Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
2.37K subscribers
12.2K photos
857 videos
59 files
3.68K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
Forwarded from Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi (Sardor Sirojiddin)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ChSB_1
#Ixtisoslik_fanlari
#Muhammad_Yusuf_nomidagi_ijod_maktabi

🔰Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida 1-chorak yakuni bo'yicha ixtisoslik fanlaridan ChSB - 1 (choraklik summativ baholash) imtihonlari bo'lib o'tmoqda.

👉@ptma_myim
#Zahiriddin #Muhammad #Bobur #Alisher #Navoiy

G'AZALLARDA NAVOIYNI ANGLADIM                                                                  
🇺🇿 Millatimiz ma'naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizda keng nishonlanmoqda.

📹🎞 Urganch shahar ixtisoslashtirligan maktab-internatida ham ikki ulug' siymo - Navoiy va Bobur hayoti va ijodini o'rganish maqsadida  o‘quvchilari orasida 9-fevral kuni #Navoiy_day xeshtegi ostida, 14-fevral kuni esa #Bobur_day xeshtegi ostida chellenjlar tashkil etiladi.

⚡️ Chellenjda Navoiy va Bobur ijodidan namunalarni jonli oʻqish jarayonini videorolik qilish lozim.

⭐️⭐️Daholarning bebaho asarlari, ma'naviy mulki sanalgan ijodidan namunalar ijro etib tanlovda siz ham faol ishtirok eting.                         

Tayyorlagan video roliklaringizni ushbu guruhga joʻnating  👉https://t.iss.one/+uUf3iJ_l7hM4N2Uy                                                         
🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
👍2🔥1
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

⚡️DIQQAT TANLOV

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 6-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Ijodiy tanlov 4 yo‘nalishda bo‘lib o‘tadi:

- 6-sinflar o‘rtasida shoir she’rlarida ishtirok etgan detallar asosida ijodiy matn tuzish,
- 7-sinflar o‘rtasida shoir hayoti va ijodi bilan bog‘liq rasmlar tanlovi,
- 8-sinflar o‘rtasida shoir ijodiga bag‘ishlangan adabiy esse yaratish,
- 9-sinflar o‘rtasida shoir she’rlari asosida bahr-u bayt.

Tanlov 2 bosqichdan iborat bo‘lib, 15-20 aprel kunlari tuman va shahar bosqichlari, 25-aprel kuni viloyat bosqichi o‘tkaziladi.

G‘olib deb topilgan o‘quvchilar shoir tavalludining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan viloyat tadbirida taqdirlanadi.

Murojaat uchun telefon
+998934433385

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
#Tanlov
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
#Qóshiq_bólib_qaytaman
🔈🔈🔈Aziz  adabiyot va she'riyat ixlosmandlari!

🟠Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab- internati 26-aprel O'zbek adabiyotining taniqli vakili, buyuk shoir, Vatan madhining betakror kuychisi Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan "Mehr qolur, muhabbat qolur" shiori ostida Ijodiy tanlov e'lon qiladi.

Tanlov quyidagi yo'nalishlarda bo'lib o'tadi.

🟢Muhammad Yusuf she'rlaridan bahr-u bayt

🟢Shoir hayoti va she'rlariga bag'ishlangan she'rlar

🟢Shoir hayoti va ijodiga bag'ishlangan video roliklar

🟢Muhammad Yusuf hayoti va she'rlariga bag'ishlangan rasmlar tanlovi bo'lib o'tadi.

🟢Shoir she'rlari asosida kuylangan qo'shiqlar ijrosi ( yakka yoki guruh holida)

Ijodiy ishlar 23-aprel kunga qadar qabul qilinadi.
Tanlov uchun Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi @Asalxon_Yuldasheva ga murojaat qilishingiz mumkin.

🏆🏆🏆Tanlovda 🥇🥈🥉-oʻrinni egallagan oʻquvchilar munosib taqdirlanadi🏅🎖🎖

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda

26-aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanida tug‘ilgan.

Shoir adabiyotimizda betakror timsollar yarata olgan, hayot voqeligini chuqur va o‘ziga xos tarzda ifodalagan, ajoyib iste’dod sohibi sifatida munosib iz qoldirgan.

Muhammad Yusuf 2001-yil 47 yoshida vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 2017-yildan faoliyat yuritib kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍5
#Tanlov
#Muhammad_Yusuf_70_yoshda
#Qo'shiq_bo'lib_qaytaman


📍Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab- internatida 26-aprel O'zbek adabiyotining taniqli vakili, buyuk shoir, Vatan madhining betakror kuychisi Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan "Ajdodlar mardona ruhi senga yor!" shiori ostida mushoira kechasi bo'lib o'tdi.

🏆5-6-sinflardan o'rtasida o'tkazilgan "Mushoira kechasida"

🥇1-o'rinni 6.01-sinf o'quvchisi G'anijonova Sarvinoz egalladi.

"Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,
Qumlar bosin qurimasin daryolarim,
Alpomishga alla aytgan momolarim
Ruhini shod etay desang-xalq bo'l, elim!..."


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
👍12👌2
#Muhammad_Yusuf__71_yilligi

📍Urganch shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bag'ishlab "Qalbga ko'milar asl shoirlar" nomli badiiy kecha o'tkazildi.

🎯Tadbir davomida o'quvchilar tomonidan shoirning tavalludi, rafiqasi Nazira Assalom, qizlari bilan bog'liq voqealar sahnaga olib chiqildi. Shoirning "Qora quyosh" dostoni nashr qilinishidagi qiyinchiliklari o'quvchilar tomonidan chiroyli ijro qilindi.

💥Vatanga muhabbat, ona, sadoqat va oqibat va tarixiy mavzulardagi she'rlari ijro etildi. O'quvchi-yoshlar Muhammad Yusuf izdoshlari sifatida "Ona, meni nega tug'ding, "Senga sevgim beraymi?","Bibi","Uzr" she'rlari teatrlashtirildi. O'lmas Samarqandiyning ijodkorga bag'ishlab yozgan she'ri o'qildi.

Tadbir yakunida maktab-internat direktori G'.Axmedov va Y.Atadjanova so'zga chiqib, olingan ma'naviy ozuqa uchun ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari va ishtirokchilarga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥20👍1👌1
#Ijodiy_ishlar_tanlovi
#Muhammad_Yusuf_71_yoshda
#Tabriklaymiz

📣📣📣📣📣

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarining 7-11-sinf oʻquvchilari o‘rtasida “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusida ijodiy ishlar tanlovini e’lon qilgan edi.

📝Tanlovda shoir sheʼrlari asosida tahliliy va publitsistik maqolalar, esse yozish boʻyicha Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 10.03-sinf oʻquvchisi Sabirova Maftuna oʻzining ilmiy maqolasi bilan qatnashib, faxrli 3-oʻrinni egalladi.


📦 Oʻquvchimiz
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi tomonidan badiiy kitoblar va 3-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Oʻquvchimizni bu yutugʻi bilan tabriklaymiz va ilm izlashdan toʻxtamaslikni tilab qolamiz.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
👍11