IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.52K photos
676 videos
50 files
2.67K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Taqdirlash_marosimi

“OLIMPIADA ISHTIROKCHILARI UCHUN XALQARO TRENINGLAR TASHKIL ETILADI” - VAZIR

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘qituvchilar olimpiadasi” g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Mazkur olimpiada matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan o’tkazildi.

Unda viloyat bosqichlaridan g’oliblikni qo’lga kiritgan o’qituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham ishtirok etdi.

Taqdirlash marosimidan so’ng o’qituvchilar uchun vazir bilan “ochiq muloqot” tashkil etildi. Unda pedagoglar yangi vazirga o’zlarini qiziqtirgan savollar va sohaga oid takliflar bilan murojaat qilishdi.

Batafsil: 👉https://uzedu.uz/y3/news/896


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Taqdirlash_marosimi
#Barkamol_avlod

“BOLALARGA BERING DUNYONI” HAMDA “VAZIR SOVRINI” RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVLARINING TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bolalarga bering dunyoni” hamda “Vazir sovrini” Respublika ko‘rik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, Bosh prorukor o‘rinbosari Svetlana Ortiqova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o'rinbosari Odil Tojiyev va butun Respublikadan kelgan "Barkamol avlod" to‘garaklari ishtirokchilari qatnashdi.

❗️ “Bolalarga bering dunyoni” Respublika ko‘rik-tanlovida ishtirokchilar “Bola huquqlari” va “Konstitutsiyaviy islohotlar yoshlar nigohida” yo‘nalishlaridagi rasmlar tanlovida bellashishdi. Unda 21 512 nafar o‘quvchi-yoshlar qamrab olindi.

✔️ “Xalq ta'limi vazirligi sovrini” ko‘rik-tanlovi:

🔹 Yog‘och o‘ymakorligi;
🔹 Liboslar dizayni;
🔹Yosh arxitektor yo‘nalishlarida tashkil etildi.
Ushbu tanlov 20 998 nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlarni qamrab oldi.

📍Tadbir kuy-qo'shiqlar va iqtidorli yoshlar tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlarga boy holda o‘tdi. G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi

🔴 Xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimi davom etmoqda.

⚡️ Mintaqaviy xalqaro olimpiadalar g’oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Abdurahmon Ibrohimov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev, akademik Abdulla A’zamov tomonidan taqdirlandi.

❗️Ma'lumot o'rnida, bu yil o'quvchilarimiz mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda esa jami 52 ta medalni qo'lga kiritishgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Taqdirlash_marosimi
#Fotoreportaj

2022/2023-oʻquv yili davomida nufuzli va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimidan fotoreportaj.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Taqdirlash_marosimi
#Teatr_ibratxonadir

Joriy yilning 25-27-mart kunlari Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o‘quvchilaridan iborat teatr jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan teatr festivali nihoyasiga yetdi.

✔️Festivalning taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etib, o'quvchilarni samimiy tabrikladi.

📶 Festival doirasida “Turon” o‘quvchilar teatr jamoalari tomonidan 20 dan ortiq spektakl, badiiy-musiqiy kompozitsiyalar namoyish etildi.

Tadbirda teatr festivali ishtirokchi jamoalari hamda 8 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab o‘quvchilari vazirlikning maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

📝 G'oliblar bilan tanishing.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM