IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.58K photos
677 videos
50 files
2.69K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining hammasi ham aniq va tabiiy fanlarga qabul qilmas ekan. Ushbu maʼlumotlarni maktablar kesimida qayerdan olsak bo‘ladi?

2023-2024-o‘quv yilida Agentlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining ro‘yxati portal.piima.uz saytiga joylashtirilgan bo‘lib, u bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin

🗂 Ro‘yxat

Yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari, ularning qaysi fanlardan nechinchi sinfga qabul qilishi haqida batafsil maʼlumot bera olasizmi?

2023-2024-o‘quv yilida Agentlik tizimida yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining ro‘yxati portal.piima.uz saytiga joylashtirilgan bo‘lib, u bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin

🗂 Ro‘yxat

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
O‘tayotgan hafta O‘zbekiston ta’lim sohasida ikkita yirik xalqaro tadbir bilan tarixda qoldi. 

Biri Samarqandda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti ta’lim vazirlarining uchrashuvi bo‘lsa, keyingisi Xivada kecha nihoyasiga yetgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi xalqaro kimyo olimpiadasi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan mazkur olimpiadada Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston, Vyetnam, Jazoir, Braziliya, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Ummon Sultonligi, Gruziya, Turkmaniston kabi davlatlaridan yuzdan ortiq o‘quvchilar o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi. Vatanimiz sharafini 16 nafar o‘quvchimiz munosib himoya qildi, deb faxr bilan aytishim mumkin.

Fursatdan foydalanib, olimpiadada g‘olib bo‘lgan, unda munosib ishtirok etgan va tashkil qilishga bosh-qosh bo‘lgan barchani g‘alaba bilan muborakbod etaman.

Xalqaro darajadagi nufuzli tadbirlarni tashkil etishda qatnashgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasiga esa umumiy ishimizga qo‘shgan hissangiz uchun, hamkorlik va barcha sa’y-harakatlar uchun o‘zimning minnatdorligimni bildirib qolaman. Zero, katta kuch va mehnatsiz bu ishni uddalash qiyin bo‘lardi.
#Faxrimiz

SAT

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan  maktab-internatining 10-sinf o'quvchisi Urazmatova Sevinchoy matematika va ingliz tili fanlari bo'yicha 1380 ball to'plab SAT sertfikatini qo'lga kiritdi va xalqaro va oliy ta'lim muassasalariga kirish imkoniyatiga ega bo'ldi.

💫Sevinchoy o'quvchimizni yutuq bilan tabriklab, keyingi o'qishlarida muvafaqiyatlar tilaymiz!

   ▶️ 🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Abdul Qosim Ismoilning "yuradigan kutubxonasi"

Abdul Qosim Ismoil – Forsning buyuk vaziri (X asr) har doim o‘z kitoblarini yonida olib yurgan. Agarda u biror joyga jo‘namoqchi bo‘lsa, kutubxonasi ham "ortidan" yo‘lga tushgan. Uning 117 ming tomlik kitoblarini jami 400 ta tuya ko‘tarib yurgan. Bundan tashqari, kitoblarni olib yuruvchi tuyalar alifbo tartibida joylashtirilgan.

@Ilm_nur_kutubxonasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 18-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma

📣 Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan rasmiy o‘quv kurslari mavjud emas!

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida mo‘maygina daromad orttirayotgan tayyorlov kurslarining e’lonlari juda ko‘p uchramoqda. Bunday yolg‘on xabarlarga ishonmasligingizni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga o‘quvchilar Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan testlar asosida shaffof tarzdagi imtihonlar orqali tanlab olinadi. Yuqorida ta’kidlangan tayyorlov kurslarida aniq qo‘llanmalar mavjud emas.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ko‘p uchramoqda. Bu kabi telegram kanallarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yo‘q.

📌 Prezident maktablariga qabul bo‘yicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy kanallari orqali berib boriladi.

🔹 Siz qabul jarayonlari, kvotalar, imtihonlar va boshqa ma’lumotlarni aynan shu sahifalar orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Грант асосидаги қабул квоталари тасдиқланди

Бу йил бакалавриатга 34 860 талаба грант асосида қабул қилинади. Бу ўтган йилги кўрсаткичдан 10 фоизга кўп. Магистратурага қабулдаги грант ўринлари эса қарийб 1 фоизга оширилиб, 8 923 та этиб белгиланди. Контракт асосидаги квоталар қабул бошлангунигача – 3 кун ичида тасдиқланиши кутиляпти.

👉 https://kun.uz/99884775

Kun.uz расмий канали
Мактаб битирувчиларига шаҳодатномалар электрон шаклда берилади

9- ва 11-синфни битираётган ўқувчиларга шаҳодатномалар қоғоз шаклда эмас, электрон шаклда берилади.

👉 https://kun.uz/42568748

Kun.uz расмий канали
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️ RASMAN: Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo’ladi

Prezident farmoniga binoan 29-iyun (payshanba) kuni ham ish haftasidan qat’i nazar barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni sifatida e’lon qilindi.

Demak, quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:

28-iyun, chorshanba (Qurbon hayiti);
29-iyun, payshanba (barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni);
30-iyun, juma (barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni);
1-iyul, shanba (6 kunliklar uchun qo’shimcha dam olish kuni);
2-iyul, yakshanba.


👉 @xushnudbek 👈
Insonning ulug‘ligi uning bo‘yi bilan o‘lchanmaganidek, xalqning buyukligi uning soni bilan o‘lchanmaydi; yagona o'lchov uning aqliy rivojlanishi va axloqiy darajasidir.

© Viktor Gyugo

@Ilm_nur_kutubxonasi
Forwarded from Muallimlar.uz | rasmiy
❗️Beshta yo‘nalishni tanlash

Joriy yilgi test sinovlarida ham beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati mavjud

🔠 5ta yo‘nalish degani, 5ta OTM degani emas. Ya’ni abituriyent albatta 5ta universitet yoki institutni tanlashi shart emas. Bitta OTMning 5ta yo‘nalishini tanlash ham mumkin;

❗️5ta yo‘nalish tanlayotganda eng asosiy 1 ta shart bor: mutaxassislik blokidagi fanlar ketma-ketligi mos kelishi kerak.

fanlar ketma-ketligi mos bo‘lsin deganda, 3,1 va 2,1 ball beriladigan 2 ta fan to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashishi kerak.

‼️ Joriy yildan ta’lim shakli bir xil bo‘lishi shart emas. Ya’ni endi bir paytning o‘zida ham sirtqi, ham kunduzgi, ham kechki, ham masofaviy ta’limni tanlash mumkin.

⛔️ Ijodiy (kasbiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarda faqat bitta yo‘nalish tanlash mumkin, 5tagacha yo‘nalish tanlab bo‘lmaydi. Bu cheklov ham ijodiy, ham test topshiriladigan yo‘nalishlarga ham taalluqli;

Magistraturada ham faqat 1 ta mutaxassislik tanlash mumkin;

🔠 5ta yo‘nalishlarni tanlayotganingizda e'tiborliroq bo‘ling. Chunki tanlangan birinchi yo‘nalish ustunlikka ega. Ya’ni siz javoblar chiqqandan keyin balim yetgan istalgan yo‘nalishni o‘zim tanlayman, deb xato o‘ylamang. Mandatdan keyin qayerda o‘qishni tanlay olmaysiz, buni hujjat topshirayotganda yaxshilab o‘ylang. Siz tanlagan ketma-ketlik bo‘yicha tizimning o‘zi qayerga kirganingizni avtomat chiqarib beradi. Javoblar chiqqach, “men ikkinchi yo‘nalishda emas, to‘rtinchisida o‘qimoqchiman” deya olmaysiz.

bmba.uz | Rasmiy👇
https://t.iss.one/+TaN4_ETdpUy3Eu5b
https://t.iss.one/+TaN4_ETdpUy3Eu5b
#prezident_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabining 16 nafar 7-sinf o‘quvchilari ingliz tilini bilish darajasidagi CEFR Milliy sertifikatlarini muvaffaqiyatli qo‘lga kiritishdi.

Ular:
Norxoja Abdurahmonov – C1
Sardorbek Abduqosimov – B2
Behruz Chilmuhammedov – B2
Ruxshona Artiqboyeva – B2
Ogabek Abdurazzoqov – B2
Diyor Abdurashidov – B2
Golib Kocharboyev – B2
Farhodjon Doniyorov – B2
Shoxruz Muhammadov – B2
Sulton Maʼmurjonov – B2
Shohjahon Bolqiboyev – B1
Temur Raxmonqulov – B1
Jasurbek Turgunboyev – B1
Jasurbek Gulomov – B1
Davronbek Dilshodov – B1
Shohjahon Zillobidinov – B1

O‘quvchilarimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube