IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.61K photos
677 videos
50 files
2.69K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Saylov #Prezident #UrganchIMI
MAKTABIMIZ PREZIDENTLIGIGA NAVBATDAGI NOMZOD BILAN TANISHING

👩🏼‍💻Men, Kamiljanova Komilaxon Umrbek qizi, Urganch shahar 1-son IMIning maktabining 10-03 sinf o'quvchisiman va  maktab prezidenti lavozimiga o’z nomzodimni taklif qilaman.

👩🏼Men Urganch shahar 13-son Umumiy O'rta ta'lim maktabida ta'lim olishni boshlaganman.Bolalagimdanoq maktab o'quvchilari orasida Lider va Zakovatli  bo'lganligim sababli O'zbekiston Yoshlar Ittifoqining Urganch shahar Bo'limda Madaniyat yo'nalishi sardori bo'lganman. Madaniyat yo'nalishi sardori sifatida bir yil faoliyat yuritib shu faoliyatim  davomida juda ko'plab Respublika miqiyosidagi tanlovlarda qatnashganib, Faxrli o'rinlarni qo'lga kiritib, Diplom va Esdalik sovg'alarni qo'lga kiritganman. Bundan Tashqari "Yosh Kitobxon" ko'rik tanlovida ham ishtirok etib munosib taqdirlanganman.Shuni ta'kidlab o'tish joizki, bolaligimdan Biologiya faniga qiziqqanim uchun Biologiya fan olimpiadalarida qatnashib, doimo yuqori marralarni band qilganman.2022-2023-yillarda Maktab Yoshlar Prezidenti lavozimida ishlab maktabimiz rivojlanishiga katta hissa qo'shganman🔥                                                                                                                                                                                                                                                    ⚡️O’zimda mujassam bo’lgan  xislatlar :
🔵Liderlik🙋🏼‍♀️ :
Men yoshligimdanoq liderlik qobiliyatlarimni rivojlantirib kelaman , 1- sinfimdanoq sinf sardori bo‘lib kelganman va nafaqat maktab, balki, viloyat miqiyosida sardorlik qilganman. Men o'z tengdoshlarimni  ortimdan ergashtira olaman va bir maqsad yo’lida birlashtira olaman.Yana bir liderlik xususiyatimga misol qilib, maktabimiz o'quvchilari orasidan Biologiya faniga qiziquvchilarni yig'ib, to'garaklar tashkil qilganman.Hozirda shu o'quvchilar STEM olimpiadasining viloyat bosqichiga tayyorgarlik ko'rishmoqda🤓

🔵Mas'uliyatlilik👩🏼‍⚕️ :
Men qiyinchiliklarni yengishni , boshqalarga yordam berishni yaxshi ko'raman va har bir menga qoyilgan har bir vazifani mas’uliyat bilan  bajaraman.Kelajakda ham ma'suliyatli raxbar bo'lishga harakat qilaman⚡️

🔵O’z ustida ishlash👩🏼‍🏫:
O'z  kamchiliklarim va xatolarim ustida tinmay izlanaman.  Boshqalarga o‘rnak bo’lishga intilar ekanman, ular hurmat qilishlari uchun ko‘pgina  fazilatlarni o’zimda mujassam etishga intilaman.Faqat birgina yo'nalish bilan cheklanmasdan ko'plab sohalarni mutaxassisi bo'lishga harakat qilyapman.👆🏻

🔵Muloqot va tinglash👩🏼‍💻🎤🎧 :
Men  maktabimizdagi har bir o`quvchini tinglab , ular aytadigan muammolarini hal qilishga , bergan takliflarini amalga oshirishga harakat qilaman.Hayotda hal qilinmaydigan narsaning o'zi yo'q,hamma narsaga sabr va layoqat orqali yechim topsa bo'ladi .💯💯💯

Mening  maktab hayotida  qo‘llashga rejalashtirgan yangiliklarim bilan tanishishingiz mumkin:

📶👩🏼‍💻Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytgandek : “Bizga diplom emas , kasb kerak ”, shuning uchun bolalar maktabini bitirganidan keyin qo’lida guldek hunari bo‘lishi uchun IT darslarini ko‘paytirib hamda hozirgi zamon kasblari bo'lgan SMM menejerligi, Grafik dizaynerlik, Mobilograflik kabi sohalarda darslardan keyin har xil  to’garaklar  faoliyatini kuchaytirish;(Bu borada albatta malakali mutaxasislarni ishga jalb qilish)

📶⚽️🏈🏉Maktabimizda sportga e’tiborni kuchaytirish, faqat  Futbol emas, maktabda basketbol , voleybol , Ping-pong(stol tenis), Regbi ,milliy Kurash va yana boshqa musobaqalarini yo’lga qoyish ;Maktabda tashqari vaqtlarda o'quvchilarni chiniqtirish maqsadida musobaqalar tashkil qilish; Haftada bir marotaba "Sog'lom Hayot" sport soatini tashkil qilish;

📶Maktab o‘quvchilarining chet el xalqaro universitetlariga   o‘qishga kirishi va o‘qishi  uchun IELTS , SAT imtihonlariga tayyorlashga tayanch bo’luvchi  tog’araklarini yo’lga qo‘yish;bu to'garaklar faqat 10-11sinflargagina emas, balki, pastki sinf o'quvchilari uchun ham🙋🏼‍♀️;
🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram