Forwarded from XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
#Birinchi_prezidentim
#Islom_Karimov_85
Islom Karimov 1938-yilning 30-yanvarida Samarqand shahrida, xizmatchi oilasida tavallud topgan. U 1960-yilda Oʻrta Osiyo politexnika instituti, 1967-yilda esa Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tamomlagan va injener-muhandis hamda iqtisodchi mutaxassisliklarini olgan.
Mehnat faoliyati
Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi (“Tashselmash”) zavodida master yordamchiligidan boshladi. Soʻng mazkur korxonada master, texnolog. 1961-yildan 1966-yilgacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi. 1966-yilda Oʻzbekiston Davlat plan komitetiga ishga oʻtib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. 1983-yildan Oʻzbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yildan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 1986—89 yillarda Oʻzbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990-yil 24-martda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov Oʻzbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
Siyosiy faoliyati
1991-yil 31-avgustda Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. Islom Karimov 2016-yil 2-sentyabr kuni 78 yoshida vafot etdi.
Marhum prezidentning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida”gi qarorga imzo chekdi.
Ushbu qaror asosida har yili Islom Karimov tavallud topgan sana — 30-yanvar kuni keng nishonlanadi, 2-sentyabr kuni Xotira kuni sifatida yod etiladi.

#Bugunning_hikmati
#Islom_Karimov_85
Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo'lishlari shart.
Islom Karimov
🌐 Telegram | Facebook