#Bugun_xotira
#Omon_Matchon_80
Omon Matjon (taxallusi; asl ism-sharifi Matchonov Omon) — Oʻzbekiston xalq shoiri (1993). 1943-yilning 14- fevralida Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida tug'ilgan. Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1969).
Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri (1969-85), "Yoshlik" jurnalida bosh muharrir (1985-91), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida masʼul xodim (1991—94), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasida rais oʻrinbosari (1994—99), "Choʻlpon" nashriyotida direktor (1999—2001), 2001-yildan "Gulxan" jurnalida bosh muharriri kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Sheʼrlari 1965-yildan boshlab eʼlon qilina boshlagan. Shoirning "Karvon qoʻngʻirogʻi" (1973), "Quyosh soati" (1974), "Yonayotgan daraxt" (1977), "Yarador chaqmoq" (1977), "Seni yaxshi koʻraman" (1981), "Daraxtlar va giyohlar" (1984), "Oʻrtamizda birgina olma" (1990), "Odamning soyasi quyoshga tushdi" (1991), "Qush yoʻli" (1993), "Iymon yogʻdusi" (1994), "Ardaxiva" (2000), "Xoja Ahror ziyoratlari" (2002) va boshqa sheʼriy asarlarida voqelikni nozik his etgan holda badiiy ifodalash, muayyan hodisadan favqulodda falsafiy xulosalar chiqarish, oʻzi tugʻilib oʻsgan muhit koloritiga mos ifodalar topish tamoyili ustu-vorlik qiladi. Omon Matjon lirik sheʼrlar bilan birga lirik qissa va dramatik doston janrlarida ham ijod qilib, Xorazm xalq afsonalarining oʻziga xos badiiy talqini — "Haqqush qichqirigʻi" (40 afsona, 1979) sheʼrlar kitobini, istiqlol arafasidagi shoʻrolar mamlakati hayotining ziddiyatli manzaralari va jarohatlari tasviriga bagʻishlangan "Gaplashadigan vaqtlar" (1986) qissasini, shuningdek, oʻzbek xalqining Xorazmdan chiqqan buyuk siymolari haqidagi dramatik dostonlari ("Pahlavon Mahmud", 1975; "Beruniy", 1977 va boshqalar) ni yaratgan. "Ming bir yogʻdu" (1982) asari Navoiy "Xamsa"si taʼsirida yozilgan. Omon Matjon bu asarlarida oʻtmishda yashab ijod qilgan oʻlmas siymolar hayoti va hozirgi davr muammolarini tasvirlashda liro-epik sheʼriyat imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangan. Oʻzbek sheʼriyatiga Xorazm shevasiga xos leksik unsurlar va musiqiy ohanglarni olib kirgan, lirik sheʼriyatni epik sheʼriyat unsurlari bilan boyitgan.
Mukofotlari
O'zbekiston xalq shoiri (1993)
Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989)

Wikipedia
Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri
Oʻzbekiston xalq shoiri (Sovet Ittifoqi davrida Oʻzbeksiton SSR xalq shoiri deb nomlangan) — dastlab Oʻzbekiston SSRda, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasida yetuk shoirlarga beriladigan medal.