Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
2.5K subscribers
11.7K photos
833 videos
55 files
3.5K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Yongʻin_xavfsizligi_oyligi

YONGʻIN XAVFSIZLIGI OYLIGI

Yurtimizda joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabriga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” e’lon qilingan bo‘lib, oylik doirasida barcha maskanlarda, aholi o‘rtasida turli targ‘ibot tadbirlari, davra suhbatlari hamda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda ham mazkur oylik doirasida yong‘in, is gazidan zaharlanish va havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish va ularda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish yuzasidan davra suhbatlari va o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Olamni_mahliyo_aylagan_diyor
#Davlat_madhiyasi
#32_yil

🏢Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi barchani O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bilan muborakbod etadi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Oʻzbekiston_Qahramoni_bilan_muloqot

O‘ZBEKISTON QAHRAMONIDAN MAHORAT DARSI


Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda muntazam ravishda olimlar, ijodkorlar, turli sohalar namoyandalari ishtirokida mahorat darslari, uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabida pedagogika sohasi namoyandasi, O‘zbekiston Qahramoni Anor Mahmudova bilan bo‘lib o‘tgan mahorat darsi ham o‘g‘il-qizlarimizni fanlar sohasi bo‘yicha bilim va tushunchalarini oshirib, o‘qituvchilik kasbiga qiziqishlarini kuchaytirdi.

Muloqotda A.Mahmudova o‘z hayot yo‘li, 60 yillik o‘qituvchilik tajribasi haqida so‘zlab, bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlar mazmun-mohiyati Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir avlodlarni kamolga yetkazish ekanligi alohida ta’kidladi.

Mahorat darsida atoqli pedagog o‘quvchilarga zamonaviy ta’lim sharoitlari va imkoniyatlaridan samarali foydalanish, matematika, xorijiy tillarni mukammal o‘rganishning oson va qulay usullari, kitobxonlik va musiqa madaniyatini oshirish, bosh vaqtni to‘g‘ri taqsimlash borasida qimmatli tavsiyalarini berdi.

Shu bilan birga A.Mahmudova mazkur maktab yoshlari bilimiga yuqori baho berib, ularning tanlagan sohalari bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lishlariga tilak bildirdi.

O‘quv jarayonining uzviy qismiga aylangan shu kabi muloqotlar o‘quvchilarning o‘zlari qiziqqan sohalar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Biologiya fanidan MILLIY SERTIFIKAT TEST SINOVI 2025-YILNING 1-YARMIDA 3 MARTA O‘TKAZILADI.

1-IMTIHON 26-YANVAR
2-IMTIHON 16-MART
3-IMTIHON 4-MAY

1-IMTIHON UCHUN RO‘YHATDAN O‘TISH
23--29-DEKABR Kunlari
To‘lov qilish 30-dekabrgacha

Natija: 24-fevral da e‘lon qilinadi
Xushxabar!

🇺🇿 O‘zbekiston terma jamoasi  21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida 3 ta bronza medalini qo'lga kiritdi!

Joriy yilning 2-12-dekabr kunlari Ruminiyaning Buxarest shahrida 52 ta davlatdan jami 303 nafar o'quvchi ishtirok etgan 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi.

😄 Sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Bronza medal - Mustafoyev Jasur Umidovich - Navoiy viloyati, Navoiy shahar   11-sonli AFChO‘IM   9-sinf o‘quvchisi;

Bronza medal - Sheripboyeva Bonu Ermat qizi - Xorazm viloyati, Urganch shahar, 1-son IMI 9-sinf o‘quvchisi;

Bronza medal -  Farhodov Oybek Faxriddin o‘g‘li - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi;

Ushbu xalqaro olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiadalardan biri bo‘lib, g'oliblar va ularning o‘qituvchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan yoshlarimizga kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
Telegram | 📹Youtube | Facebook | 🌐Instagram
#G’ALABA_MUBORAK
#OLG’A_XORAZM

🇺🇿Maktab-internatimiz oʻquvchisi 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi g’olibi!!!

Joriy yilning 2-12-dekabr kunlari Ruminiyaning Buxarest shahrida 52 ta davlatdan jami 303 nafar o'quvchi ishtirok etgan 21-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi.

Natijalarga koʻra,
Urganch shahar, 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 9.03-sinf o‘quvchisi
Sheripboyeva Bonu Ermat qizi

🥉Bronza medal sohibasi boʻldi.

Bunday tarixiy sanani maktabimizga muhrlagan ustoz, maktabimizning Kimyo fani oʻqituvchisi Jumaniyazova Mahliyo ustozni ham tabriklaymiz.

Bundan tashqari, mazkur olimpiadada Bogʻot tuman ixtisoslashgan maktab oʻquvchisi

Farhodov Oybek Faxriddin oʻgʻli ham
🥉Bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Bogʻot tuman Ixtisoslashtirilgan maktab jamoasini ham maktab-internatimiz nomidan chin dildan samimiy qutlaymiz.

Hurmat bilan Urganch shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internati.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram