IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.52K photos
676 videos
50 files
2.67K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 20-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔹Joriy yilning 19-iyun kuni Singapur milliy universiteti professori Benson Lek Hong Khim Xorazm viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markaziga tashrif buyurdi.

🔹Janob Benson viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari, Milliy markazning professor o’qituvchilari va malaka oshirishga kelgan tinglovchilarga “21 –asr ko’nikmalari” bo’yicha master klass o’tkazdi.Mahorat darsi ko’plab savol-javoblarga boy bo’lib, unda ishtirokchilarning faolligi ta’minlandi va yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.


⚡️ Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktori Ahmedov G'ulomjon Jumanazarovich ham ushbu mahorat darsida faol qatnashdi va o'zi uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarga ega bo'ldi.

🔹 Ma’lumot uchun Janob Benson Lek Hong Khim ta’lim tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha xalqaro darajadagi mutaxassis bo‘lib, bir nechta xorijiy davlatlarda ushbu yo‘nalishda maslahatchi sifatida faoliyat olib borgan.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Summativ baholash tizimi bosqichma-bosqich barcha maktablarda amalga oshiriladi

To‘g‘ri tanlangan va adolatli baholash tizimi ta’lim sohasini isloh qilishning eng muhim omillardan biri hisoblanadi. O‘quvchining bilimini obyektiv baholash uni to‘g‘ri yo‘naltirishga zamin yaratadi.

❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar yangi mezonlarga asoslangan ushbu baholash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazilganidan xabaringiz bor.

Ushbu baholash tizimining amaldagi tizimdan farqi — baholash jarayonlarida inson omilining minimallashtirilganida.

⚡️ Summativ baholash tizimini ishlab chiqishda Agentlik tizimidagi mutaxassislar tomonidan Yevropa va Markaziy Osiyoning 30 dan ortiq davlatlari tajribasi o‘rganildi.

✔️ 2023-2024-o'quv yilidan boshlab respublikaning har bir tumanidan tanlab olingan maktablarda tajriba-sinov tariqasida yangi baholash tizimi joriy etiladi. Bunda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablar tayanch maktab sifatida belgilangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Видео_йўриқнома

Hurmatli ota-onalar!

📹 Umumtaʼlim maktablariga 2023-2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul qilish tizimi - my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish hamda onlayn arizalarni topshirish bo‘yicha VIDEO-YO‘RIQNOMA

💬 Eslatib o‘tamiz,
joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuliga qadar faqat biriktirilgan mikro-hudud bo‘yicha arizalar yuboriladi, 1-avgustdan 15-avgustga qadar mikro-hududdan tashqari hududlar bo‘yicha arizalar yuboriladi.

💳 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✈️ @mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

🌍 mymaktab_uz
#prezident_maktablari
#bitiruvchi_2023

⚡️Bugungi kunda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 14 ta Prezident maktablari faoliyat yuritadi.

Agentlik tomonidan joriy yilning 20-22-iyun kunlari ushbu Prezident maktablarining 326 nafar bitiruvchilari uchun alohida bitiruv tadbirlarini o'tkazish belgilangan.

🔹 Shu munosabat bilan, hududlarda joylashgan Prezident maktabi bitiruvchi o'quvchilari Toshkent shahriga yetib kelishdi.

✔️21
-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda barcha Prezident maktabi bitiruvchilari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” nomli tadbir o'tkaziladi.

Tadbir jarayonlarini ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Muallimlar.uz | rasmiy
⚡️ 2023-2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi

🖥 2023-2024-o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi.

Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Bunda abituriyentlar fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatiga ega.

📆 Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabul esa 10-iyul kuni yakunlanadi.

❇️ Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

bmba.uz | Rasmiy👇
https://t.iss.one/+TaN4_ETdpUy3Eu5b
https://t.iss.one/+TaN4_ETdpUy3Eu5b
Мирзиёев: Келгуси 7 йилда ўқитувчиларнинг ойлиги 2 баробарга оширилади

Президентликка номзоднинг айтишича, ўқитувчиларга малака сертификатини бериш тизимига ўтилади ва 2030 йилгача муаллимларнинг ойлик маоши 2 баробар кўпайтирилади.

👉 https://kun.uz/49878798

Kun.uz расмий канали
#Oltin_va_kumush_medallar_topshirildi

⚡️Bugun Urganch shahar hokimligi majlislar zalida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi doirasida shahardagi umumta'lim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan o'quvchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

📝Ushbu tadbirda Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internati bitiruvchilaridan 11-01 sinf o'quvchisi Raxmatullayeva Aziza va Yusupova Lolaxon ham qatnashib, a'lo o'qishi , zukkoligi, bilim va iqtidorga ega bo'lib, maktabni tugatganligi uchun kumush medal bilan taqdirlandilar.

📌Bitiruvchilarni maktab jamoasi nomidan tabriklab, keyingi ta'limda ham muvafaqiyatga erishishlarini tilab qolamiz!

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Bizning_shunday_o'quvchilarimiz_bor

🏢Ixtsoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining  o‘quvchilari SEAMO Xalqaro matematika olimpiadasida bronza🏅 medali sohibi bo‘ldi.

🟠 6-02 sinf o'quvchisi Baxtiyarov Bilolbek;
🟣 7-01 sinf o'quvchisi Hakimova Madinabonu.

📌O'quvchilarimizni yutuq bilan tabriklab, keyingi o'qishlarida zafarlar tilaymiz!

📌Ma‘lumot uchun, mazkur olimpiada joriy o'quv yilining 23-oktabr sanasida bo‘lib o‘tgan
edi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram