IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.55K photos
677 videos
50 files
2.68K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Xotira – aziz, qadr – muqaddas. Yurtimizda xotira va qadrlash kunini keng miqyosda nishonlashimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.

O‘tganlarni, ularning xayrli ishlarini, jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq xalqimizga xos ezgu fazilatlardandir.

Shunday ekan, bugungi sana munosabati bilan barcha hamyurtlarimiz, hurmatli urush qatnashchilari va mehnat faxriylarimizga tinchlik-omonlik, sog’lik-salomatlik va xonadonlariga baraka tilayman.

Yurtimiz hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Bugun

🗓10-MAY - G'AFUR G'ULOM TAVALLUDIGA 120 YIL TO‘LDI

📝 G‘afur G‘ulom (1903-1966)ning she’riyati va nasrida o‘zbek xalqi tarixi o‘zining badiiy timsolini topgan. Yozuvchining ijodi rang-barang — she’rlar, qo‘shiqlar, dostonlar, qasidalar, hikoyalar, qissalar. Uning Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdagi ijodi o‘zbek adabiyoti rivojida beqiyos o‘rin tutgan.

🔹 G’afur G’ulom — quyidagi asarlar muallifi:
“Feliks farzandlari”, “Dinamo”, “Xitoy suratlari”, “Biz sizlar bilan tirikmiz”, “Jonli qo‘shiqlar”, “Sizga”, “Sovg‘a”, “Tong qo‘shig‘i”, “Qo‘qon” dostoni, “Sen yetim emassan” (1942), “Qayg‘u” (1942), “Biri biriga shogird, biri biriga ustod” (1950), “Sizlarga - yoshlar” (1947), “Bahor taronalari” (1948), “Netay” (1930), “Yodgor” (1936), “Shum bola” (1936-1962) qissalari va “Shariat nayranglari” (1930), “Mening o‘g‘rigina bolam” (1965) hikoyalari va boshqalar.

📌Bu yil adibning 120 yilligi butun respublikamizda keng nishonlanmoqda.

🌐
Telegram | Facebook
#BIZNING SHUNDAY O'QUVCHILARIMIZ BOR

#Faxrimiz

⚡️Agentlik tizimidagi  Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-sinf o'quvchisi Atajanov Jasur - IELTS dan 6,5  ballni qo'lga kiritdi.

💫O'quvchimizni keyingi o'qishlarida zafarlar tilaymiz!

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔊DIQQAT DIQQAT🔊

#Online_tanlov
#Kitobxon_bolalar

1-IYUN - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi "5 muhim tashabbus" doirasida #Kitobxon_bolalar online tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun nima qilish kerak

O’quvchi-yoshlar kitob o'qishga undovchi videorolik tayyorlashlari hamda uni mp4 formatida (50 MB dan oshmagan hajmda) @Online_tanlov_bot telegram manziliga joriy yilning 1-iyun kuniga qadar yuborishlari lozim.

🔹Tanlovda o’quvchi-yoshlar yakka yoki jamoaviy tarzda (ustozlari bilan ham) ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari❗️

📌Ishtirokchilar tomonidan yuborilgan videoroliklar ijodiy yondashuv asosida tayyorlanganligi, mavzuni aniq va to'g'ri taqdim etilishi, shuningdek, ma’no va mazmuniga eʼtibor qaratilgan holda ko‘rib chiqiladi hamda eng yaxshi videolar Respublika bolalar kutubxonasining rasmiy sahifalariga joylab boriladi.

☝️Videorolik izohida muallif yoki mualliflar jamoasi haqida (tuman/shahar, hudud) ma’lumot berilishi zarur.

✔️Tanlovdan asosiy maqsad, o'quvchi-yoshlar orasida kitobxonlikni shakllantirish orqali yosh avlodning ma’naviy olamini boyitishdan iborat.

Barchani tanlovda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

©️Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida joriy yilning 12-13-may kunlari fan olimpiadasining Agentlik bosqichi bo'lib o'tadi

⚡️Unda:
shu yilning 5-6-may kunlari o'tkazilgan Olimpiadaning hududiy bosqichi g'oliblari ishtirok etadi.

📝 Olimpiada quyidagi fanlardan o'tkaziladi:
Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science

Olimpiada barcha hududlarda belgilangan kunlar mobaynida bir vaqtda bo'lib o'tadi.

O'quvchilarning barcha ishlari markazlashgan holda Toshkent shahrida ekspertlar tomonidan tekshiriladi va natijalar e'lon qilinadi.

❗️Topshiriqlar:
🧮 Matematika va Science fanlaridan
Test
Yozma ish bo'yicha

🧬 Fizika, Kimyo va Biologiya fanlaridan
Test
Yozma ish
Laboratoriya ishi

💻 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
Dasturlash (coding) bo'yicha o'quvchilar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishadi.

Har bir fan va sinflar kesimida eng yuqori ballni qo'lga kiritgan 10 nafardan o'quvchilar Agentlik terma jamoasiga qabul qilinadi hamda 3 nafardan (1-2-3-o'rinlarni egallagan) o'quvchilar g'oliblikni qo'lga kiritadi.

Bundan tashqari yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarga
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti,
“PDP University”,
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti,
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti,
“Perfect-university”
Alfraganus universiteti tomonidan ta'lim grantlari taqdim etiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xushnudbek.uz
2026-yilgi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Samarqand shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda Prezident qarorida belgilandi.

Shuningdek, qarorga binoan:

umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida “Maktab ligasi”, “Akademik litsey ligasi” “Professional taʼlim muassasalari ligasi” va “Talabalar ligasi” musobaqalari har yili uch bosqichda tizimli o‘tkaziladi;

2024-yil 1-yanvardan boshlab yuqorida nomi tilga olingan musobaqalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar va talabalar yil davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida (1 mln 650 ming so‘m) “Shaxmat stipendiyasi” bilan rag‘batlantiriladi;

2024-yildan boshlab har yili professional shaxmat klublari o‘rtasida “O‘zbekiston birinchiligi” musobaqalari o‘tkazib boriladi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Bundan buyon grant kvotalarini Prezident, kontrakt kvotalarini OTMlarning o’zi tasdiqlaydi

Prezidentning 279-son qarorida (15.06.2022-y.) bu haqda tegishli qoida belgilangan.

Unga ko‘ra 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari (kvota) faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi;

to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari esa, moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda Kuzatuv kengashlari qarori bilan, qolganlari tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 20-iyunga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun: mazkur qarorga ko’ra, har yili 1-mayga qadar Davlat komissiyasi davlat OTMlarining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish bo‘yicha davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantiradi hamda tasdiqlash uchun Prezidentga kiritadi. Demak, aslida qoida bo’yicha, grant kvotalari allaqachon Prezidentga kiritilgan bo’lishi kerak va balki tez orada tasdiqlanib qolar (agar rostdan o’z vaqtida kiritishgan bo’lsa).


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Ixtisoslashtirilgan maktablar: innovatsiya, ijodiy-kreativ yondashuvlar
#12may #uzbekiston24

📍Urganch shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
AGENTLIK FAN OLIMPIADASINING HUDUDIY BOSQICHI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

Xabaringiz bor, joriy yilning 5-6-may kunlari Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichi bo'lib o'tgan edi.

Mazkur olimpiadada o‘quvchilar matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, Science fanlaridan o‘zaro bellashdilar.

Bugun har bir fandan sinflar kesimida 3 nafardan (1-2-3-o'rinlarni egallagan) 87 nafar o'quvchilar munosib taqdirlandi.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqaramasi boshlig‘i Xamro Bektemirov g‘olib o‘quvchilarni samimiy qutlab, kelgusi bosqichda yuqori natijalarga erishishlarini tiladi.

Ma’lumot uchun, g‘olib o‘quvchilar olimpiadaning Agentlik bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
#ZAKOVATDA_KUCH

#mavsum_yakuni


📌📌Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Zakovat intellektual o‘yinining FINAL bosqichi bo'lib o'tdi.

📝 O'yinda jami 8 ta jamoa ishtirok etdi.

⚡️O'yin qizg'in davom etib, finalga 3 ta jamoa chiqdi.

🔰Natijalar quyidagicha👇

🥇o'rin 9-02 sinfning🏆 RENESSANS jamoasi;

🥈o'rin 9-01 sinfning PARLAMENT  jamoasi;

🥉o'rin 8-01 sinfning  PREMIUM jamoasi.

💥2022-2023 o'quv yili mavsum g'olibi sifatida RENESSANS jamoasiga🏆 KO'CHMA KUBOK topshirildi.

🎉G'oliblar maktab ma'muriyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram