IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.48K photos
675 videos
50 files
2.67K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Koreya

O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi doirasida Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi delegatsiyasi rahbari Global ta’limni rejalashtirish Byurosi boshlig‘i Pak Chi Yong bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda Pak Chi Yong ta’lim sohasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, O‘zbekistonda koreys tilini o‘rganish uchun yaratib berilayotgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

Tomonlar uchrashuv davomida:

🔹 Koreys tilini ikkinchi xorijiy til sifatida rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, buning uchun pedagog-kadrlarning malakasini oshirish,
🔹o'qituvchi va o'quvchilarni koreys tilidagi materiallar bilan ta'minlash,
🔹koreys tili o‘qitiladigan maktablar sonini ko‘paytirish imkoniyatini o‘rganishni muhokama qilishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Kasbiy_rivojlanish
#Koreya

Ayni damda Agentlik tizimidagi maktablarning 28 nafar oʻqituvchilari Koreya Respublikasining Chungcheongnam provinsiyasi Cheonan shahrida amaliyot o‘tashmoqda.

📝 Trening davomida oʻqituvchilar uchun taʼlimning zamonaviy metodikalari, taʼlim jarayonida IT texnologiyalarini qoʻllash singari mavzularda maʼlumot berilmoqda va tajriba almashinmoqda.

Maʼlumot uchun, mazkur oʻquv kurslari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi oʻrtasida imzolangan memorandum doirasida amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM