrab majmuasini tiklanishiga erishishimiz kerak, – deydi kuyinib deputat.
Prezidentimiz avvalgi yillarda Namanganga tashriflari chog‘ida Isʼhoqxon Ibratning faoliyatini namuna qilish, faxrlanish kerakligini aytib, maxsus topshiriq berganlaridan keyin faol harakatlar boshlangandi. Ibrat nomida tillarga ixtisoslashgan maktab, havas qilarli darajada majmua barpo qilinib, kitoblari chop etildi.
Mashrab bobomiz ehtiromga, g‘ururlanishimizga arzimaydimi?! Bugungi kunda deyarli foydalanilmay yotgan, old maydoni ham kattagina bo‘lgan Mashrab kinoteatri anchagina taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan. Qaniydi shu joyda Shoh Mashrabning majmuasi, kutubxona, muzeyini, nashriyot uyini jamlay olsak. Dovrug‘ini doston qilsa bo‘ladigan «Mashrabxonlik kunlari»ni munosib maskanda o‘tkazish taraddudiga tushsak, Shoh Mashrab ruhini ham shod etgan bo‘larmidik...
✍️ Saida ISMOILOVA
O‘zMTDP Namangan viloyati Kengashi raisining matbuot kotibi

📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-fevral kuni mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashdi
Ochiq muloqot chog‘ida partiyalarning jamiyatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi o‘rni va rolini oshirish masalalari, bugungi kunda ular oldida turgan asosiy vazifalar haqida atroflicha fikr almashildi.
Davlat va jamiyat hayotiga doir keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda, xalqimiz huquq va manfaatlarini himoya qilishda siyosiy partiyalarning o‘rni kattaligi taʼkidlandi.
Mamlakatimizda hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni qamrab olgan ko‘plab dasturlar amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan taʼminlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Bu boradagi ishlarning ijrosini nazorat qilish Oliy Majlis palatalari va mahalliy kengashlarga ulkan masʼuliyat yuklaydi.
Uchrashuvda ijtimoiy sohalar, ayniqsa, taʼlim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Siyosiy partiyalar o‘z deputatlari orqali joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘rganishi, ularning yechimi bo‘yicha takliflar berishi, ayniqsa, taʼsirchan Parlament va jamoatchilik nazoratini olib borishi muhimligi qayd etildi.
Partiyalar o‘z elektorati, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar va nuroniylar bilan ishlash, ularning hayotiy muhim manfaatlarini taʼminlashga ko‘maklashishi zarurligi haqida yakdil fikr bildirildi.
Har bir partiya o‘z dasturiy maqsadlarini Parlamentga faol olib chiqishi, o‘z fraksiyalari orqali qonunchilik tashabbuslarini ilgari surishi va qonunlar ijrosini taʼminlashni nazoratiga olishi zarurligi haqida fikr almashildi.
Muloqot jarayonida siyosiy partiyalar faoliyati bugungi zamon talablaridan kelib chiqqan holda, chuqur tahlil qilinib, ularning ishini takomillashtirish va samarasini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar, amaliy takliflar bildirildi.
Uchrashuvda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati –O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Adolat sotsial-demokratik partiyasi hamda Ekologik partiya, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi rahbarlari ishtirok etdi.

📌 O‘rganishlar davom etmoqda
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Qonunchilik palatasiga saylangan deputatimiz Zafar Abdirimov Xorazm viloyati Gurlan tumanida bo‘lib, “Bo'zqal'a” mahallasida joylashgan 13-son oilaviy poliklinika shoxobchasi faoliyatini o‘rgandi, kichik poliklinika хodimlari hamda ushbu hududdagi aholining taklif va muammolarini tingladi.
Natijada bir qator muammolar mavjudligi ayon bo‘ldi. Aholi xalq vakiliga shoxobcha o‘rnida avvalgiday qishloq vrachlik punkitini qaytadan tashkil etishni so‘rab murojaat qilishdi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari tomonidan muassasa ta’mirga muxtojligi va laboratoriya xonalariga ehtiyoj mavjudligi bildirildi. Deputat bu masalalarda mas’ul rahbarlarga so‘rov yuborib, ijrosini nazoratga olishini ma’lum qildi.
✍️ O'zMTDP Xorazm viloyati kengashi Axborot xizmati
#BIRMIZ. QALBAN BIRGAMIZ!
#BIRGA YENGAMIZ!
🔹Telegram 🔹 Website 🔹 Facebook 🔹Instagram

Boburday jahoniy shoh va ulug‘ shoir merosini qadrlash orqali biz ham milliy davlatchiligimiz tarixi, ham mumtoz adabiyotimiz namunalari, ham qator ilmiy kashfiyotlar mohiyatini tushunishga intilmokdamiz. Bobur — buyuk podshoh, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, faqih, tilshunos, sanʼatshunos, etnograf, hayvonot va nabotot olamining bilimdoni sifatida ko‘p qirrali faoliyat va ijod sohibi bo‘lgan.
Ana shu maʼnaviy ehtiyojlarni qondirish maqsadida ijodkorlar badiiy asarlar yaratmoqda, ular sanʼatkorlarimiz tomonidan ommaviy sahnaga qo‘yilmoqda. Rassom, haykaltarosh va boshqa sanʼat va ilm ahli borki, ulardan qolgan maʼnaviy merosni munosib ravishda bu o‘chmas namunalarni tushunish yo‘llarini qidirmoqda.
Har bir inson o‘zligini anglashga, ajdodlari haqida ko‘proq bilishga, ular hayotini o‘rganishga intiladi. Bu borada esa tarixiy asarlar beqiyos ahamiyatga ega. Istiqlol tufayli tariximizni haqqoniy o‘rganish imkoniga ega bo‘ldik. Ko‘plab buyuk bobokalonlarimiz asarlari singari ikki buyuk mutafakkir ijodida ham yoshlarimiz uchun iboratomuz jihatlar ko‘p. Ularning Vatanni sevish, ota-onaga hurmat, do‘stga sadoqat ko‘rsatish xususidagi fikrlari kishiga yuksak maʼnaviy saboq beradi.
O‘zbek klassik adabiyotining ulkan namoyondalaridan biri, o‘zbek adabiy tili va adabiyotining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan ikki buyuk bobomiz ulkan tarixiy davrda yashab ijod qilgan. Har bir xalqning tarixiy, madaniy-milliy qiyofasini aniq belgilovchi ulug‘ shohlari, buyuk olimlari, yirik adib va shoirlari bo‘ladi. Insoniyatning abadiyatga mansub anna shunday buyuk farzandlari safida Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning ham o‘z o‘rni bor.
Milliy maʼnaviyatimiz, ona tilimiz, adabiyotimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan daho-shoirlar bugungi kunda ham mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, taʼlim, tarbiya, maʼnaviyat, ilm-fanga eʼtibor qaratish borasidagi islohotlar jarayonida ularning merosini mukammal o‘rganish yo‘lidagi qadamdir.
O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashi tomonidan partiya tizimida joriy yilning 1-15-fevral kunlari ikki buyuk siymolar Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538-yilligini keng nishonlash maqsadida Adabiyot va maʼrifat haftaligi deb belgilab olindi. Mazkur haftalik doirasida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, Navoiy navolari maʼrifiy badiiy kechasi, Navoiy va yoshlar shiori ostida adabiy va badiiy tadbirlar, Navoiyni anglash mavzusida joylarda g‘azalxonlik kechalari, Navoiy vorislari ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari o‘rtasida mushoira, Bobur jamoat fondi bilan hamkorlikda Xalqaro konferensiya hamda Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan turli aksiya va viktorinlar o‘tkaziladi.
Bu ikki buyuk mutafakkir asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy g‘oyalarning jahon tamaddunida tutgan o‘rnini hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirish, ular qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalashdagi beqiyos ahamiyatini shuningdek, ulug‘ shoir va mutafakkirning adabiy-ilmiy merosini mamlakatimizda va xalqaro miqyosda yana-da chuqur tadqiq qilish va keng targ‘ib etishda davom etamiz. Zero, bobolarimizning bizga qoldirgan ulkan maʼnaviy merosini asrab-avaylash hamda kelgusi avlodga yetkazish bizning eng muhim vazifamiz va burchimizdir.
✍️ Muxlisa ERGASHEVA,
O‘zMTDP Markaziy kengashi yetakchi mutaxassisi

📌 Har birimiz o‘zgarishlarni o‘zimizdan boshlaylik
Davlat rahbari bilan mazmunli, juda foydali, samimiy va tom maʼnoda ochiq muloqot bo‘ldi.
Partiyalar jamiyatda o‘z so‘zi va ovoziga ega bo‘lolmayapdi. Ishonchni qozonaolmayapmiz. Prezidentga ochiq aytdik: sizning tashabbusingiz bilan boshlangan yangi O‘zbekiston islohotlariga 4 yil bo‘ldi. Parlament o‘zgardi, partiyalar o‘zgardi, lekin xalqimiz ishonchini qayta qozonish oson bo‘lmayapti.
Partiyalarku bir narsani do‘ndirib qo‘ymagan, tushunsa bo‘ladi, lekin, Prezident tomonidan qisqa vaqt ichida xalq manfaatlari uchun juda ko‘p o‘zgarishlar qilindi, juda katta siyosiy iroda ko‘rsatildi, shunda ham Prezidentga tuhmat qilayotgan, qarorlaridan kir qidirayotgan, hamma muammolarni bir kunda hal bo‘lib qolishini talab qilayotganlar bor. Qo‘lini qo‘liga urmasdan farovon turmushni hukumatdan tayyor kutayotganlar ham kam emas. Bu esa mamlakatda iqtisodiy o‘sish va inson erkinliklarini taʼminlash bilan bir qatorda dunyoqarash va tafakkurni o‘zgartirishdek muhim masalani ham kun tartibiga qo‘yadi.
Inson o‘zgarmasa, jamiyat o‘zgarmaydi! Bugungi o‘zgarish davrini xalqimiz yuzlab yil kutdi. O‘zbek xalqini gapirish u yoqda tursin boshini ko‘tarishga qo‘yishmadi. Xalqimizni avomga aylantirish, yo‘q qilib yuborishga harakatlar qilindi. Bugungi islohotlar Prezidentning irodasi bilan yuzaga keldi va u tariximizda milliy uyg‘onish davri sifatida muhrlanadi. Bu davr milliy taraqqiyotimiz uchun imkoniyatdir. Lekin imkoniyat barakadek tinchliksevar bo‘ladi, g‘iybat, tuhmat, haqoratlar bilan uni ko‘kka sovurilgan joydan ketib qoladi.
Xatolarni hech kim yashirmayapti, ularni tuzatishga hissa qo‘shaylik! Zero, muvaffaqiyat hammamizniki bo‘lgani kabi inqiroz ham har birimizni dasturxonimizga kelib tushadi. O‘zbekiston oyoqqa turayapdi, kamchiliklarimizni kamaytirib, yaxshiliklarimizni ko‘paytirib, bir-birimizga dalda bo‘lib Vatanimizni rivojlantiraylik. Muammolarimiz kecha paydo bo‘lib qolmagan, bir harakat bilan ertaga hal bo‘lib ham qolmaydi. Hamma harakat qilayapdi, qilolmaganlar qatordan tushib qolayapdi. Yaxshi niyatli vatandosh bunday holatda dalda beradi, qo‘llaydi. Darg‘azab tuhmat va buzg‘unchi shovqin holimizni zaiflashtirib, g‘alabani uzoqlashtiradi.
"Milliy tiklanish" partiyasi barcha vatandoshlarni bir tanu bir jon bo‘lib, mamlakatdagi o‘zgarishlarda faol ishtirok etishga chaqiradi!
Har birimiz o‘zgarishlarni o‘zimizdan boshlaylik.
@alisher_qodirov

📌 Muzrabotda parlament nazorati kuchayadi
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida o‘rganish olib borayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zMTDP fraksiyasi aʼzosi G‘ayrat Safarov tuman tibbiyot birlashmasi, maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan tanishdi. Maktablarda tashkil qilingan tarixiy muzeylar faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganishlardan aniqlanishicha, qishloq maktablari yetarli darajada isitilmayapti, o‘quv jihozlari, sport anjomlari bilan to‘la taʼminlanmagan, ayrim maktablarda oshxona yoki bufetlar faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida esa kadrlar masalasida muammolar bor.
Deputatimiz shuningdek, tuman mutasaddilari, mahalliy kengash deputatlari, faollari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ishtirok etib, Prezidentimizning Murojaatnomasi mazmun-mohiyati haqida maʼruza qildi. Shundan so‘ng, yuqorida qayd etilgan muammolarni hal qilish bo‘yicha tegishli idora rahbarlari bilan uchrashib, vazifalar belgilandi va ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olinadigan bo‘ldi.
✍️ O'zMTDP Surxondaryo viloyati kengashi Axborot xizmati

📌 Yoshlar bandligi ta'minlandi
O‘zMTDdan Forish tumani kengashiga saylangan deputatimiz Gulnoz Ikromova "Yoshlar daftari" va "Temir daftar"ga kiritilgan fuqarolarning murojaatlarini o'rganib, “Mehnatobod” QFYda yashovchi 2 nafar ishsiz yoshni o'z dehqon xo'jaliklarini tashkil qilishlari uchun 35 sotix yer ajratilishi bo'yicha tuman hokimiga deputatlik so'rovi yubordi.
Hokim tomonidan esa so'rovga o'z vaqtida ijobiy javob berildi va yoshlar dehqonchilik qilish uchun mo‘ljallanagan yerga ega bo‘lishdi.
✍️ O‘zMTDP Jizzax viloyati kengashi Axborot xizmati

📌 O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining “Navoiy vorislari” respublika ko‘rik-tanlovi (2018-yil 13-fevral)
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi tomonidan buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligini keng nishonlash munosabati bilan 2021-yil 1—15-fevral kunlari davomida “Milliy tiklanish”da adabiyot va maʼrifat” haftaligi tashkil etiladi.
Haftalik davomida “Navoiy vorislari” ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari o‘rtasida mushoira, "Navoiy navolari" maʼrifiy badiiy kechasi, Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya, “Navoiyni anglash” mavzusida joylarda g'azalxonlik kechalari, taʼlim muassasalari, mahallalar, harbiy qismlar va tashkilotlarda Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Navoiy va yoshlar” shiori ostida adabiy-badiiy tadbirlar, Samarqand viloyatida joylashgan taʼlim muassasalari o‘quvchilarini Samarqand shahridagi Alisher Navoiy tahsil olgan Fazlulloh Abullays Samarqandiy madrasasiga tashriflari, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan turli uchrashuvlar, davra-suhbatlari hamda “Bobur” jamoat fondi bilan hamkorlikda xalqaro konferensiya tashkil etiladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 OAVda biz!
"Халқ сўзи" gazetasi
Prezidentga ochiq aytilgan gaplar, istiqboldagi rejalar
Alisher QODIROV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o'rinbosari, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari
#BIRMIZ. QALBAN BIRGAMIZ!
#BIRGA YENGAMIZ!
🔹Telegram 🔹 Website 🔹 Facebook 🔹Instagram 🔹
"Халқ сўзи" gazetasi
Prezidentga ochiq aytilgan gaplar, istiqboldagi rejalar
Alisher QODIROV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o'rinbosari, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari
#BIRMIZ. QALBAN BIRGAMIZ!
#BIRGA YENGAMIZ!
🔹Telegram 🔹 Website 🔹 Facebook 🔹Instagram 🔹
📌 Qachon o'zingizni o'zingiz fosh qilasiz?!
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi masʼullariga
Maʼlumotlarga qaraganda, 2020-yilda 6 442,6 km. avtomobil yo‘li qayta qurilib, taʼmirlangan. Buning uchun 5 186,3 mlrd. so‘m sarflanibdi. Bu raqam kichik raqam emas. Agar har bir tiyiniga xiyonat qilmaganida edi, yo‘limiz bugungidek abgor holatga kelmagan bo‘lardi. Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “Hamma joyda korrupsiya, hamma joyda o‘g‘rilik”.
Transport prokuraturasi o‘tgan yili faqat yo‘l va ko‘prik qurilishi bo‘yicha 40 ga yaqin jinoiy ish qo‘zg‘atib, 10 mlrd. dan ortiq byudjet mablag‘i talon-toroj qilinganini aniqlabdi. Aniqlanmagani qancha ekan?!
Hozir hamma joyda jamoatchilik nazoratiga kuch berilyapti va bu eng to‘g‘ri yo‘l. Yo‘l qurilishida ham tashqi nazoratni kuchaytirish lozim. Aks holda “dunyo andozalari darajasida”gi yo‘llarimizda bir yil o‘tmay “yama”lar paydo bo‘laveradi, jabrini esa odamlar tortaveradi. Yo‘lsozlarni esa vijdon bilan qaytarib bo‘lmayapti, jinoiy javobgarlikdan ham qo‘rqmayapti, baʼzilari.
Yevropaning aksar davlatlarida yo‘lsozlar ko‘chadagi nosozlik haqida xabar berganlarni rag‘batlantirar ekan! Chunki nosozlikdan biron avtomobil zarar ko‘radigan bo‘lsa, masʼul idora “otning kallasidek” jarimaga tortilarkan. Shuning uchun yo‘llar sifatli, hech kim xiyonat qilmaydi.
Bizda ham shunday nazorat yo‘lga qo‘yilishi kerak. (Bu haqda ilgari ham yozgandim) Agar bu tashabbus Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining o‘zidan chiqsa, tashkilot imijiga ham yaxshi bo‘lardi. Ijtimoiy tarmoqlardagi gap-so‘zlar kamayardi.
Mana, yo‘l qoidasini buzganlar, korrupsiya haqida xabar berganlar, savdo chekini oladiganlar, hatto, piyoda yurganlar rag‘batlantirilyapti. Qo‘mita o‘z-o‘zini nazorat qilib, nafsi hakkalak otgan sheriklarini fosh qilib tursa, talon-torojlik kamayarmidi. Axir sohaga byudjetdan chakana pul yo‘naltirilmayapti. Bu yil 4 577,4 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilar ekan!
Buning uchun esa haydovchilar ham shafqat qilmay, yo‘lsozlarni sudga berishni odat qilishi lozim.
Fuqarolik kodeksining 57-bob 985-moddasida g‘ayriqonuniy harakat tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek, yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘liq qoplanishi ko‘rsatilgan.
Taklifim: Qonunchilik palatasi tomonidan ushbu modda va yo‘lsozlik bilan bog‘liq qonun hujjatlariga xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda o‘zgarishlar kiritilishi, aybdor tomonning javobgarligi yanada kuchaytirilishi lozim. Shuningdek, bu bilan bog‘liq sud jarayoni ham lag‘mondek cho‘zilmasligi kerak. Aks holda, sudma-sud yugurishdan qochib, yana “o‘zbekchilik”ka boraveramiz.
✍️ Jahongir ZIYAYEV,
O‘zMTDP Mirzo-Ulug'bek tumani kengashi deputati

📌 "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tashabbusi bilan Toshkent shahridagi markaziy ko‘chalarda maxsus eʼlonlar o'rnatildi.
“Milliy tiklanish”da adabiyot va maʼrifat” haftaligi doirasida Madaniyat vazirligi va Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa sanʼati instituti bilan hamkorlikda 8-fevral kuni soat 17:00 da “Turkiston” sanʼat saroyida "Navoiy navolari" badiiy kechasi o‘tkaziladi.
#BIRMIZ. QALBAN BIRGAMIZ!
#BIRGA YENGAMIZ!
🔹Telegram 🔹 Website 🔹 Facebook 🔹Instagram 🔹
“Milliy tiklanish”da adabiyot va maʼrifat” haftaligi doirasida Madaniyat vazirligi va Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa sanʼati instituti bilan hamkorlikda 8-fevral kuni soat 17:00 da “Turkiston” sanʼat saroyida "Navoiy navolari" badiiy kechasi o‘tkaziladi.
#BIRMIZ. QALBAN BIRGAMIZ!
#BIRGA YENGAMIZ!
🔹Telegram 🔹 Website 🔹 Facebook 🔹Instagram 🔹
📌 Deputat ko‘magida 10 nafar xotin-qiz ishli bo‘ldi
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Navoiy viloyati kengashidagi deputati Otabek Mustaqimov amaliy ko‘magi bilan 10 nafar xotin-qiz ishli bo‘ldi. Ishsizlar ro‘yxatiga kiritilgan ayollar “Marjona-Xushnudbek” oilaviy korxonasiga qarashli tikuv bo‘limiga ishga joylashtirildi.
“Odamlarning turmush tarzi, birinchi navbatda, qishloq aholisi obodligi va farovonligini taʼminlash, ularning turmush madaniyatini oshirish partiyamizning pirovard vazifasi hisoblanadi, – dedi Otabek Mustaqimov. – Shu maʼnoda, partiyaning barcha darajadagi deputatlari bu boradagi ishlarga masʼul.
✍️ O‘zMTDP Navoiy viloyati kengashi Axborot xizmati
#BIRMIZ. QALBAN BIRGAMIZ!
#BIRGA YENGAMIZ!
🔹Telegram 🔹 Website 🔹 Facebook 🔹Instagram 🔹
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Navoiy viloyati kengashidagi deputati Otabek Mustaqimov amaliy ko‘magi bilan 10 nafar xotin-qiz ishli bo‘ldi. Ishsizlar ro‘yxatiga kiritilgan ayollar “Marjona-Xushnudbek” oilaviy korxonasiga qarashli tikuv bo‘limiga ishga joylashtirildi.
“Odamlarning turmush tarzi, birinchi navbatda, qishloq aholisi obodligi va farovonligini taʼminlash, ularning turmush madaniyatini oshirish partiyamizning pirovard vazifasi hisoblanadi, – dedi Otabek Mustaqimov. – Shu maʼnoda, partiyaning barcha darajadagi deputatlari bu boradagi ishlarga masʼul.
✍️ O‘zMTDP Navoiy viloyati kengashi Axborot xizmati
#BIRMIZ. QALBAN BIRGAMIZ!
#BIRGA YENGAMIZ!
🔹Telegram 🔹 Website 🔹 Facebook 🔹Instagram 🔹
📌 O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining “Navoiy vorislari” respublika ko‘rik-tanlovi (2018-yil 13-fevral)
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi tomonidan buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligini keng nishonlash munosabati bilan 2021-yil 1—15-fevral kunlari davomida “Milliy tiklanish”da adabiyot va maʼrifat” haftaligi tashkil etiladi.
Haftalik davomida “Navoiy vorislari” ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari o‘rtasida mushoira, "Navoiy navolari" maʼrifiy badiiy kechasi, Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya, “Navoiyni anglash” mavzusida joylarda g'azalxonlik kechalari, taʼlim muassasalari, mahallalar, harbiy qismlar va tashkilotlarda Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Navoiy va yoshlar” shiori ostida adabiy-badiiy tadbirlar, Samarqand viloyatida joylashgan taʼlim muassasalari o‘quvchilarini Samarqand shahridagi Alisher Navoiy tahsil olgan Fazlulloh Abullays Samarqandiy madrasasiga tashriflari, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan turli uchrashuvlar, davra-suhbatlari hamda “Bobur” jamoat fondi bilan hamkorlikda xalqaro konferensiya tashkil etiladi.
✍️ O'zMTDP Markaziy kengashi Axborot xizmati
#BIRMIZ. QALBAN BIRGAMIZ!
#BIRGA YENGAMIZ!
🔹Telegram 🔹 Website 🔹 Facebook 🔹Instagram 🔹
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi tomonidan buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligini keng nishonlash munosabati bilan 2021-yil 1—15-fevral kunlari davomida “Milliy tiklanish”da adabiyot va maʼrifat” haftaligi tashkil etiladi.
Haftalik davomida “Navoiy vorislari” ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari o‘rtasida mushoira, "Navoiy navolari" maʼrifiy badiiy kechasi, Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya, “Navoiyni anglash” mavzusida joylarda g'azalxonlik kechalari, taʼlim muassasalari, mahallalar, harbiy qismlar va tashkilotlarda Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Navoiy va yoshlar” shiori ostida adabiy-badiiy tadbirlar, Samarqand viloyatida joylashgan taʼlim muassasalari o‘quvchilarini Samarqand shahridagi Alisher Navoiy tahsil olgan Fazlulloh Abullays Samarqandiy madrasasiga tashriflari, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan turli uchrashuvlar, davra-suhbatlari hamda “Bobur” jamoat fondi bilan hamkorlikda xalqaro konferensiya tashkil etiladi.
✍️ O'zMTDP Markaziy kengashi Axborot xizmati
#BIRMIZ. QALBAN BIRGAMIZ!
#BIRGA YENGAMIZ!
🔹Telegram 🔹 Website 🔹 Facebook 🔹Instagram 🔹
📌 Navoiy - shoirlar sultoni
O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Farg'ona shahar kengashi tashabbusi bilan Farg'ona davlat universitetining fizika-matematika fakultetida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan “Shoirlar sultoniga ta’zim” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Tadbirda Farg'ona shahar kengashi raisi Muqaddasxon Shokirova va partiya faollari A.Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi, xalqimiz, jahon adabiyoti tarixidagi, milliy madaniyatimiz rivoji yo'lidagi o'rni xususida talabalar bilan o'rtoqlashdilar.
✍️ O’zMTDP Farg’ona viloyati Kengashi Axborot xizmati

📌 Deputatimiz tashabbusi
O‘zMTDPdan Surxondaryoning Boysun tuman Kengashiga saylangan deputat Samad Bahoviddinov tomonidan tumandagi "Sho‘rsoy" mahallasining Nurafshon ko‘chasidagi tepalik yo‘lni pasaytirish yuzasidan so‘rovi tuman hokimligi tomonidan ma'qullandi va bu uchun zarur texnikalar ajratildi. Ishni tashkil etishda esa deputat boshchiligidagi mahalla faollaridan iborat ko‘ngillilar mahalla obodligi yo‘lida hamjihatlikda faollik ko‘rsatishdi.
Deputatimiz partiaymiz Saylovoldi dasturidagi aholi turmush sharoitini yaxshilashga oid maqsadlarni amalga oshirish va turli masalalarni hal etishda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi tuman Kengashi bilan hamkorlikda fuqarolarga muntazam ko‘mak berib borishini alohida ta'kidladi.
✍️ O'zMTDP Surxondaryo viloyati Kengashi Axborot xizmati

📌 Ta’lim maskanlari deputat nazoratida
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muxtabar Xusanova Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan “Xuroson”, “Qo‘rg‘ontepa”, “Tepaqo‘rg‘on” mahallalarida bo‘lib, mavjud muammolarni, aholining kayfiyatini o‘rgandi, mahalla faollari bilan muammolar yechimi bo‘yicha fikr almashdi.
O‘rganish mobaynida 341-maktabgacha taʼlim tashkiloti va 283-umumtaʼlim maktabida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari ko‘zdan kechirildi, sport zalining zarur anjomlar bilan taʼminlangani, o‘quvchilarning ovqatlanishi uchun yaratilgan sharoitlarga alohida eʼtibor qaratildi.Muassasalardagi ishlar ijrosi qatʼiy nazoratga olinadigan bo‘ldi.
✍️ O’zMTDP Toshkent shahar kengashi Axborot xizmati