IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.5K photos
676 videos
50 files
2.67K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Xorijiy_hamkorlik
#Italiya

Bugun Italiyaning Uffitsi galereyasi rahbari Eike Shmitd boshchiligidagi delegatsiya Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligida bo'lishdi.

Uchrashuv avvalida mehmonlar uchun Agentlik faoliyati taqdimoti bo'lib o'tdi. Tomonlar, shuningdek, istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

❗️Uffitsi galleriyasi vakillari tomonidan Agentlik bilan hamkorlikda gallereyaning video materiallari o'zbek tiliga tarjima va dublyaj qilinganligi muvaffaqiyatli loyiha bo'lganligi alohida ta'kidlab o‘tildi.

📍Uchrashuv so'ngida mehmonlar uchun Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab bo‘ylab kampus-tur o‘tkazildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik
#Turkiya

Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ayni vaqtda Turkiyaning Anqara shahrida bo'lib turishibdi.

Delegatsiya vakillari dastur doirasida Turkiya Respublikasining Ta'lim va tarbiya departamenti vakillari doktor Ahmet Ishleyn, bo‘lim boshlig‘i Mehmet Salih Janbal hamda bir guruh mas'ullar bilan uchrashishdi.

❗️Uchrashuv davomida Turkiyada ta'lim jarayonining tashkil etilishi, darsliklarni nashrga tayyorlash va chop etish kabi mavzularda o'zaro fikr almashildi.

✔️Shuningdek, Agentlik vakillari nashriyotlar faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi ayni vaqtda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib turishibdi.

❗️Ikki tomonlama uchrashuvlar davomida vazirlik delegatsiyasi BAA Milliy maktabi hamda uning qoshidagi Texnologiya va kasb markazi faoliyati bilan tanishdi.

Unda BAA Milliy maktablari bilan xorijiy tillarni o‘rgatish hamda kasbga yo‘naltirish borasidagi kelgusidagi hamkorlik ishlari muhokama qilindi.

📍Shuningdek, delegatsiya vakillari uchun Milliy maktab hamda uning qoshidagi Texnologiya va kasb markazi faoliyati bo'ylab kampus-tur tashkil etildi.

Mazkur markaz o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish kasb tanlashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik
#BAA

ALEF RAQAMLI TA’LIM PLATFORMASI, BIG DATA, SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI HAMDA YANGICHA BAHOLASH…

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining Alef Education tashkiloti bosh ofisida bo‘lishdi.

Delagatsiya tashkilot Bosh direktori Jefri Alonso va kompaniya vakillari tomonidan kutib olindi.

❗️Uchrashuv avvalida Alef Education rahbariyati vazirlik delegatsiyasi uchun Alef raqamli ta’lim platformasining imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimot qilishdi.

O‘zaro uchrashuvlar davomida:

▶️ Alef ta’lim platformasini O‘zbekistonda mahalliy sharoitga moslashtirilgan holda joriy etish,
▶️ katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda ta’lim boshqaruvida eng optimal qaror qabul qilish bo‘yicha Respublikamiz hududida tajriba-sinov loyihasini ishga tushirish,
▶️ formativ va summativ baholash mexanizmini yo‘lga qo‘yish kabi yo‘nalishlarda yaqindan
hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
___
Alif raqamli ta’lim platformasi nima?

Mazkur platforma:

🔹 o‘quvchilar bilimini baholash,
🔹 pedagoglar faoliyatini o‘quvchilar bilimiga asoslangan holda katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) va sun’iy intellekt yordamida baholab borish,
🔹o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tizimdagi ma’lumotlar tahlili asosida prognozlash,
🔹 arab tilini chet tili sifatida o‘qitish hamda STEAM yo‘nalishidagi ta’limni onlayn platforma yordamida yo‘lga qo‘yish kabi imkoniyatlarga ega platforma
hisoblanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik
#Koreya

O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi doirasida Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi delegatsiyasi rahbari Global ta’limni rejalashtirish Byurosi boshlig‘i Pak Chi Yong bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda Pak Chi Yong ta’lim sohasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, O‘zbekistonda koreys tilini o‘rganish uchun yaratib berilayotgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

Tomonlar uchrashuv davomida:

🔹 Koreys tilini ikkinchi xorijiy til sifatida rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, buning uchun pedagog-kadrlarning malakasini oshirish,
🔹o'qituvchi va o'quvchilarni koreys tilidagi materiallar bilan ta'minlash,
🔹koreys tili o‘qitiladigan maktablar sonini ko‘paytirish imkoniyatini o‘rganishni muhokama qilishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xorijiy_hamkorlik
#Finlandiya

Finlyandiya Milliy ta’lim agentligi vakillari bugun kunning ikkinchi qismida Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo’lishdi.

❗️Uchrashuv davomida xorijlik mehmonlar maktabdagi o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. O’quvchilar tomonidan yaratilgan ixtirolar, xususan robototexnika hamda mobil ilovalar finlyandiyalik ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

📍 Shundan so’ng, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Unda xorijlik ekspertlar hozirda Respublikamiz maktablarida joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimi bilan yaqindan tanishishdi.

✔️Baholash materiallarini tayyorlovchi mahalliy ekspertlar bilan muzokaralar o‘tkazgan holda, joriy qilinayotgan yangicha baholash tizimini fin tajribasi asosida takomillashtirish, shuningdek mahalliy ekspertlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘mak va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM