Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
2.37K subscribers
12.2K photos
857 videos
59 files
3.67K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Сўнгги_қўнғироқ

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘zi tahsil olgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

Bugun vazir Hilola Umarova Toshkent shahridagi 241-maktabda bo‘lib, “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida tashkil etilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

❗️Tadbir
avvalida vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga tabrigini o‘qib eshittirdi va yangi hayot sari qadam tashlayotgan yoshlarni samimiy tabriklab, ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

✔️ Tadbir doirasida Hilola Umarova Toshkent shahridagi maktablarda faoliyat yuritib kelayotgan faxriy ustozlar bilan ham uchrashib, ularning 4 nafarini "Xalq ta'limi fidoyisi", 13 nafarini esa "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirladi.

📌 Ma'lumot o'rnida, mazkur maktabni bu yil 39 nafar 11-sinf o'quvchilari bitirdi. Ulardan 7 nafari muddatidan oldin oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan, 4 nafari xalqaro IELTS sertifikatiga ega va 1 nafari fan olimpiadasida oltin medal sohibi hisoblanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
👍9👌2