IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.29K subscribers
8.95K photos
689 videos
51 files
2.78K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#TABRIKLAYMIZ
#YANGI_YIL

🇺🇿Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi g’olibi , bronza medal sohibasi

▶️SHERIPBOYEVA BONUXONNING

ota-onasi Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’ining TASHAKKURNOMASI bilan taqdirlandi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Давлатимиз раҳбари Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, Тошкент давлат педагогика университети ва "Янги Ўзбекистон" университети биноларининг қурилиши билан танишди.

Глава государства ознакомился с ходом строительства Национальной библиотеки Узбекистана, зданий Ташкентского государственного педагогического университета и Университета "Новый Узбекистан".

#Mirziyoyev #tanishuv #YangiToshkent #marifat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #ulashing

11 yoshli yurtdoshimiz Jahongirning koʻzlari ojiz, lekin u ishonch va qat’iyat bilan orzulariga erishish yoʻlidan bormoqda.

U bilan istalgan mavzuda suhbat qura olasiz, ham tarixga, ham siyosatga, ham sportga, ham san’atga befarq boʻlmagan Jahongir xalqaro tanlovlar gʻolibi boʻlishga ham ulgurgan.

U hozirda Samarqand shahridagi 59-sonli “Nurli maskan” maktab-internatining faxrli oʻquvchisi va hamma yutuqlariga birinchi navbatda oʻz onasini sababchi deb biladi.

Madinaxon farzandi va uning kelajagi uchun oʻz umrini bahshida qilayotgan qahramon ona. Shu sababdan, biz ularga haqli ravishda “Xalq ta’limi a’lochisi” koʻkrak nishonini topshirdik.

Yurtimizda qahramon onalar koʻpligiga ishonamiz. Biz bunday e’tiroflarni an’anaga aylantirmoqchimiz.

Qahramonlarimiz haqida kichik film tayyorladik, umid qilamizki, film Jahongirning tengdoshlari va koʻplab onalar uchun manfaatli boʻladi.

@hilola_umarova
#Urganch_1_IMI
#Yil_sarhisobi
#2024_yil

2024-YIL DAVOMIDA URGANCH SHAHAR 1-SON IMI HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

🎯Oliy ta’limga kirish ko’rsatgichi 94% ni tashkil qildi.

🎯Maktab-internatida 1-oktabr “ Ustoz va murabbiylar kuni” keng nishonlandi.

🎯8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligiga bag’ishlab “ Konstitutsiya -adolat tantanasi” shiori ostida turkum tadbirlar o’tkazildi.

🎯2024-yil 1-apreldagi PF-55-son farmon ijrosini ta'minlash maqsadida  maktabda "YOSH AKADEMIKLAR" klubi tashkil qilindi.

🎯20 nafar o’quvchimizga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

🎯Oliy toifali o’qituvchilar soni 86%ni tashkil qildi.

🎯6 nafar o’qituvchi IELTS sertfikatni;

🎯18 nafari  umumta'lim fanlaridan milliy sertfikatlarni ;

🎯2 nafar o’qituvchimiz SAT sertifikatlarini;

🎯4 nafar ona tili, tarbiya,informatika va matematika fan o’qituvchilarimiz CEFR B2 VA IELTS 6.5 sertifikatlarni;

🎯1 nafar o’qituvchimiz Microsoft sertifikatlarini qo’lga kiritishdi.

🎯"YOSH AKADEMIKLAR"klubi a'zolari Toshkent texnika universiteti professori,akademik Allayev Kaxramon Raximovich bilan uchrashuv tashkil qilindi.

🎯Oʻzbekiston Qahramoni Anor Maxmudova bilan uchrashuv tashkil etildi.

📌2024 -yil yakuniga ko’ra:

➡️28 nafar o’quvchi IELTS;
➡️20 nafar o’quvchi Milliy;
➡️30 nafar o’quvchi Multilevel;
➡️10 nafar o’quvchi SATsertfikatlarni qo’lga kiritdilar.

🎯Ruminiyaning Buxarest shahrida o’tkazilgan 21-xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida  9-03 sinf o’quvchisi Sheripboyeva Bonuxon 🥉medalini qo’lga kiritdi.

🎯Asosiy fan olimpiadaning viloyat bosqichida 6 nafar o’quvchi g’olib deb topilib, respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

🎯Agentlik maktablarining o’quvchi qizlari o’rtasida tashkil etilgan "Qizlar olimpiadasi” da 4 nafar o’quvchi qizlar respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi
#Urganch_1_IMI

📍Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va yutuqlar infografikasi

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi
#Urganch_1_IMI
#Kanal_hisoboti

📍Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati kanalining 2024-yildagi hisoboti

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Barchangizni kirib kelayotgan yangi — 2025-yil bilan samimiy tabriklayman va o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman.

Yakunlanib borayotgan yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga doir qator muhim o‘zgarishlarga birgalikda guvoh bo‘ldik. Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasi mamlakatimizning har bir hududida kechayotgan o‘zgarishlarda, har bir pedagog faoliyatida o‘z aksini topmoqda, desam adashmagan bo‘laman.

Joriy yilda birgina O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi fidoyi kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar - hamkasblarimiz uchun katta yangilik bo‘ldi. Unda pedagoglar nufuzini, sha’ni va qadr qimmatini yanada yuksaltirish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mustahkam qonuniy asoslar belgilandi.

Hurmatli ustozlar!

Men ishonaman, kirib kelayotgan 2025-yil ham barcha yurtdoshlarimiz qatorida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari uchun ham unutilmas, xayrli voqealarga, xushxabarlarga boy bo‘ladi.

Bizning maqsadimiz aniq: ertamiz egalarini barkamol tarbiyalash uchun sidqidildan ishlash, ta’lim sifatini oshirish, soha rivojiga munosib hissamizni qo‘shish. Ushbu mas’uliyatli va sharafli yo‘lda barchangizga katta kuch-g‘ayrat tilab qolaman.

Sizlarga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, kasbiy muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
#Tabrik

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan muborakbod etadi!

Yangi yilda yangi zafarlar, yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Yangi yil barchaga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt va saodat olib kelsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_tabrigi

Muhtaram yurtdoshlar, qadrli maktabimiz jamoasi, hurmatli o’qituvchilarimiz hamda aziz oʻquvchi yoshlar!

📌Ortda qolayotgan yil hayotimizga yangi tajribalar, yangicha fikrlar va oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishishning qimmatli busaboqlarini olib keldi. Endi esa, bizni yangi imkoniyatlar, kutilmagan yutuqlar va ijodiy yondashuvlar bilan boyitadigan yangi yil kutib turibdi.
Yangi yil – bu nafaqat bayram, balki o‘zimizni qaytadan anglash va yangi qirralarni kashf etish davri. Bu yil sizlarga o‘z yo‘lingizni topish, o‘z imkoniyatlaringizni to‘liq ochish va yangi marralarni egallash uchun ilhom bag‘ishlasin!

🌲Sizning har bir muvaffaqiyatingiz bizning maktabimiz g‘ururi, sizning orzu va rejalar esa bizning kalajakka qo’ygan ildam qadamlarimizdir!
Kelayotgan 2025-yilda har biringiz hayotingizning eng yorqin sahifalarini yozishingizni tilayman. Qalbingizda ishonch, aqlingizda ziyraklik, yuragingizda esa jasorat hech qachon so‘nmasin!
Keling, bu yilni yanada ko‘proq orzu qilish, intilish va birgalikda yuksaklikka erishish uchun bir qadam oldinga tashlab kutib olaylik!

🔅Yangi yil barchamiz uchun omadli, barakali va zafarli bo‘lsin!

Mamnuniyat bilan, Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori G’ulomjon Axmedov Jumanazarovich

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM