IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.31K subscribers
8.71K photos
684 videos
50 files
2.73K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Konstitutsiya_32_yil
#Urganch_1_IMI

🏢Urganch shahar 1-son maktab-internatida  O’zbekiston Resbublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan"Konstitutsiya-adolat tantanasi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir  tashkil etildi.                                                               
📌Tadbirda ingliz tili fani o‘qituvchilari D. Yakubova va M. Bobajanova rahbarlik qilayotgan 7-01 va 7-02 sinf o‘quvchilari faol qatnashishdi.

💥Tadbir davomida o’quvchilar vatanni ulug’lovchi she’r, kuy va qo’shiqlar ijro etib, Konstitutsiya tarixiga bag’ishlangan sahna ko’rinishini sahnalashtirib berdilar.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Urganch shahar 1-son maktab-internati jamoasi barchani Konstitutsiyamizning 32 yilligi bilan muborakbod etadi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#iqtibos

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga
bayram tabrigi
#uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

8-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN!

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati bo‘lgan, biz uchun ozod va obod hayot qurish yo‘lini ochib bergan Konstitutsiyamiz bilan har qancha faxrlansak, g‘ururlansak arziydi.

Asosiy qonunimiz – millati, tili va dinidan qat’i nazar, yurtimizda yashayotgan har bir inson tengligini kafolatlab, tinchlik va zamonaviy demokratik taraqqiyotning asosiy garovi bo‘lib kelmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan barcha O‘zbekiston ahlini samimiy tabriklaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hududlardan_xabarlar

⏺️Termiz shahridagi Prezident maktabi hamda Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

⏺️Buxoro shahridagi Prezident maktabida "My dream house" mavzusida loyiha ishlari musobaqasi
o‘tkazildi

⏺️Namangan shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik
tashkil etildi.

⏺️Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida "STEM +" musobaqasi
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Nurafshon shahridagi Prezident maktabida "Munozara" klubi faoliyati
yo‘lga qo‘yildi.

⏺️Guliston shahridagi Prezident maktabida "Geometrik shakllar bilan ishlash va ularni hisoblash" mavzusida loyihalar taqdimoti
o‘tkazildi.

⏺️Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari kamondan o‘q otish mashg‘ulotlarida
qatnashdi.

⏺️Qarshi shahridagi Prezident maktabida "Konstitutsiya-kelajagim mash’ali" mavzusida davra suhbati
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazi hamkorligida seminar-trening
tashkil etildi.

⏺️Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Puzzles and coding day" musobaqasi
o‘tkazildi.

⏺️Andijon shahridagi Prezident maktabida “Kutubxona ishlari samaradorligini oshirish” mavzusida seminar
tashkil etildi.

⏺️Toshkent shahridagi Prezident maktabida koinot jismlari yoʻnalishida amaliy loyihalar taqdimoti
o‘tkazildi.

⏺️Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari qisqa metrajli film
suratga oldi.

⏺️Ogahiy nomidagi ijod maktabida "Navoiyxon o‘quvchi" ko‘rik-tanlovi
bo‘lib o‘tdi.

⏺️Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida "Mumtoz so‘z sehri" bellashuvi
tashkil qilindi.

⏺️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida "Biz korrupsiyaga yo‘q deymiz" mavzusida rasmlar tanlovi
o‘tkazildi.

⏺️Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Yashil makon" doirasida eko-aksiya
tashkil etildi.

⏺️Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Nukus shahridagi Chavandozlik maktabiga
ekskursiya qildi.

⏺️Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida adabiyotshunos olim ishtirokida mahorat darsi
o‘tkazildi.

⏺️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida oʻquvchilar oʻrtasida ijodiy ishlar tanlovi
e’lon qilindi.

⏺️Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Erkin Vohidov stipendiyasi - 2024” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi
o‘tkazildi.

⏺️Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi “16-Xalqaro turkiy she’riyat bayrami” anjumani ishtirokchilarini
kutib oldi.

⏺️Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘quvchilari Respublika bolalar kutubxonasiga
sayohat qildi.

⏺️Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida o‘quv amaliyoti
tashkil etildi.

⏺️Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Jaholatga qarshi - ma’rifat” shiori ostida ma’rifiy uchrashuv
o‘tkazildi.

⏺️Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Yaponiyaning nufuzli universitetlari vakillari
tashrif buyurdi.

⏺️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida ijtimoiy-psixologik trening mashg‘ulotlari
o‘tkazildi.

⏺️Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati
boʻlib oʻtdi.

⏺️Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quv jamoasi hududdagi yangi baholash tizimiga o‘tgan umumta’lim maktablariga metodik
ko‘mak berdi.

⏺️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yosh kitobxon" tanlovi
o‘tkazildi.

⏺️Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari neft-gaz sanoati bilan
amaliy tanishdi.

⏺️Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabida "Ota-onalar bilan muloqot haftaligi"
tashkil etildi.

⏺️Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan seminar-treningda bitiruvchi sinf oʻquvchilari xorijning nufuzli universitetlari, ularga hujjat topshirish tartibi haqida batafsil
maʼlumot oldi.

⏺️Qo‘rg‘ontepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida OʻzFA akademigi bilan onlayn
muloqot oʻtkazildi.

⏺️Xoʻjayli tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmi premyerasi
boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bugun

🔥 1992-yil 10-dekabr. Shu kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Bugun esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligiga 32 yil to‘ldi.

Madhiyamizda xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.

🥳 Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimiz, yoshlarimizni ushbu qutlug‘ kun bilan chin dildan muborakbod etaman! Istiqlolimizni, yurtimizning kuch-qudrati, xalqimizning aql-zakovati, ajdodlarimizning shon-shuhrati va avlodlarimizning yorug‘ kelajagini sharaflovchi ushbu tarona asrlar osha baralla yangrayversin!

🌐 Telegram | Facebook
#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor

🇺🇿 10-DEKABR — OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI QABUL QILINGAN KUN!

📝 Qonunga koʻra, madhiya Davlat suverenitetining ramzidir. Madhiyaga ehtirom bilan qarash har bir fuqaroning vatanparvarlik burchidir.

Yurtimiz mustaqillikka erishgach, xalqimizning azaliy orzu-istaklari, ezgu intilishlari Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlarida oʻzining yorqin ifodasini topdi. Chunonchi, Vatanimiz madhiyasi ham uning oʻzi kabi aziz va muqaddasdir.

🎼 Ona yurtimiz madhiyasi hamisha gʻurur va faxrimiz, shonu shuhratimiz ramzi boʻlib, jahon arenalari va yuksak minbarlarda, dillarda va tillarda baralla jarang sochsin!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM