IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.6K photos
678 videos
50 files
2.69K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#memorandum

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar  1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va “Urganch Baxmal” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan tuzilgan hamkorlik memorandumiga asosan 2023-yil  21-fevral kuni maktab maslahatchisi S.Masharipov va maktab psixologi L.Atajanovalar boshchiligida maktab-internatning 10-03- sinf o‘quvchilariga mazkur korxonaga tanishtiruv uyushtirildi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
#Memorandum 

⚡️Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

📌
Memorandum maktab-internati direktori G'.Axmedov va TATU Urganch filiali direktori v.v.b O‘. Matyoqubovlar tomonidan imzolandi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Memorandum

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14 apreldagi 106-sonli Farmoni ijrosini ta‘minlash, o‘quvchilarning qiziqishidan kelib chiqqan holda, asosiy o‘quv dasturlari bilan birgalikda sinfdan tashqari kasbga yo‘naltirilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish, 10-11 sinf o‘quvchilariga yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliy mashg‘ulot o‘tkazish maqsadida 2023-yil 22-sentabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va “Urganchkormmash” Aksiyadorlik jamiyati  (qishloq xo‘jaligi mashinari uchun yordamchi vositalarni ishlab chiqarish bo‘yicha) bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

⚡️Memorandumni maktab-internati direktori Axmedov G‘ulomjon Jumanazarovich va “Urganchkormmash” aksiyadorlik jamiyati direktori Atajanov Jur’atbek Atabaevichlar imzoladi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#memorandum

🔹Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 10-03 sinf o'quvchilari Maktab maslahatchisi B.Avezova boshchiligida ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalari bilan hamkorlik memorandumi doirasida 2023-yil 19-oktabr kuni "Tillo-Domor" xususiy korxonasiga ekskursiya uyishtirishdi.

📝O'quvchilarni korxona ish boshqaruvchisi Feruzbek Qurambaev kutib oldi va korxona ish faoliyati bilan tanishtira boshladi. Sutdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilgungacha bòlgan jarayonni barcha sexlar bilan tanishtirgan holda ko'rsatdi. O'quvchilar o'zlarining qiziqtirgan savollarini berishdi va qoniqarli javoblarni olishdi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Memorandum

⚡️2023-yil 22-sentabr sanasida Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va “Urganchkormmash” Aksiyadorlik jamiyati  (qishloq xo‘jaligi mashinari uchun yordamchi vositalarni ishlab chiqarish bo‘yicha) bilan hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Mana shu shartnoma asosida bugun 10-sinf o'quvchilari "Urganchkormmash" aksiyadorlik kompaniyasiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita tanishishdi.

Undan tashqari "Ranch" universitetining "Texnologiya" kafedrasidan  texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (Phd) Rajabov Ibrat Yaxshimuratovich o'quvchilarga korxona faoliyati bo'yicha o'zlari qiziqqan savollarga javob berdi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#hamkorlik
#memorandum

HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov tomonidan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tomonlar hamkorlikda tabiiy fanlar sohasida ta’lim sifatini yanada oshirish, oʻquv jarayonini ishlab chiqarish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash, shuningdek, farmatsevtika va hayot fanlari mutaxassisliklariga kasbiy yoʻnaltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar rejasini belgiladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur memorandum ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari orasida ingliz tilida tabiiy fanlar yoʻnalishida mini-olimpiadalar tashkil qilish va iqtidorli yoshlarga xalqaro oliy ta’limda tahsil olish uchun imkoniyatlar yaratishni koʻzda tutadi.

Shuningdek, bakalavr bosqichidagi xalqaro ta’lim va ta’lim grantlari haqida ma’lumotlar almashuvini tashkil qilish, oʻquvchilarning ilm-fan va kelajak kasblarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube