Umidjon QO'ZIYEV
110 subscribers
374 photos
39 videos
7 files
72 links
Koʻngildan kuch olgan satrlar...
Umidlar...istaklar...qarashlar...

Shoir kimdir otashin yurak,
Xayollar yurtining xonidir.
Uni shunday yaratgan falak,
U koʻngillar tarjimonidir.

Umidjon Qoʻziyev

Murojaat:
@UmidjonQuziyev
Download Telegram
Joriy yilning 7-fevral kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universitetida Oʻzbek filologiyasi fakulteti jamoasi tomonidan “Alisher Navoiy – turkiy adabiyotning qutb yulduzi” mavzusida ilmiy-amaliy  anjuman shaklida oʻtkazildi.  Anjumanni Qоrаqаlpоq dаvlаt univеrsitеti Oʻquv ishlari boʻyicha prorеktоri O.Duysenbayev ochdi va olib bordi. U oʻz nutqida mutafakkir shoir, davlat arbobi Alisher Navoiyning ijоdiy-ilmiy mеrоsi milliy mаdаniyatimiz vа аdаbiy-estеtik tаfаkkurimiz rivоjidаgi ahamiyatini alohida ta’kidlab oʻtdi.
Forwarded from Азиза
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
76.4 1920x1072 1080p
Shomurodova Aziza O’zb fil.
***
Koʻngillarga boʻlib malham,
Toza ishqqa qilur hamdam.
Mushtariman menam hardam,
Oʻqing har kun Navoiydan.

Baytiga jo etib qalbni,
Qoʻzgʻagay necha ming dardni.
Anglay desangiz ishq, dardni
Oʻqing har kun Navoiydan.

Tozarar ruh ila ko'ngil,
Keladir tez adabga til.
Yoshu qari qizu oʻgʻil,
Oʻqing har kun Navoiydan.

Sochar ilmu ziyodan nur,
Yuksalgaydir ong tafakkur.
Gʻavvos  erur har soʻzi dur,
Oʻqing har kun Navoiydan.

Umidjon Qoʻziyev
👍2
Forwarded from Edu.uz
#AlisherNavoiy #Navoiy584

Hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Bugun buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning tavallud topgan kunidir.

1441-yil 9-fevralda Hirotda dunyoga kelgan Navoiy nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon madaniyati taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan siymolardan biridir. Uning nodir devonlari, betakror g‘azallari, shoh dostonlari va falsafiy asarlari bugungi kunda ham insoniyat ma’naviyatining bebaho xazinasidir.

Bu yil bobokalonimiz tavalludining 584 yilligi keng nishonlanmoqda. U kishining boy merosi bizga ona tilimizni ulug‘lash, adabiyotimizni rivojlantirish va ma’naviyatimizni yuksaltirish yo‘lida mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Hazrat Navoiy ijodi – milliy g‘ururimiz va bebaho boyligimiz!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Live stream started
Live stream finished (7 minutes)
Live stream started
Live stream finished (24 minutes)
Live stream started
Live stream finished (14 minutes)
🇺🇿 Jamiyatimizda Kitobxonlikni keng targʻib qilish, yoshlar va kattalar orasida Kitobxonlik madaniyatini oshirish va Kitobxon Millatni shakllantirish maqsadida "Kitobxon Millat" online kitobxonlik tanlovining ikkinchi mavsumiga start beramiz!

Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:

🔹 1-o‘rin – smart televizor 43
🔹 2-o‘rin – Smart televizor 32
🔹 3-o‘rin – Planshet
🔹 4-o‘rin – Smartfon
🔹 5-o‘rin – Smartfon
🔹 6-7- oʻrinlar har biriga 30 tadan kitoblar toʻplami
🔹 8-9-10- oʻrinlar har biriga 20 tadan kitoblar toʻplami

🤩 “Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:

🔹 1-o‘rin – Smart televizor 43
🔹 2-o‘rin – Smart Televizor 32
🔹 3-o‘rin – Planshet
🔹 4-o‘rin – Smartfon
🔹 5-o‘rin – Smartfon
🔹 6-7-o'rinlar har biriga 30 tadan kitoblar toʻplami
🔹 8-9-10 oʻrinlar har biriga 20 tadan kitoblar toʻplami

Tanlovda Oʻzbekiston respublikasi fuqarolari yoshi, mansabidan qatʼiy nazar ishtirok etishlari mumkin!
https://t.iss.one/Kitobxonmillatmizbot?start=2115262619