Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
2.38K subscribers
12.2K photos
857 videos
59 files
3.68K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Bugun_xotira   
#Omon_Matchon_80
  
Omon Matjon (taxallusi; asl ism-sharifi Matchonov Omon) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1993). 1943-yilning 14- fevralida Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida tug'ilgan. Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1969).

Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri (1969-85), "Yoshlik" jurnalida bosh muharrir (1985-91), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida masʼul xodim (1991—94), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasida rais oʻrinbosari (1994—99), "Choʻlpon" nashriyotida direktor (1999—2001), 2001-yildan "Gulxan" jurnalida bosh muharriri kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Sheʼrlari 1965-yildan boshlab eʼlon qilina boshlagan. Shoirning "Karvon qoʻngʻirogʻi" (1973), "Quyosh soati" (1974), "Yonayotgan daraxt" (1977), "Yarador chaqmoq" (1977), "Seni yaxshi koʻraman" (1981), "Daraxtlar va giyohlar" (1984), "Oʻrtamizda birgina olma" (1990), "Odamning soyasi quyoshga tushdi" (1991), "Qush yoʻli" (1993), "Iymon yogʻdusi" (1994), "Ardaxiva" (2000), "Xoja Ahror ziyoratlari" (2002) va boshqa sheʼriy asarlarida voqelikni nozik his etgan holda badiiy ifodalash, muayyan hodisadan favqulodda falsafiy xulosalar chiqarish, oʻzi tugʻilib oʻsgan muhit koloritiga mos ifodalar topish tamoyili ustu-vorlik qiladi. Omon Matjon lirik sheʼrlar bilan birga lirik qissa va dramatik doston janrlarida ham ijod qilib, Xorazm xalq afsonalarining oʻziga xos badiiy talqini — "Haqqush qichqirigʻi" (40 afsona, 1979) sheʼrlar kitobini, istiqlol arafasidagi shoʻrolar mamlakati hayotining ziddiyatli manzaralari va jarohatlari tasviriga bagʻishlangan "Gaplashadigan vaqtlar" (1986) qissasini, shuningdek, oʻzbek xalqining Xorazmdan chiqqan buyuk siymolari haqidagi dramatik dostonlari ("Pahlavon Mahmud", 1975; "Beruniy", 1977 va boshqalar) ni yaratgan. "Ming bir yogʻdu" (1982) asari Navoiy "Xamsa"si taʼsirida yozilgan. Omon Matjon bu asarlarida oʻtmishda yashab ijod qilgan oʻlmas siymolar hayoti va hozirgi davr muammolarini tasvirlashda liro-epik sheʼriyat imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangan. Oʻzbek sheʼriyatiga Xorazm shevasiga xos leksik unsurlar va musiqiy ohanglarni olib kirgan, lirik sheʼriyatni epik sheʼriyat unsurlari bilan boyitgan.


Mukofotlari

O'zbekiston xalq shoiri (1993)
Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989)
#Bugun

🗓10-MAY - G'AFUR G'ULOM TAVALLUDIGA 120 YIL TO‘LDI

📝 G‘afur G‘ulom (1903-1966)ning she’riyati va nasrida o‘zbek xalqi tarixi o‘zining badiiy timsolini topgan. Yozuvchining ijodi rang-barang — she’rlar, qo‘shiqlar, dostonlar, qasidalar, hikoyalar, qissalar. Uning Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdagi ijodi o‘zbek adabiyoti rivojida beqiyos o‘rin tutgan.

🔹 G’afur G’ulom — quyidagi asarlar muallifi:
“Feliks farzandlari”, “Dinamo”, “Xitoy suratlari”, “Biz sizlar bilan tirikmiz”, “Jonli qo‘shiqlar”, “Sizga”, “Sovg‘a”, “Tong qo‘shig‘i”, “Qo‘qon” dostoni, “Sen yetim emassan” (1942), “Qayg‘u” (1942), “Biri biriga shogird, biri biriga ustod” (1950), “Sizlarga - yoshlar” (1947), “Bahor taronalari” (1948), “Netay” (1930), “Yodgor” (1936), “Shum bola” (1936-1962) qissalari va “Shariat nayranglari” (1930), “Mening o‘g‘rigina bolam” (1965) hikoyalari va boshqalar.

📌Bu yil adibning 120 yilligi butun respublikamizda keng nishonlanmoqda.

🌐
Telegram | Facebook
👍3
#Bugun

15-MAY - XALQARO OILA KUNI

☝️1993-yil 20-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining “Xalqaro oila yili to‘g‘risida”gi rezolyusiyasi qabul qilingan.

✔️Ushbu xalqaro hujjatiga muvofiq 1994-yildan boshlab 15-may – Xalqaro oila kuni sifatida dunyoning deyarli barcha davlatlarida nishonlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 15- may "Xalqaro oila kuni" sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

☀️ Fursatdan foydalanib, mamlakatimizda baxtli va farovon oilalar soni ko‘payishini hamda har bir oila tinch-osoyishta bo‘lib, yurtimiz ravnaqi va barqarorligiga asos bo‘lishini tilaymiz!

🌐
Telegram | Facebook
👏5👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

🌐 Telegram | Facebook
👍9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

25 oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni!

👮‍♂️Xalqimizning tinch va farovon hayot kechirishini ta'minlashda, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda, jamoat tartibini saqlashda Ichki ishlar xodimlarining xizmatlari alohidadir!

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#bugun_xorazm

Xorazmda ta'lim maskanlariga tashrif davom etmoqda

🗣️H.Umarovaning viloyatdagi navbatdagi tashriflaridan Xiva tumanidagi 120 o'rinli 18-maktab va 1-sonli DMTT, Xiva shahrida 1972-yilda qurilgan 280 o'rinli 8-sonli DMTTlar o'rin oldi.

✔️Vazir mazkur joylarda ta'lim-tarbiya jarayonlari, binolar holati, kadrlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

📊Viloyatda 557 ta maktab faoliyat ko'rsatmoqda, shulardan 438 tasida harbiy sinflar tashkil etilgan.

👨🏻‍✈️👩🏻‍✈️Vazir harbiy o'qituvchilar bilan suhbat chog'ida ularning faoliyati ham harbiylarnikidek mas'uliyatli va sharafli ekanligini e'tirof etdi.

❗️Ma'lumot uchun: Bugungi kunda Xorazm viloyatida 1 973 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shundan 366 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 95 ta davlat xususiy sherikchiligidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 7 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 1 505 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda.

👫3-7 yoshdagi bolalar soni 153 976 nafar bo‘lib, ularning
125 000 nafari (81.2 %) qamrab olingan. Shundan, 75 865 nafari (49,3%) davlat, 240 nafari (0,2%) xususiy, 10 418 nafari (6,8%) DXSh asosidagi, 38 477 nafari (25,0%) oilaviy MTT larga qatnaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
#Bugun

2-mart - O‘zbekiston Respublikasi BMTga a'zo bo‘lgan kun.

🇺🇳 1945-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga asos solindi.
Uning assambleyalarida turli davlatlarning vakillari xalqaro masalalarni muhokama qiladilar.
Uning asosiy vazifasi — jahondagi keskinlikni yumshatish va yangi urush chiqish xavfini kamaytirish. 

BMTning Xavfsizlik Kengashiga 15 davlat a'zodir.
Shulardan 5 tasi, ya'ni — AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy — doimiy a'zo davlatlardir.


Ushbu Kengash kengash a'zolaridan bo‘lgan biror bir mamlakatga qarshi ovoz berish huquqiga yoki xavfli nuqtalarga, tinchlikni qaror toptirish uchun qo‘shinlarni yo‘llash huquqiga egadir. 

Biroq BMTning barcha harakatlari ham muvaffaqiyat qozonavermaydi.
U odatda Buyuk davlatlar, masalan AQShning, manfaatlariga aloqador mojarolarni tartibga solishga ojizdir.

1992-yil 2-mart -  O’zbekiston Respublikasi BMTga a’zo boʻldi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Bugun

14-mart – Xalqaro Matematika kuni

🧮 Xalqaro matematika kuni (XMK) har yili 14-mart kuni nishonlanadi. Ushbu kun xalqaro matematik Ittifoq tomonidan YUNESKO bilan hamkorlikda matematikaning jamiyatdagi ahamiyatini targ'ib qilish va uning fan, texnologiya, muhandislik va iqtisodiyot kabi turli sohalarga ta'sirini ta'kidlash uchun tashkil etilgan.

Zamonaviy matematikada algebra, hisob va tahlil, geometriya, sonlar nazariyasi, matematik mantiq va to‘plamlar nazariyasi, statistika va ehtimollar nazariyasi, hisoblash matematikasi kabi bir qancha asosiy fanlar mavjud.

🟰Matematika zamonaviy texnologiyalar uchun zarur. Transport va aloqa tarmoqlarini optimallashtirish, tabiiy ofatlarga oldindan tayyorgarlik ko'rish uchun xavfni tushunish va hisoblash, sog'liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot tizimlarini boshqarishda yordam beradi.

Smartfon yoki GPS-navigator kabi har kuni foydalanadigan dasturiy ta'minot va texnologiyalar ortida ham matematik fanlar turadi.

🌐 Telegram | Facebook
🎉7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

🇺🇿 Bundan roppa-rosa 33 yil avval, 1991-yil, 31-avgust:

“Men shu bugundan e'tiboran 1-sentabrni Mustaqillik kuni — umumxalq bayrami deb e'lon qilishni taklif etaman!” — Islom Karimov

🌐Telegram | Facebook
👍18🎉5🔥1👏1
#Bugun

4-oktabr – Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Otajon Xudoyshukurov tavallud topgan kun

Otajon Xudoyshukurov 1944-yil Qoraqalpogʻistonning To‘rtko‘l tumanida dunyoga kelgan.

Uning repertuaridan mumtoz ashulalar, Xorazm dostonnomalari, kompozitor va bastakorlar asarlari, shuningdek, turkman, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq va qirg’iz xalq qo’shiqlari o’rin olgan.


Ellikqalʼa va Toʻrtkoʻldagi koʻcha va xiyobonlarga Otajon Xudoyshukurov nomi berilgan. Toʻrtkoʻl tumanida uning uy-muzeyi mavjud.

🌐 Telegram | Facebook
#Bugun

🔥 1992-yil 10-dekabr. Shu kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Bugun esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligiga 32 yil to‘ldi.

Madhiyamizda xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.

🥳 Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimiz, yoshlarimizni ushbu qutlug‘ kun bilan chin dildan muborakbod etaman! Istiqlolimizni, yurtimizning kuch-qudrati, xalqimizning aql-zakovati, ajdodlarimizning shon-shuhrati va avlodlarimizning yorug‘ kelajagini sharaflovchi ushbu tarona asrlar osha baralla yangrayversin!

🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Bugun

Sohibqiron Amir Temur xotirasi kuni

1405-yil (bundan 620 yil oldin) – O'tror hokimi Berdibek saroyining Temur uchun maxsus jihozlangan xonasida Xitoy yurishiga otlangan buyuk lashkarboshi, davlat arbobi Amir Temur vafot etdi. Bu hodisa hijriy 807-yil sha'bon oyining o'n yettinchi kuni (milodiy 1405-yil 18-fevralda) yuz berdi. Buyuk saltanat asoschisi namozshom bilan xufton orasida, “Tavhid” kalimasini takror-takror aytib, hayotdan ko'z yumdi.


Vatanimiz tarixidagi 18-fevral sanasi bilan bog'liq ayrim voqealar bayoni.

Batafsil:
https://uza.uz/posts/689383
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

✍️ Matnazar Abdulhakim tavallud topgan kun!

IBODAT

Rad etmagil dahriy deb meni,
Mustajob et ezgu duoyim.
O‘g‘il ko‘rsin o‘g‘li yo‘q odam,
Qizi yo‘qqa qiz ber, Xudoyim.

Umid bilan dunyoga kelgan
Farzandsizlik dog‘in tuymasin
Hech parranda, hech darrandaning,
Qo‘y, iloyim, pushti kuymasin.

Qulunlar ber saodatmand et
Har bir tulpor, har bir duldulni.
Avlodidan mosuvo qilma
Biron to‘ti, biron bulbulni.

Qo‘ralarga soladi qiron,
Uyalarda qiladi buzg‘un.
Bola ko‘rsin, baribir, bo‘ri,
Jo‘ja ochsin, baribir quzg‘un.

Qoraysa ham dastidan falak
Junjiksa ham dastidan bog‘lar,
Zag‘chalar ko‘p sernasil bo‘lsin,
O‘zlaridan ko‘paysin zog‘lar.

Uzumlar ko‘p meva bersinlar,
Gujumlar ko‘p soya bersinlar.
Mayli, pechak, mayli, alaf ham,
Ildizini yoya bersinlar.

Menga she’r bermasang bermagil,
Boshqalarni qilma nolonlar.
Mayliga, boshqorong‘i bo‘lsin
Mening yuragimga ilonlar.

Shudir senga o‘tinchim, nolam,
Iltijo ham faryodim doim.
Baxtimizga O‘zing yolg‘izsan,
Shu baxt bizga basdir, Xudoyim.


🌐
Telegram | Facebook
👍3
#bugun

6-mart – Mendeleyev jadvali e’lon qilingan kun

⚡️Deyarli hammamiz Dmitriy Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalini tushida ko‘rib kashf qilgani haqidagi gapni eshitganmiz va ilm-fanning eng taniqli atributlaridan biri sifatida Mendeleyev jadvali kimyodan uzoq odamlarga ham tanish narsa, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

6-mart — hammamiz yaxshi biladigan davriy jadval haqida ilm-fan ilk bora xabar topgan kun bo‘lib, bundan roppa-rosa 156 yil muqaddam, ya’ni 1869-yilning shu sanasida Rus kimyo jamiyati majlisida tarixda ilk bora davriy qonun haqida o‘qib eshittirilgan edi.

🌐 Telegram | Facebook
👍10🔥2