IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.6K photos
678 videos
50 files
2.69K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#taqdirlash

🇸🇱Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan " Bayrog'imiz- faxrimiz, g'ururimiz!" mavzusuda e'lon qilgan tanlov natijalarini e'lon qildi.
⚡️1-o'rin 8-02 sinf o'quvchisi Yusupova Gulshoda
⚡️2-o'rin 7-03-sinf o'quvchisi Nazarova Diana
⚡️3-o'rin 8-03 -sinf o'quvchisi Otajanova Parizoda
Tanlovda g'olib bo'lgan o'quvchilar maktab direktori G'.Axmedov tomonidan diplom bilan taqdirlandi.
🔰Shu o'rinda 9-02 sinf o'quvchisi Axmedov Akbarbek ham Buyuk Britaniyaning " Burlington School" maktabida tahsil olib, o'z bilimini oshirib kelganligi uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🔹O'quvchilarimizni o'qish va izlanishlarida omadlar tilab qolamiz!
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🌐https://t.iss.one/Urganch_IMI
#Taqdirlash_marosimi

“OLIMPIADA ISHTIROKCHILARI UCHUN XALQARO TRENINGLAR TASHKIL ETILADI” - VAZIR

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘qituvchilar olimpiadasi” g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Mazkur olimpiada matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan o’tkazildi.

Unda viloyat bosqichlaridan g’oliblikni qo’lga kiritgan o’qituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham ishtirok etdi.

Taqdirlash marosimidan so’ng o’qituvchilar uchun vazir bilan “ochiq muloqot” tashkil etildi. Unda pedagoglar yangi vazirga o’zlarini qiziqtirgan savollar va sohaga oid takliflar bilan murojaat qilishdi.

Batafsil: 👉https://uzedu.uz/y3/news/896


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Taqdirlash_marosimi
#Barkamol_avlod

“BOLALARGA BERING DUNYONI” HAMDA “VAZIR SOVRINI” RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVLARINING TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bolalarga bering dunyoni” hamda “Vazir sovrini” Respublika ko‘rik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, Bosh prorukor o‘rinbosari Svetlana Ortiqova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o'rinbosari Odil Tojiyev va butun Respublikadan kelgan "Barkamol avlod" to‘garaklari ishtirokchilari qatnashdi.

❗️ “Bolalarga bering dunyoni” Respublika ko‘rik-tanlovida ishtirokchilar “Bola huquqlari” va “Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida” yo‘nalishlaridagi rasmlar tanlovida bellashishdi. Unda 21 512 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi.

✔️ “Xalq ta'limi vazirligi sovrini” ko‘rik-tanlovi:

🔹 Yog‘och o‘ymakorligi;
🔹 Liboslar dizayni;
🔹Yosh arxitektor yo‘nalishlarida tashkil etildi.
Ushbu tanlov 20 998 nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlarni qamrab oldi.

📍Tadbir kuy-qo'shiqlar va iqtidorli yoshlar tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlarga boy holda o‘tdi. G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

🔴 Xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi davom etmoqda.

⚡️ Mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g’oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Abdurahmon Ibrohimov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev, akademik Abdulla A’zamov tomonidan taqdirlandi.

❗️Ma'lumot o'rnida, bu yil o'quvchilarimiz mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda esa jami 52 ta medalni qo'lga kiritishgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Taqdirlash_marosimi
#Fotoreportaj

2022/2023-oʻquv yili davomida nufuzli va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimidan fotoreportaj.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#taqdirlash
#qizlar_olimpiadasi

🏆GʻOLIBLAR TAQDIRLANDI

⚡️Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 5-11-sinf o‘quvchi-qizlari o‘rtasida matematika fanidan olimpiada gʻoliblari taqdirlandi.


🥉3-OʻRIN:
📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:

🗺Qo‘shko‘pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Muslimaxon Rahimberganova;

📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Sabrina Abdulazizova;

📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Yorqinoy Hasanova;

🥈2-OʻRIN:
📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🗺 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Zarina O‘ktamboyeva;

📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Nastarin Kamolova;

📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Charos Toshmatova.

🥇1-OʻRIN:
📶 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🗺 Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Komila Mirzomiddinova;

📶 7-8-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Dildora Mahkamova;

📶 9-10-11-sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida:
🗺 Shahrisabz tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Guliraʼno Nurillayeva.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Халқаро хотин-қизлар кунига бағишланган байрам тадбирида иштирок этди ва мамлакатимиз аёлларини табриклади. Тантанали равишда давлат мукофотлари топширилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в праздничном мероприятии по случаю Международного женского дня и поздравил женщин нашей страны. Состоялось торжественное вручение государственных наград.

#Mirziyoyev #marosim #8mart #taqdirlash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Taqdirlash_marosimi
#Teatr_ibratxonadir

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi.

✔️Festivalning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o'quvchilarni samimiy tabrikladi.

📶 Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

📝 G'oliblar bilan tanishing.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O’quv_yili_yakuni
#Ertalabki_saflanish
#taqdirlash

🔰Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab -internatida 2023-2024-o'quv yili  yakuni bo'yicha ertalabki saflanish o‘tkazildi. Dastlab, pedagog-xodimlar hamda o‘quvchilar Davlat madhiyasini faxr va iftixor bilan kuylashdi.

📌🖍Saflanish davomida maktab direktori  pedagog-o‘qituvchilar va o'quvchilarni o'quv yilida erishilgan yutuqlar bilan tabrikladi.

📚Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari o'quvchilarga ta'til payti  bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish borasida gapirib o’tdi.Ta’til payti ota-onalar nazoratida bo’lishlari kerakligini tushuntirdi.

⚡️Shundan so'ng, maktab direktori G'.Axmedov o’quv yili yakuni bo’yicha natijaga erishgan o’quvchilarni taqdirladi.

📌O‘quvchilarimizga yangi o'quv yilida  omad va zafarlar tilab, yutuqlar ko'payishiga ishonch bildiramiz.
Bizni kuzatishda davom eting:
👇

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram