IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.3K subscribers
8.9K photos
688 videos
51 files
2.77K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_tavalludining_540_yilligi

14-fevral shoh va shoir, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
__________
Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadim.
Jonimdin o‘zga jonni dilafkor ko‘rmadim,
Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.

Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.
Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,
Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.
Bobur, o‘zungni o‘rgatako‘r yorsizki, men
Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur


⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1- son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Bobur ijodining jahon adabiyoti va madaniyati ravnaqiga qo'shgan hissasi" mavzusida viktorina o'tkazildi.

🇸🇱 Viktorinada maktabning 8-01-guruh "Yuksalish", 8-02-"Akobirlar" va 8-03-guruh "Bobur izdoshlari" jamoalari qatnashdi. Bellashuvda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ilm-fan taraqqiyotiga qo'shgan hissasi, badiiy asarlari xususida qizg'in bahs-munozara o'tkazildi.

📌Bobur hayotiga oid rang-tasvir san'ati  bo'yicha ham tanlov o'tkazildi.Tadbirda"Bobur izdoshlari " guruhi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

   📝 Ushbu  tadbir qatnashchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

🌐https://t.iss.one/Urganch_IMI
#Zahiriddin #Muhammad #Bobur #Alisher #Navoiy

G'AZALLARDA NAVOIYNI ANGLADIM                                                                  
🇺🇿 Millatimiz ma'naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizda keng nishonlanmoqda.

📹🎞 Urganch shahar ixtisoslashtirligan maktab-internatida ham ikki ulug' siymo - Navoiy va Bobur hayoti va ijodini o'rganish maqsadida  o‘quvchilari orasida 9-fevral kuni #Navoiy_day xeshtegi ostida, 14-fevral kuni esa #Bobur_day xeshtegi ostida chellenjlar tashkil etiladi.

⚡️ Chellenjda Navoiy va Bobur ijodidan namunalarni jonli oʻqish jarayonini videorolik qilish lozim.

⭐️⭐️Daholarning bebaho asarlari, ma'naviy mulki sanalgan ijodidan namunalar ijro etib tanlovda siz ham faol ishtirok eting.                         

Tayyorlagan video roliklaringizni ushbu guruhga joʻnating  👉https://t.iss.one/+uUf3iJ_l7hM4N2Uy                                                         
🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram