IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.31K subscribers
8.68K photos
681 videos
50 files
2.72K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Renessans_oromgohi

Viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining olimpiadalarda g'olib bo'lgan bir guruh o'quvchilari:

▫️Abdullayev Jaloliddin - Xiva shahridagi Prezident maktabi
▫️O‘ktamboyeva Zarina - Urganch shahar 1-son IMI
▫️Farhodov Oybek - Bog'ot tumani IM
▫️Sheripboyeva Bonu - Urganch shahar 1-son IMI
▫️Jumanazarova Diana - Urganch shahar 1-son IMI
▫️Kamulboyev Diyorbek - Bog'ot tuman IM
▫️Sadullayeva Gulasal - Xiva shahar 2-son IM
▫️Rustambekova Nigina - Ogahiy ijod maktabi
▫️Otaboyeva Mumtozxon -Ogahiy ijod maktabi
▫️Rajabov Dilshodbek - Hazorasp tumani IM

Shuningdek, lider ustozlar:

▫️Egamberdiyev Atabek - Hazorasp tumani IM
▫️Kuchkarov Abdulla - Shovot tuman IMI
▫️Qutlimuratov Davul - Hazorasp tumani IM
▫️Eshchanov Siroj - Hazorasp tumani IM
▫️Sadullayev Shoxrux - Yangiariq tumani IM
▫️Rozzoqov Anvar - Bog‘ot tumani IM
▫️Sabirov Ravshanbek - Bog‘ot tuman IM

🏕 Toshkent viloyatidagi Renessans” sog'lomlashtirish oromgohida hordiq chiqarmoqdalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Renessans_oromgohi

Ma'lumki, yozgi ta'til davomida o‘quvchilarni sog‘lomlashtirish, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish va jismoniy tayyorgarliklarini oshirish maqsadida oromgohlar tashkil qilinmoqda.

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning bir guruh o'quvchilari:

▫️Baxtiyorov Oybek- Xiva shahridagi Prezident maktabi
▫️Sadullayev Jasur- Xiva shahridagi Prezident maktabi
▫️Aminboyeva Nafisa- Ogahiy ijod maktabi
▫️Ramonova Gulbonu -Ogahiy ijod maktabi
▫️Farxadov Bunyod - Urganch shahar 1-son IMI
▫️Baxtiyorov Izzatbek- Bog'ot tumani IM
▫️Azodov Jamoladdin -Shovot tumani IMI
▫️Otajonov Karimboy- Xiva shahar 2-son IM
▫️Jonibekov Umidbek- Yangiariq tumani IM
▫️ Saparboyev Sarvarbek- Qo‘shko‘pir tumani IM

🏕 Toshkent viloyatidagi Renessans sog'lomlashtirish oromgohida hordiq chiqarish uchun jo‘nab ketdilar.

Ularga Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi rus tili fani o‘qituvchisi Dilrabo Saparboyeva hamrohlik qilmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Renessans_oromgohi

⭕️ Renessans oromgohida iqtidorli yoshlar o’rtasida ajoyib musobaqalar o’tkazildi!

Kunning eng diqqatga sazovor voqealari quyidagilar bo’ldi:

1. 📊Zakovat tanlovi.

2. 👸Soch turmagi musobaqasi.

3. 🤿Basseynda suzish.

4. 🤾Estafeta.

❗️Bu kabi musobaqalar yoshlarda sportga bo’lgan qiziqishni oshiradi va ularning jamoaviy ruhini mustahkamlaydi.

Renessans oromgohi yoshlarga ajoyib dam olish va rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etishda davom etmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Renessans_oromgohi

Ma'lumki,  yozgi ta'til davomida o‘quvchilarni sog‘lomlashtirish, ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish va jismoniy tayyorgarliklarini oshirish maqsadida oromgohlar tashkil qilinmoqda.

🗓️14-iyul sanasida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning bir guruh o'quvchilari Toshkent viloyatidagi Renessans sog'lomlashtirish oromgohida hordiq chiqarish uchun jo‘nab ketgan edilar.

📍Ushbu iqtidorli o’quvchilar safida Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-01 sinf o’quvchisi Farxadov Bunyodbek ham yozgi taʼtilni maroq bilam oʻtkazmoqda.

📸Fotolavhalarda o’quvchilarning dam olish jarayonlaridan lavhalar.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz

RENESSANS OROMGOHI –  IQTIDORLI OQUVCHILAR DAM OLISH MASKANI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi “Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilar uchun kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.  

Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan. 17,3 gektar maydonga ega maskanda o‘quvchilarning ta’til vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Quvvati 496 o‘rinli boʻlib, oromgohda madaniy, ta’lim markazlari, sport, faollar zallari, yopiq va ochiq suzish havzalari, 5 ta yotoqxona binosi, futbol, voleybol, basketbol maydonlari, yozgi amfiteatr, zoopark, kutubxona, tibbiyot bo‘limi, o‘yin maydonlari mavjud. Shuningdek, mevali va manzarali daraxtlarni o‘z ichiga olgan yashil hududga ega.

Ayni vaqtda oromgohda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablaridan kelgan 150 nafar o‘quvchi mazmunli hordiq chiqarmoqda. O‘g‘il-qizlarga malakali pedagog va murabbiylar bosh-qosh. STEM fanlari bo‘yicha kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari bilan bir qatorda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalri tashkil etilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Renessans_oromgohi

🗓️ 8-KUN. 22-iyul

⭕️ Renessans oromgohidagi dam oluvchilar Oq Qum plyajiga sayohatga chiqishdi.

⛴️ Kema sayrida dam oluvchilar Oq Qum plyajining betakror tabiati, dengizning moviy suvlari va quyosh nuridan zavq oldilar. Kema sayridan so'ng, dam oluvchilar plyajda turli xil o'yinlar o'ynashdi va bir-birlari bilan vaqt o'tkazishdi.

❗️Ushbu sayohat oromgoh dam oluvchilari uchun haqiqiy sarguzasht va unutilmas xotiralar bilan to'ldi. Ularga nafaqat tabiatning go'zalligi, balki jamoaviy dam olish va quvonchli lahzalar ham katta zavq bag'ishladi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Renessans_oromgohi

🗓️ 11- KUN

⭕️ Renessans oromgohida yopilish marosimu bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida bolalar turli tanlovlarda qatnashib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. O‘z chiqishlarida qo‘shiq, raqs va musiqa ijro etgan bolalar tomoshabinlarni quvontirdi. Har bir ishtirokchi va ustozlari o‘z yutuqlari uchun maxsus sovrinlar bilan taqdirlandi.

🤝 Oromgohning yopilish marosimida bolalar bir-birlariga minnatdorchilik bildirib, kelajakda muvaffaqiyatlar tiladilar, do‘stlari bilan xayrlashib, birgalikda suratga tushishdi.

📌Renessans oromgohi o‘quvchularning kelajakdagi rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi va yopilish marosimi bu unutilmas lahzalarni yana bir bor yodga olish imkoniyatini berdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz

RENESSANS OROMGOHIDA KUCHAYTIRILGAN O‘QUV-MASHG‘ULOTLARI DAVOM ETMOQDA

Ayni vaqtda oromgohda iqtidorli o‘quvchilarning navbatdagi guruhi – Agentlik tomonidan o‘tkazilgan olimpiadalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 130 nafar o‘g‘il-qiz mazmunli hordiq chiqarmoqda. Yoshlarga 20 dan ziyod malakali pedagog va murabbiylar bosh-qosh.

Dam olish maskanida STEM fanlari bo‘yicha kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari bilan bir qatorda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Xususan, "Zakovat" intellektual tanlovi yoshlarga o‘z bilimlarini namoyish etish va rivojlantirish imkoniyatini berayotgan bo‘lsa, jurnalistika yo‘nalishida o‘tkazilayotgan seminarlarda o‘quvchilarga maqola yozish, intervyu olish va reportaj tayyorlash usullari o‘rgatilmoqda. Shu bilan birga psixologik, jamoaviy ishlash bo‘yicha treninglar ham o‘tkazilmoqda.

Oromgohda "Mohir qo‘llar", "Zakovat", rus tili, robototexnika, drama, suzish to‘garaklari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda o‘quvchilarning o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, kiber sport, mini futbol, basketbol, voleybol, "Foord Renessans", "Quvnoqlar va zukkolar" musobaqalari ham o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Renessans_oromgohi
#yoz_oʻtmoqda_soz

RENESSANS OROMGOHI: TABIAT, DOʻSTONA MULOQOT, MASHG'ULOTLAR, SPORT

Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida iqtidorli o‘quvchilarning navbatdagi guruhi – Agentlik tomonidan o‘tkazilgan olimpiadalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 130 nafar o‘g‘il-qiz uchun STEM fanlari bo‘yicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Dam olish maskanida oʻquvchilarning kun tartibi ertalabki badantarbiya bilan boshlanadi. Nonushtadan soʻng "Zakovat" intellektual oʻyini, turli tanlovlar, kiber sport, futbol, voleybol, basketbol kabi musobaqalarda ishtirok etishadi.

Ikkinchi nonushtadan keyin suzish mashgʻulotlari boshlanib, ularda bolajonlar suzish havzasida turli mashqlar orqali suzish mahoratlarini oshiradilar. Tushlikdan soʻng oʻquvchilar kunduzgi orom olishadi.

Oromgohda STEM oʻquv mashgʻulotlari yuqori malakaga ega oʻqituvchilar tomonidan olib borilmoqda. Mashgʻulot xonalari zamonaviy taʼlim vositalari bilan jihozlangan.

Bolajonlarning kun tartibida oʻquv mashgʻulotlari bilan bir qatorda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ijodiy tanlovlar, sport musobaqalari, tabiat qoʻyniga sayohatga ham ustuvor oʻrin berilgan.

Bugun oromgohda tashkil etilgan xayrlashuv marosimi ham taassurotlarga boy oʻtdi. Bolajonlar ijrosida kuy-qoʻshiqlar yangradi, sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Shuningdek, bu yerda oʻquv mashgʻulotlari, turli tanlov va musobaqalarda yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Oromgohda soʻlim tabiat, doʻstona muloqot, mashgʻulotlar, sport, qiziqarli tadbirlar bilan oʻtgan mazmunli taʼtil oʻquvchilarni yangi oʻquv yilida yanada yuqori natijalarga erishishga undashi shubhasiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube